8-mavzu: Iqtisodiyotning globallashuv sharoitida bozorning amal qilishi Reja
Download 69.25 Kb.
|
8-mavzu-Iqtisodiyotning globallashuv sharoitida bozorning amal qilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bozor – ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o‘rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida vujudga keladigan munosabatlar majmuasi.
- Bozor mexanizmi – bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy jarayonlarni uyg‘unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalar.
8-mavzu: Iqtisodiyotning globallashuv sharoitida bozorning amal qilishi Reja: Bozorning mazmuni va belgilari. Bozor mexanizmi. Bozorning ob’ektlari va sub’ektlari. Bozorning vazifalari. Bozorning turkumlanishi. Resurslar, mahsulotlar va daromadlarning doiraviy aylanish diagrammasi. Bozor infratuzilmasi va unda madaniyat va san’at sohasi. Bozor infratuzilmasi muassasalarini guruhlash yo‘nalishlari va unda madaniyat va san’at muassasalarini o‘rni. Bozor infratuzilmasi tarkibida madaniyat va san’at muassasalari. Bozor va uning vazifalariBozor tushunchasi bozor iqtisodiyotining markaziy kategoriyasi bo‘lib, iqtisodiyot nazariyasida ham, xo‘jalik yuritish amaliyotida ham, barcha mamlakatlar tajribasida ham qo‘llaniladigan ilmiy-amaliy tushunchadir. Eng avvalo «bozor» va «bozor iqtisodiyoti» tushunchalarining bir-biridan farqlanishini ta’kidlab o‘tishimiz lozim. CHunki, ko‘pincha bu ikki tushunchani bir xil ma’noda ifodalash, ba’zi adabiyotlarda sinonim so‘zlar sifatida qo‘llash yoki ularni chalkashtirish hollari uchraydi. Bozor jamiyatda bozor iqtisodiyoti shakllangunga qadar mehnat taqsimotining ro‘y berishi natijasida vujudga kelgan bo‘lib, u ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ayirboshlash jarayonini o‘z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyoti esa bozor munosabatlarining tarixan uzoq davr mobaynida rivojlanishi natijasi bo‘lib, tovar-pul qonunlari asosida tashkil etiluvchi va faoliyat ko‘rsatuvchi iqtisodiy tizimni anglatadi. Bozor iqtisodiyoti takror ishlab chiqarishning barcha fazalarini: ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini qamrab oladi. Bozor esa faqat bitta fazani, ya’ni ayirboshlash fazasini o‘z ichiga oladi. Bozor tushunchasi yuzaki qaraganda oddiy tushunchaga o‘xshab ko‘rinadi, ayrimlar bozorni tovarlar sotiladigan va xarid qilinadigan joy deb o‘ylashadi. Lekin uning ichki mazmuniga e’tibor berilsa, u ko‘p qirrali bo‘lib, mazmuni o‘zgaruvchan ekanligini, turli davrlarda turli ma’noni anglatishini bilib olish mumkin. Bozor tushunchasi tovar ayirboshlashning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, u ibtidoiy jamoa tuzumining oxirlarida kelib chiqqan va dastlab tovar almashuv, tovar ayirboshlash joyi yoki maydoni degan mazmunni anglatgan. Dastlab, bozor ikki yoki bir necha qabila a’zolari bir-birlari bilan tovar almashuv joyi sifatida namoyon bo‘lgan bo‘lsa, hunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlarning paydo bo‘lishi bilan alohida maydonlar ajratilib, unda kishilar oldi-sotdi qilganlar. Lekin hali u davrlarda tovar ayirboshlash T – T ko‘rinishida, ya’ni bir turdagi tovarga boshqa turdagi tovarni ayirboshlash shaklida bo‘lgan. Bunday ayirboshlashda vaqt va masofa bo‘lmay, bir vaqtning o‘zida o‘sha joyda almashuv jarayoni sodir bo‘lgan. Keyinchalik tovarlarni bunday tarzda ayirboshlashning ziddiyatlari kuchayib borishi natijasida pul kelib chiqib, sotish va sotib olish jarayoni ikkiga ajralgan va T – P – T ko‘rinishini olgan. Endi tovarni sotish (T – P) va sotib olish (P – T) zamon va makon jihatidan mos kelmasligi mumkin. CHunki sotuvchi o‘z tovarini bir joyda pulga ayirboshlab, o‘ziga kerakli tovarni boshqa vaqt va boshqa joyda sotib olishi mumkin. Pulning kelib chiqishi bilan savdogarlar, ya’ni tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib iste’molchiga, bir joydan ikkinchi joyga olib borib sotish bilan shug‘ullanadigan maxsus guruhlar paydo bo‘ldi. Mehnat taqsimoti chuqurlashib savdo sohasi vujudga keldi. Bu soha tovar-pul harakatini tezlashtirish imkonini berib, iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchini bog‘laydigan vositaga aylandi. Bunda ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi ham bir-birlari bilan uchrashishi shart bo‘lmay, ular savdogarlar-vositachilar orqali aloqa qilishlari mumkin bo‘lib qoldi. Endi bozor tushunchasining mazmuni o‘zgarib, yangi ma’no kasb etadi, ya’ni tovar-pul muomalasining yangi shakli sifatida namoyon bo‘la boshladi. Oldi-sotdi jarayonida yangi o‘ziga xos muhim tovar – ishchi kuchining paydo bo‘lishi bilan bozor umumiy tus olib, uning mazmuni yanada kengaydi. Endilikda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlargina emas, balki ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi ham bozor jarayoni orqali o‘tib, ishlab chiqarishga jalb etila boradigan, ularning bir-biriga o‘zaro ta’siri to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki bilvosita – bozor orqali sodir bo‘la boshladi. SHunday qilib, hozirgi davrda bozor ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilarning ko‘p qirrali murakkab aloqalarini, ularning o‘zaro bir-birlariga bo‘lgan ta’sirini bog‘laydigan bo‘g‘in, jamiyat taraqqiyotida modda almashuvini ta’minlaydigan jarayon sifatida shakllandi. Bozor – ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o‘rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida vujudga keladigan munosabatlar majmuasi. Bozorning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: - sotuvchi va xaridorlarning o‘zaro kelishuvi, ekvivalentlilik prinsipi asosida ayirboshlash; - sotuvchilarning xarajatlari qoplanib, foyda olishi; - to‘lovga layoqatli bo‘lgan xaridorlarning talabini qondirish va raqobatchilik. Bozor tovarlarni ishlab chiqarish va ayirboshlash, pulning vujudga kelishi, ularning rivojlanishi natijasida kelib chiqqan tarixiy tushuncha bo‘lib, hozirgi davrda keng tarqalgan ob’ektiv iqtisodiy jarayondir. Bozordagi tovar va xizmatlar miqdori talabga nisbatan kam bo‘lsa narxlar oshib ketadi, ayirboshlashning ekvivalentlik muvozanati buziladi, natijada tovarni sotuvchi me’yoridan ortiqcha daromad olish imkoniga ega bo‘ladi. Aksincha, bozorda tovarlar miqdori talab miqdoridan oshib ketsa, narxlar pasayib ketib, sotuvchilar zarar ko‘radilar. SHuningdek, ishlab chiqarish jarayonida sustkashlik, no‘noqlik va xo‘jasizlik yuz berib, ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘yilsa ham zarar oshib ketadi, chunki bozor bunday behuda sarflarni hisobga olmaydi. Bularning barchasini bozor o‘z mexanizmi orqali amalga oshiradi. Bozor mexanizmi – bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy jarayonlarni uyg‘unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalar. Bozorning iqtisodiy mazmunini ochib berishda uning ob’ekti va sub’ektini ajratib ko‘rsatish lozim bo‘ladi. Bozor ob’ekti – ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan iqtisodiy faoliyat natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar. Hozirgi sharoitda oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari do‘konlari, avtomobilga xizmat ko‘rsatish stansiyasi, benzin quyish shaxobchalari, sanoat tovarlari do‘koni, tijoratchilarning savdo shaxobchalari, turli xil supermarketlar, yirik savdo markazlari va savdo yarmarkalari, umumiy ovqatlanish shaxobchalari bozorning odatdagi ko‘rinishlari hisoblanadi. Fond birjalari, valyuta bozori, don birjalari va auksion kabilar bozorning yuqori darajada rivojlangan ko‘rinishlaridir. Download 69.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling