3.3. Turli mamlakatlarda merkantilizm ta’limotining o’ziga xos
xususiyatlari
Har bir davlatda merkantilizm o’ziga xos usulda namoyon bo’ldi. Iqtisodiy
rivojlanish darajasi, mamlakatdagi siyosiy vaziyat, turli xalqlarning milliy-
psixologik xususiyatlari uning o’ziga xos tomonlarini keltirib chiqardi.
Merkantilizm Ispaniya, Italiya, Angliya va Frantsiyada ancha keng tarzda
rivojlandi.
Masalan, Ispaniyada boylik qimmatli metall, pul bilan bir narsa deb
qaralgan. Shu bois, Ispaniyada XVII asrning boshigacha mamlakatdan oltin va
kumushni olib chiqish (o’lim jazosi tah-likasi ostida) taqiqlangan. Ispan bimetall
monetar nazariyasi-ning etuk himoyachisi Marian XVII asrning 20-yillarida
qimmat-li toshlardan iborat xorijiy monetalarga ayirboshlanadigan tovarlarni
chetga chiqarishdan boshqa, barcha har qanday tashqi savdoni man etish talabini
ilgari surdi.
Bunday qattiq chora-tadbirlar mamlakat hayotiga salbiy ta’-sir ko’rsatadi.
Xalqaro savdoda chetga chiqib qolgan Ispaniya iqti-sodiy rivojlanishda ancha
orqada qolib ketdi.
Merkantilizm iqtisodiy ta’limot va davlat siyosati sifa-tida Frantsiyada ancha
rivoj topdi. Frantsiyada merkantilizm vakillaridan biri, mashxur «Siyosiy iqtisod
Do'stlaringiz bilan baham: |