8-mavzu: jon meynard keyns ta`limoti va keynschilik


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.94 Mb.
#214375
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   97
Bog'liq
такой

Ekonomika  –  Aristotel  tushunchasi  bo’yicha        –  bu,  eng  avvalo, 
dehqonchilikdagi  kishilarning  hamda  hunarmandchilik  va  mayda  savdo  bilan  band 
bo’lganlarning  asosiy  va  sharafli  faoliyatidir.    Uning  maqsadi  –  insonning  eng 


muhim  ehtiyojlarini  qondirish  hisoblanadi,        shuning  uchun  unga        davlat 
g’amxo’rlik qilishi kerak. 
Xrematistika  –  bu  yirik  savdo  yo’li  bilan  boylik  orttirish  mahoratidir. 
Aristotelning  qayd  qilib  o’tishicha,  bunday  boylik  orttirish  maqsadiga  erishishning 
cheki  bo’lmaydi.  Bunday  maqsad  –  boylik  va  pul  topishdir.  (Shu  boisdan  uning 
chegarasi  yo’q).  Ekonomikadan  farqli  ravishda,  xrematistika  zarur  hisoblanmay-di 
va  tabiat  qonunlariga  zid  deb  ko’rsatiladi.  Shunday  kelib  chiq-qan  holda, 
Aristotelning  xitob  qilishicha,  «ekonomika  maqtovga  sazovor,  xrematistika  esa  – 
tanbehga». 
Qadimgi  grek  mutafakkirlarining  ekonomika  va  xrematisti-kaga  bo’lgan 
bunday  munosabati,  uning  natural  xo’jalik  mavqeda  bo’lganligini  yaqqol  ko’rsatib 
turibdi.Aristotel  o’zining  ekonomika  va  xrematistika  kontseptsiyasi  doirasida 
quldorik davlat tuzilishini ideallashtirib, xo’jalik hayotining  eng  muhim unsurlarini 
sun’iy  ravishda  «soddalash-tirdi».  Masalan,  Aristotel  fikri  bo’yicha,      «haqiqatan 
ham  nar-salar  shu  qadar  turli-tumanki,  ularni  tenglashtirib  (taqqoslab)  bo’lmaydi». 
Shunga  ko’ra      xulosa  qilinadi:  «5  qo’ndoq  =  1  uyga»,  chunki  ularni  taqqoslash 
faqat  go’yoki  pul  tufayli  amalga  oshi-rilishi  «kundalik  hayotda»  ancha  qulay. 
Tovar  sifatidagi  pulning  o’zi  esa,  olimning  fikricha,  stixiyali  ravishda  emas,  balki 
odamlar  o’rtasidagi  kelishuv  natijasida  kelib  chiqqan  va  uni  (pulni)   «iste’molga 
yaroqsiz» qilib qo’yish «bizning ixtiyorimizda». 
Aristotelning  ekonomika  va  xrematistika  kontseptsiyasi  «kam-chiligiga» 
ayirboshlashning   ikkiyoqlama   tavsifini   ham   kiritish   mumkin.   Bu   erda   gap 
shundaki, bir joyda ayirboshlash  ehtiyojni qondirishda  asosiy akt  sifatida   ko’riladi 
va  tovarning  iste’mol  qiymatini  iqtisodiyot  sohasining  kategoriyasi  sifatida  talqin 
qilish imkonini beradi, ikkinchi bir joyda – aksincha, ayir-boshlash  boylik orttirish 
sifatida  qaraladi  va  tovarning  alma-shuv  qiymatini  xrematistika  sohasining 
kategoriyasi deyishga asos bo’la oladi. 
Nihoyat,  shu  kontseptsiya  nuqtai  nazardan  Aristotel  savdo  shakllari 
evolyutsiyasi  bosqichlarini  va  pul  muomalasini  biryoq-lama  tahlil  qilib,  o’zining 
yirik  savdoga  va  ssuda  operatsiyasiga  salbiy  munosabatda  ekanligini  namoyon 
etdi.  Xususan,      to’g’ridan-to’g’ri  tovar  ayirboshlash  va  pul  vositasi  orqali  tovar 
ayir-boshlash   kabi savdoning dastlabki shakllarini u  ekonomika soha-siga kiritadi, 
savdo  kapitalining  harakatini,  ya’ni  tovar  ayirboshlash  jarayonida  dastlabki 
avanslangan  pulni  ko’payishini  xrematistika  sohasiga  kiritadi.  Xuddi  shunga 
o’xshash,  Aristotel      pul  muomalasi  shaklini  tadqiq  qiladi  va  pulning      qiymat 
o’lchovi   va   muomala    vositasi   tarzida  aks   ettilishini   –   ekonomika   soha-siga, 
pulning    foydani    ko’paytirish    vositasi    sifatida    ishlatili-shini    esa    xrematistika 
sohasiga kiritadi. 
 
 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling