8-mavzu: jon meynard keyns ta`limoti va keynschilik
bo’lgan savdosi to’g’risida mulohaza»
Download 1.94 Mb. Pdf ko'rish
|
такой
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jon Lo (1671–1729 y.)
- “Pul va savdo” 1705 yilda chop etilgan, ikkinchisi “Regentstvo davri moliya tarixi”
bo’lgan savdosi to’g’risida mulohaza» kitobini chop etdi. Monetaristlar
kontseptsiyasiga savdo balansi nazariyasini qarshi qo’ydi. T.Man 1630 yilda «Angliyaning tashqi savdodagi boyligi yoki boylikni tartiblash sifatidagi tashqi savdo balansi» asarini yozdi. Unda muallif pul muomalasini qat’iy tartibga solish zararli ekanligini, pul foyda keltirishi uchun doimo harakatda bo’lishini, pulning chetga erkin chiqarilishi kerakligini, busiz tashqi savdoni risolidagidek rivojlantirib bo’lmasligini qayd qilib o’tadi. T.Man bo’yicha, boylikning manbai faqat tashqi savdo hisoblanadi, bunday boylikka «har yili xorijliklardan xarid qilgan summadan ko’ra, ularga ko’proq sotish» yo’li bilan erishila-di. U chetga faqat tayyor mahsulot chiqarishni, isrofgarchilikka qarshi qattiq kurashishni, qimmatbaho xorijiy tovarlarni iste’-mol qilishdan o’zini tiyishni tavsiya etadi. Keyingi merkantilizm vakillaridan biri shotlandiyalik Jon Lo (1671–1729 y.) hisoblanadi. J.Lo kredit-bank tizimi, shuningdek, qog’oz-pul muomalasi va birja chayqovchiligi asos-chilardan biri hisoblanadi. U kuchli iqtisodchi- amaliyotchi bo’l-sada, faqat ikkita asar yozgan. Birinchisi “Pul va savdo” 1705 yilda chop etilgan, ikkinchisi “Regentstvo davri moliya tarixi” uning o’limidan sal oldin yozib tugatiladi, lekin faqat ikki yuz yildan keyin nashr etiladi. Bank va yangi turdagi aktsionerlik jamiyatini tashkil etish, banknot chiqarish, kapital to’plash, aholining barcha qatlamlari o’rtasida aktsiyalarni tarqatish bo’yicha uning kontseptual qarashlari va amaliy faoliyati, ularning ancha rivojlangan davlatlarning xo’jalik tajribasida keng qo’llani-lishidan 150 yil ilgari kelib chiqqan. J.Loning asosiy iqtisodiy g’oyalarini quyidagicha tavsif-lash mumkin: 1) milliy iqtisodiyot rivojlanishining kaliti sifatida, bankno-talarni chiqarish yo’li bilan mamlakatda pulning mo’l-qo’lligini ta’minlashga harakat qildi; 2) kredit emissiya banklarining davlatga qarashli bo’lishini, hukumat tomonidan iqtisodiy siyosatini olib borilishi va uning yordamidan foydalanishni talab qilib chiqdi; 3) tovarlar bahosining ozgina oshishi, tovarlar taklifining ancha ko’payishiga olib kelishi qoidasini asoslab berdi; 4) davlat qo’shimcha ish joylarini yaratishga imkon beruvchi muomaladagi pul miqdorini ko’paytirish yo’li bilan, ishlab chiqarish miqdoriga ancha katta ta’sir ko’rsatishi mumkinligi to’g’risida gapirib o’tdi; 5) aktsionerlik jamiyatlarini tashkil etish yo’li bilan kapital markazlashuvi va birlashuvi g’oyasiga ta’sir ko’rsatdi. Shunday qilib, aytish mumkinki, merkantilizm kontseptsiyasi eng avvalo, protektsionistik tadbirlardan foydalanishga va iqti-sodiy hodisa va jarayonlarningrivojlanishida davlat aralashuvi-ga tayanadi. Bunday qarash jahon iqtisodiyoti taraqqiyotining turli bosqichlarida, shu jumladan, hozirgi davrda ham kuzatiladi. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling