5-MAVZU: KLASSIK IQTISODIY MAKTABNING TO’LA
SHAKLLANISHI, SMIT VA RIKARDOLARNING IQTISODIY
TA’LIMOTLARI
«Davlatni badaviylikning eng quyi bosqichidan farovonlikning eng yuqori
bosqichiga ko’ tarish uchun faqatgina tinchlik, engil soliqlar va boshqaruvdagi
sovuqqonlik kerak, qolganlarning barchasi tabiiy harakat tufayli bo’ ladi».
(A.Smit)
5.1. A.Smit: «Odamlar boyligi…» asari va uning tuzilishi
Buyuk ingliz iqtisodchisi
Adam Smitning «Odamlar boy-ligining
tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqot» asari zamonaviy iqtisod fanining
boshlanishi hisoblanadi. A.Smit o’z davridagi iqtisodiy bilim va kontseptsiyalarini
umumlashtirdi va tizimlashtirdi. U xo’jalik hayotining asosiy sohalarini tavsif-lab
beruvchi bir butun nazariya yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: