8-mavzu: jon meynard keyns ta`limoti va keynschilik


b) iqtisodiy erkinlik printsipi


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.94 Mb.
#214375
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   97
Bog'liq
такой

b) iqtisodiy erkinlik printsipi 
 
Jamiyatdagi  mehnat  taqsimoti  odamlarni  bir  birlari  bilan  bog’lab  turuvchi va 
ularga  mahsulot  va  resurslarni  almashtirish  imkonini  beruvchi  mexanizmning 
bo’lishini  taqozo  etadi.  Bunday  mexanizm  bozor  hisoblanadi.  Bozor  to’g’risida 
A.Smit  ta’limo-tidagi  asosiy  g’oya    iqtisodiy  liberalizm  g’oyasi,  davlatning  iqti- 
sodiyotga  aralashuvini  minimallashtirish  g’oyasi,  erkin  raqobat  asosida  tashkil 
topadigan  baho  yordamida  iqtisodiyotning  o’zini  -o’zi  boshqarish  g’oyasi 
hisoblanadi.    Uning    ta’limotiga    ko’ra,    bozor    odamlar    faoliyatini 
muvofiqlashtiradi (koordinatsiyalashtiradi), ularning manfaatlarini uyg’unlashtiradi.  
Bozor  iqtisodiyoti  nov-voyni  shirin  non  yopishga,  bog’bonni  ekologik  toza  meva-
sabzavot  etishtirishga,  savdogarlarni  boshqa  mintaqalardan  arzon    bahoga  tovarlar 
olib kelishga undaydi. Raqobat sharoitida iste’mol-chilar ehtiyojini  yuqori darajada 
qondira  oladigan  ishlab  chiqa-ruvchilar  yashab  keta  oladi.  Demak,  ko’proq  foyda 
olish  ishtiyoqida  bo’lgan  tadbirkorlarning  bir  tomonlama    manfaatlari,    ularni    ja-
miyatning  boshqa  a’zolari  manfaatlariga xizmat qilishga majbur qiladi. 
 
“Menga  nima  kerak  bo’lsa,  shuni  menga  ber  va  sen  o’zingga  nima  kerak 
bo’lsa    o’shani    olasan”.    Aynan    shunday    ko’rinishda    odamlar    o’zlari    ehtiyoj 
sezgan narsalarni bir-birlaridan ko’proq olishga erishadilar. 
A.Smit  kitobining  asosiy  mohiyati  hukumatning  va  boshqa-larning  erkin 
raqobatga  aralashuvini  tanqid  qilishdan  iborat.  A.Smitning  fikricha,  iqtisodiy 
hayotda  garmonik  tartib  hukmron-lik  qiladi:  agar  erkin  raqobat  cheklanmasa,  unda 
u  dunyoni  takomil-lashuvga  olib  kelgan  bo’lar  edi.    Bunday  xulosaga kelishda 
A.Smit  o’zgarmas  «tabiiy»  iqtisodiy  qonunlar  mavjudligiga  asoslangan.  A.Smit 
tushunchasi bo’yicha,  shaxsiy manfaatlar ijtimoiy man-faatlardan ustun tursa,  ya’ni 
jamiyat 
manfaatlari 
uning 
a’zolari 
manfaatlarining 
yig’indisi 
deb


qaralsa,  shundagina  bozor  qonun-lari  iqtisodiyotga  ko’proq  ta’sir  ko’rsatadi. 
A.Smitning  asosiy  xizmatlaridan  biri  shundan  iboratki,  u  birinchi  bo’lib  iqtiso- 
diyotni o’zining ichki qonuniyatlariga muvofiq amal qiluvchi, ob’ektiv, odamlarning 
irodasiga  bog’liq  bo’lmagan  tizim  sifatida  qaraydi.  Bunday  tizim  o’zining  ichki 
qonuniyatlariga muvofiq amal qiladi. 
A.Smit  iqtisodiyotning  davlat  sektori  samarasizligini  ko’rsatib  o’tadi. 
«Har  xil  sabablarga  ko’ra,–  deb  yozadi  u,  –  hukumat  doimo  va  beistisno  tarzda 
isrofgar.   Eng avvalo, u birovlar ishlab topgan pulni sarflaydi, o’zgalar   pulini esa 
hamisha o’zingnikidan ko’ra behuda sarflaysan. Bundan tashqari, hukumat xususiy 
korxonalardan juda uzoq turadi va ularning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun zarur 
bo’lgan e’tiborni ularga qarata olmaydi». A.Smit davlatning faqat uch funktsiyasini 
tan  oladi:  adolatli  sud  qilish,  mamlakat  xavfsizligini  ta’minlash,  jamiyat    uchun  
zarur  bo’lgan  ijtimoiy  korxona  va  muassasalarni ta’minlash. 
A.Smit  merkantilistlarning  protektsionizm  siyosatini  tan-qid  qiladi.  Unga 
ko’ra,  chetdan  ancha  arzon  bahoga  olib  kelishi  mum-kin  bo’lgan  tovarni  o’zida 
ishlab  chiqarish  be’mani  narsadir.  «Har  qanday  ongli  oila  boshlig’ining  qoidasi 
sotib  olishdan ko’ra  uyda  tayyorlash qimmatga  tushsa, uni  uyda tayyorlamaslikdan 
iborat...  Ayrim  oilalar  uchun  oqilona  hisoblangan  narsa,  bir  butun  davlat  uchun 
be’mani hisoblanmaydi». 
Erkin  raqobat  sharoitida  bozor  mexanizmi,  eng  avvalo,  baho  orqali 
iqtisodiyotda  “tartib  o’rnatadi”.  Baho  bozor  xo’jaligining  asosiy  tashkiliy  kuchi 
sifatida  qaraladi.  Baho  talab  va  taklif  o’zgarishi  to’g’risida  ishlab  chiqaruvchilar 
bilan  iste’molchilarga  signal  berib  turadi,  ularni  bir-birlarining  manfaatlariga  mos-
lashishga  majbur   etadi.  Baho   orqali   talab   asosida  kapital  qo’yil-masi amalga 
oshiriladi, kerakli mahsulotlar ishlab chiqariladi. Odamlar bir-birlariga xizmat qilish 
orqali  o’z  manfaatlarini  amalga  oshiradi.  Bozor  iqtisodiyoti  o’z-  o’zidan  amal 
qilayotgandek  ko’rinadi,  aslida  u  xatolar  va  tuzatishlar  uslubida  tartibga  solib 
turiladi. 
 
 
 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling