8-mavzu: jon meynard keyns ta`limoti va keynschilik
Konfutsiy (m.av. 551 – 479 y.)
Download 1.94 Mb. Pdf ko'rish
|
такой
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Guan-tszi»
Konfutsiy (m.av. 551 – 479 y.) alohida o’rin tutadi. Konfutsiyning fikrlari uning
shogirdlari yozib qoldirgan «Lun Yuy» («Suhbat va mulohaza») to’plamida aks ettirilgan. Uning fikricha, mehnat ham kishilarning, ham davlatning boyligini ko’paytiradi. Konfutsiy «buyuk jamoa mulki» (dehqon-lar jamoasi mulki) va xususiy egalik (quldorlar mulki)ni farq-laydi, ikkinchisini ko’proq qo’llaydi. Bu erda u xususiy mulkni xo’jalik yuritishda ustun qo’yadi. Konfutsiy aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat farqini ko’rsatib, aqliy mehnat bilan «yuqori» tabaqali kishilar, jismoniy mehnat bilan esa, asosiy qismi qullardan iborat bo’lgan «oddiy» kishilar shug’ullanadi, deb qayd qilib o’tadi. Konfutsiy ta’limotiga ko’ra, bilimdon hukmdor – u «xalqning otasi», «to’g’ri amal qilishning» va boylikni ancha tekis taqsim-lashning kafolati. Uning tasdiqlashicha, Alloh va tabiat tomo-nidan jamiyat toifalarga ajratilgan, shu bilan birga u har bir odamni ma’naviy yuksalishga da’vat etgan, kattalarga bo’lgan hurmat qoidalari to’g’risida, farzandlik burchi to’g’risida, aka-ukalar o’rtasidagi do’stlik to’g’risida qimmatli fikrlarni ilgari surgan. Konfutsiy ta’limotidan shu narsani ko’rish mumkinki, agar reglamentlashtirilgan patriarxal munosabatlarda ustalik bilan xo’jalik yuritilsa, «xalqda hamma narsa muhayyo bo’ladi». Xitoyda miloddan oldingi IV–III asrlarda xitoylik mual-liflar birgalikda yozgan asar «Guan-tszi» g’oyalari keng tarqalgan. Bu asarda ilgari surilgan ba’zi masalalar, garchi ular ziddiyatli bo’lsa-da, bugungi kunda ham diqqatga sazovor. Masalan, asarda oltin marvarid alohida boylik sifatida ko’rilmaydi; bunday boylik deb, eng avvalo, moddiy ne’matlar (tovar) e’tirof etiladi. Asarda ko’rsatilishicha, bir tomondan, «oltin davlat resurslarini hisoblash o’lchovi hisoblanadi», ikkinchi tomondan, u «xalq ommasi uchun muomala vositasi bo’lib xizmat qiladi». Asarda barqaror iqtisodiy rivojlanishning zarurligi to’g’risida aniq fikr yuritiladi va qaerda nonning narxi tartiblanib turilsa, o’sha erda tinchlik, osoyishtalik bo’ladi, deb qayd etiladi. Iqtisodiyotni tartibga solib turish uchun, asar mualliflari davlatning don zaxiralarini tashkil etishni, er egalariga imtiyoz-li kredit berishni, temir va tuzga bo’lgan to’g’ri soliqlarni egri soliqlar bilan almashtirish, ya’ni ulardan foydalanib ishlab chiqariladigan tovarlarga bo’lgan soliqni kengaytirishni tavsiya etadilar. «Guyan-tszi» mualliflari «davlatni boy, xalqni mam-nun» holda ko’rishni xohlaganlar. Asarda er va suvlarni davlat ixtiyoriga o’tkazish, ulardan daromad olish yo’lida foydalanish, baholarni tartibga solish va boshqa hozirgi kunda ham e’tiborga molik iqtisodiy g’oyalar ilgari surilgan. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling