8-mavzu: jon meynard keyns ta`limoti va keynschilik
Download 1.94 Mb. Pdf ko'rish
|
такой
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.1. Merkantilizm, uning mohiyati, nazariy va metodologik xususiyatlari
- Merkantilizm
3-MAVZU. MERKANTILIZM 3.1. Merkantilizm, uning mohiyati, nazariy va metodologik xususiyatlari Natural xo’jalik munosabatlarining bozor iqtisodiy muno-sabatlari tomonidan siqib chiqarilishi XVI asrdan XVIII asrgacha bo’lgan tarixiy davrni o’z ichiga oladi. Bu davr iqtisodiy ada-biyotda, odatda merkantilizm davri deb ataladi. Merkantilizm (italyancha «merkante» so’zidan kelib chiqqan – savdogar ma’nosini anglatadi), bu bozor (kapitalistik) iqtisodiyotiga bo’lgan birinchi ilmiy qarashlar tizimidir. Merkantilizm – bu muomala sohasida iqtisodiy qonuniyat-larning rivojlanishiga bo’lgan qarashlar tizimi va protektsio-nizm printsiplariga asoslangan bir qator davlatlarning iqti-sodiy siyosati, u feodalizmning emirish davriga muvofiq keladi va “noindustrial” iqtisodiy davrdagi iqtisodiy voqelikni tah-lil qilishga uringan ta’limot hisoblanadi. Merkantilizm, eng avvalo, davlatning iqtisodiy siyosatini ifoda etgan, uning amaliy faoliyati uchun tavsiyalar ishlab chiqqan. Merkantilistlar tadqiqotining maqsadi reallik sifatidagi iqtisodiyotni tahlil qilish emas, balki hukumatga amaliy mas-lahatlar berishdir. Shuning uchun ular davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini qo’llab-quvvatladilar, yuqori soliq stavkasini va davlat xarajatlarini himoya qildilar. Merkantilistlarning ilmiy dunyoqarash tamoyillari quyi-dagilar bilan tasvirlanadi: har qanday oltin va qimmatbaho nar-salarga boylik sifatida qarash; mamlakatga oltin va kumushning oqib kelishini ta’minlash maqsadida tashqi savdoni tartibga solish; arzon xom ashyoni import qilish yo’li bilan sanoatni rag’batlantirish; import qilinadigan sanoat tovarlariga protek-tsionistik tariflarni belgilash; eksportni, ayniqsa, tayyor mah-sulotlar eksportini rag’batlantirish; ish haqining past daraja-sini ushlab turish uchun aholining o’sishi. Milliy farovonlik- ning zaruriy sharti sifatidagi aktiv savdo balansi doktrinasi, shak-shubhasiz, merkantilizmning asosi hisoblanadi. Shu narsani qayd qilib o’tish kerakki, uzoq yillar davomida boylikning, xalq farovonligining asosi-mehnat, er, dehqonchilik va chorvachilik, xunarmandchilik deb kelinar edi (uni biz yuqorida ko’rib chiqdik). Lekin XV asrga kelib vaziyat keskin o’zgardi. Av-valo, natural-xo’jalik tizimining emirilishi, tovar-pul munosa-batlarining o’sishi, fan va madaniyatning yuksalishi, ayniqsa, yangi erlarning ochilishi, buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tuzumining paydo bo’lishi, birinchi navbatda, savdoning tez rivojlanishiga turtki bo’ldi. Noekvivalent savdo tufayli metro-poliyalar mustamlakalar hisobiga beqiyos boyidi. Mana shu davrga kelib jamiyatning boyishida savdoning o’rnini asoslab berishga uringan merkantilizmqarashlarida noelastik talab va eksportning importdan ko’p bo’lishining maqsadga muvofiqligi, kapital eksportini rag’batlantirish va jamiyat ishlarini qo’llab- quvvatlash tushunchalari ustunlik qilgan, shuningdek, “qo’shningni qurit-sang, go’yoki millat boy bo’ladi” kabi noto’g’ri siyosat ilgari surilgan. Demak, merkantilizm bozor iqtisodiy munosabatlarining vujudga kelish davridagi birinchi iqtisodiy tafakkurlar maktabi sifatida bir qator nazariy – metodologik xususiyatlarga ega. Ularning mohiyatiga ko’ra, merkantilistlar: – tadqiqot predmeti (iqtisodiy tahlil) sifatida muomala sohasini tekshirishni afzal ko’rdilar, buning ustiga, ishlab chiqarish sohasidan ajralgan holda; – tadqiqot usuli sifatida asosan iqtisodiy hodisalarning tasodifiy yuzaki tashqi ko’rinishini ifoda etishga olib keluvchi va iqtisodiyotning barcha sohalarini tizimli tarzda tahlil qilish imkoniyatini istisno etuvchi empirizm (nazariyadan ko’ra amaliy faoliyatga ko’proq moyil bo’lishlik) dan foydalandilar; – pulning paydo bo’lishini odamlarning sun’iy ixtirosi natijasi deb hisobladilar, pulning o’zini esa boylik bilan bir narsa deb qaradilar; – pul qiymati (qimmati) ning kelib chiqishini oltin va kumush pullarning «tabiiy xususiyati» va mamlakatdagi ularning miqdori bilan bog’lab talqin qildilar; – mehnat taklifining oshishini yuqori ish haqi bilan emas, balki past ish haqi zarurligi bilan bog’lab ko’rsatdilar; – iqtisodiy o’sishni davlatning tashqi savdoni tartibga so-lish va savdo balansida ijobiy saldoga erishishi tufayli mamlakat pul boyligining ko’payishi natijasi sifatida qara-dilar. Shu bilan birga, merkantilistik maktabning bu va boshqa qoidalari iqtisodiy adabiyotda an’anaviy ravishda uning rivoj-lanishidagi ikki bosqich – dastlabki va keyingi bosqichlarini hisobga olgan holda tavsiflanadi. Bunday bosqichlarga bo’linish dastlabki va keyingi merkantilistlarning aktiv savdo balansiga, ya’ni tashqi savdoda ijobiy saldoga erishish yo’llarini har xil tushunganligi sababli kelib chiqadi. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling