8-mavzu: Iqtisodiyotning globallashuv sharoitida bozorning amal qilishi Reja


Savdo yarmarkasi – muayyan belgilangan vaqtda va joyda o‘tkaziluvchi hamda o‘tkazilish jarayonida ulgurji savdo bitimlari tuziluvchi tovar namunalari ko‘rgazmasi


Download 69.25 Kb.
bet7/10
Sana02.06.2024
Hajmi69.25 Kb.
#1840103
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8-mavzu-Iqtisodiyotning globallashuv sharoitida bozorning amal qilishi

Savdo yarmarkasi – muayyan belgilangan vaqtda va joyda o‘tkaziluvchi hamda o‘tkazilish jarayonida ulgurji savdo bitimlari tuziluvchi tovar namunalari ko‘rgazmasi. Savdo bitimlari tovar ishlab chiqaruvchi bilan savdo firmalari o‘rtasida tuzilib, unda bevosita iste’molchi qatnashmaydi.
Savdo uyi – o‘z ichiga tashqi savdo kompaniyasi bilan bir qatorda ishlab chiqarish, bank, sug‘urta, transport, ulgurji-chakana va boshqa turdagi firmalarni oluvchi keng tarmoqli savdo kompaniyasi. U ixtisoslashgan yoki universal bo‘lishi mumkin. Ixtisoslashgan savdo uyi ayrim tovarlar bilan (kiyim-kechak, oyoq kiyim, gazlama va h.k.), universal savdo uyi har xil tovarlar bilan savdo qiladi. Savdo uylari tarkibida savdo firmalari muhim o‘rin tutadi. Ular tijorat ishini yurituvchi va ixtisoslashgan savdo-sotiq korxonalaridir. Firmalar mustaqil yoki yirik sanoat korporatsiyalari tarkibida ish yuritib, ulgurji va chakana savdo bilan shug‘ullanadigan turlarga bo‘linadi. Ayrim firmalar har ikkala savdo turi bilan ham shug‘ullanadi. Savdo uylari o‘z nomidan va ko‘pincha o‘z hisobidan eksport-import hamda boshqa savdo aloqalarini olib boradi. Tashqi savdo uylari savdo korxonalarini sotib olish, jihoz va uskunalarni ijaraga topshirish, kreditlar berish, sug‘urta xizmati ko‘rsatish orqali moliyaviy va ishlab chiqarish xizmatida ham qatnashadi.
Ulgurji savdo firmalari tovarlarni o‘z mulki sifatida sotib olib, keyin iste’molchilarga sotadi. CHakana savdo firmalari turlicha faoliyat yuritib, ular mustaqil do‘konlar, maxsus do‘konlar va supermarketlardan iborat bo‘ladi.
Supermarket – bu xaridorning o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishiga asoslangan keng tarmoqli savdo korxonasi. U tovarlarning deyarli barcha turlari bilan, jumladan import tovarlar bilan ham savdo qiladi. Supermarket xaridorlarga bepul maslahatlar beradi, tovarlarni buyurtma bo‘yicha xaridor uyiga etkazadi, ularga madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatadi.
Infratuzilma tizimida moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar alohida o‘ringa ega. Ular moliya bozori, uning asosi bo‘lgan kapital bozorini shakllantiradi va amal qilish tartib-qoidalarini o‘rnatadi. Moliyaviy muassasalarning aksariyati o‘ziga xos belgilar bilan bir qatorda yagona umumiy belgiga ham ega. Bu ular faoliyatining doimo moliyaviy majburiyatlar bilan bog‘liqligidir. YA’ni, moliyaviy muassasalar sub’ektlarning ortiqcha pul mablag‘larini jalb etib, o‘z nomidan moliyaviy mablag‘larga ehtiyoj sezgan sub’ektlarga pul qarz beradi.
Bozor infratuzilmasining banklar, sug‘urta kompaniyalari, soliq va bojxona idoralari kabi muassasalari moliya-kredit munosabatlarida alohida o‘ziga xos o‘ringa ega. Ularning iqtisodiy faoliyati va moliyaviy munosabatlarda tutgan o‘rni bilan keyingi boblarda batafsil tanishamiz.
Bozor iqtisodiyoti sub’ektlarini moliyaviy axborotlar bilan ta’minlash bozor infratuzilmasining axborot xizmati idoralari, shu jumladan auditorlik firmalari zimmasiga tushadi. Auditor firma – korxona, firma, kompaniyalar moliyaviy xo‘jalik faoliyatini tekshirib boruvchi, ular hisobotini ekspertizadan o‘tkazuvchi muassasa. Ular odatda aksiyadorlik jamiyati yoki kooperativ shaklda faoliyat ko‘rsatadi va to‘liq mustaqillikka ega bo‘ladi. Auditor firmalar o‘z ishini har bir mamlakatda yoki xalqaro miqyosda qabul qilingan hisob-kitob va taftish qoidalariga binoan olib boradi. Auditor firma ishida qatnashuvchi taftishchilar auditorlar deb ataladi. SHunday qilib, bozor infratuzilmasi va uning ko‘rib chiqilgan muassasalari barcha bozor turlarining faoliyat ko‘rsatishi hamda davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishni ta’minlaydi.

Download 69.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling