8-mavzu: jon meynard keyns ta`limoti va keynschilik


podshohi qonunlari (m.o. XX asr.) va Xammurapi qonunlari (m.o. XVIII asr.)


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.94 Mb.
#214375
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   97
Bog'liq
такой

podshohi qonunlari (m.o. XX asr.) va Xammurapi qonunlari (m.o. XVIII asr.) 
ancha diqqatga sazovor. 
Eshnunn  qonunlari  matni  asosiy  mahsulotlarga  qat’iy  baho  o’rnatishdan 
boshlanadi:  “1  gur  (o’lchov  birligi,  ba’zi  ma’lumot-larda  300,  ba’zilarda  esa  –
252,6  l.  teng)  arpa  (sotilishi  kerak)  1  sikl  (8,4g)  kumushga  …  3  ka  (1  ka  0,84  l. 
teng)  birinchi  sortli  yog’  (sotilishi  kerak)  1  sikl  kumushga,  1  sut  (5  l.,  ba’zi 
ma’lumot-larda – 8,4 l.) va 2 ka kunjut yog’i (sotilishi kerak) 1 sikl kumushga …” 
va  boshqalar  ko’rsatilgan.  Birinchi  paragrafda  arpa,  yog’,  teri,  tuz,  mis  va 
boshqalarning   kumushdagi   narxi   o’rnatilgan   (mahsulotlar   shunday   miqdorda 
olinishi  kerakki,  ularning  qiy-mati  1  siklga  teng  bo’lsin);  ikkinchi  paragrafda  har 
xil  turdagi  yog’ning  arpadagi  narxi  ko’rsatilgan.  Demak,  asosiy  umumekvivalent 
sifatida   arpa   bo’lgan.   Buning   ustiga,   ushbu   ekvivalentlar   o’rtasida   qat’iy 
muvofiqlik     o’rnatilgan.   Birinchi   navbatda     arpaning   kumushda   ifodalangan 
narxining    ko’rsatilishi    tasodifiy    emas.    Qat’iy    narxning    o’rnatilishi    qonun 
tuzuvchilarga  yollanma  va  ijara  haqi  darajasini,  jarima  miqdorini,  foiz  me’yorini 
tarbiya uchun to’lov va boshqalarni aniqlash imkonini   beradi. Yillik foiz me’yori 
kumushda  20  %  va  donda  33  1/3  %  tashkil  etgan.  Shu   narsani  qayd  qilib  o’tish 
kerakki, Qadimgi Misrda hatto keyingi davrlarda (X–VIII asr m.o.) sudxo’rlik foiz 
me’yori   tez-tez   100   %gacha   ko’tarilib   turgan.   Eski   Bobildagi   uncha   ko’p 
bo’lmagan    foiz  me’yori  davlatning  nafaqat  mamlakat  xo’jaligi    hayotiga  arala- 
shuvidan dalolat beradi, balki tovar-pul munosabatlarining ancha rivojlanganligini 
ham  aks  ettiradi.  Qadimgi  Misr  iqtisodiyoti  Yaqin  Sharqdagiga  nisbatan  ancha 
natural    bo’lgan.    Demak,    podsho    qonunlari    tovar-pul    munosabatlarining 
rivojlanishida ijobiy rol o’ynagan. 
Qadimgi  Bobilda    Xammurapi  (m.o.  1792–1750  y.)  podsholik  qilgan  davrda 
tayyorlangan qonunlar to’plami ancha obro’ qozongan.U nafaqat  bir qator qadimgi 
huquq  me’yorlarini  qayta  ishlab      chiqqan,  balki  miloddan  avvalgi  XVIII  asrga 
qadar  Qadimgi  Mesopotamiyada  tarkib  topgan  ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlarni 
ham tartibga solishga harakat qilgan. 
Qonun  matni  kirish  qismdan,  hozirgi  tasniflash  bo’yicha  282  moddani  o’z 
ichiga  olgan  asosiy  qismdan  va  xulosadan  iborat.  Unda  xo’jalik  hayotiga  oid 
iqtisodiy  fikrlar  ham  aks  ettirilgan.  Shu  narsa  diqqatga  sazovorki,  bir  guruh 
moddalarda  Bobil  fuqarolarining  mulkini  himoya  qilish,  ijara,  sudxo’rlik  va  ishga 
yollash masalalari ko’rib chiqilgan. 
Qonundagi  asosiy  narsa  Bobil  fuqarolarining  mulkini  himoya  qilish  yoki 
shunday  sharoit  yaratishdan        iboratki,  unda  “kuchlilar  kuchsizlarni  surib 
chiqarmasinlar”.  Bunda  asosiy  e’ti-bor  saroy,  ibodatxona  mulkini  hamda  bobillik 
fuqarolar  va  davlat  xizmatchilarining,  birinchi  navbatda,  harbiylarning  mulkini 
himoya    qilishga    qaratilgan.    Xammurapi    qonunlarida    ularning    ulushi    (erlari) 
sotilishi man etiladi. “Sipoh yoki soliq to’lovchiga tegishli bo’lgan dala, uy, bog’, 
–  deyiladi  qonunda,  –  kumushga  sotilishi  mumkin  emas”.  Bundan  tashqari, 
qonunda  o’z  mamlakati  tashqarisida  qul  sifatida  sotib  olingan  bobillik  fuqarolar 
o’z 
vataniga 
qaytgach, 
erkinlikka 
erishishi 
zikr 
etilgan.


Qonunda   sudxo’rlar   zo’ravonligiga   qarshi   qaratilgan   modda-lar   ham 
mavjud.  Hosil  kam  bo’lgan  paytlarda  qarzlarni  to’lash  muddatini      bir  yilga 
cho’zishga  ruxsat  berilgan  (qo’shimcha  foiz  to’lovisiz).  Xammurapi  qonunlarida 
sudxo’rlar  o’z  holicha,  qarzdor-larning  ruxsatisiz      qarz  evaziga  ularning  hosilini 
tortib  olishi  man  etilgan.  Ular  qat’iy  ravishda  puldagi  (20%)  va  natural  shakldagi 
(33% 1/3) foiz me’yorini  aniq belgilab bergan. 
Xammurapi  kodeksida  tutqunlarga  nisbatan  yomon  munosabat-da  bo’lgani 
uchun  sudxo’rlarni  hatto  jazolash  (shu  jumladan,  qonuniy  yo’l  bilan  ham)  ko’zda 
tutilgan.  Sudxo’rlikning  keng  rivojlanishiga  to’sqinlik  qiluvchi  asosiy  omillardan 
biri qarzdorlik uchun qullik  muhlatining  uch  yil  bilan  cheklanishidir  (to’rtinchi  yili 
unga  erkinlik  berilishi  lozim  bo’lgan).  Biroq  sudxo’rlikka  qarshi  qonunchilikda 
izchillik  bo’lmagan.  Xususan,  qarzdorni  ozod  etishda  uni  ishlab  chiqarish  yoki 
yashash  vositalari  bilan  ta’minlash  nazarda  tutilmagan.  Hech  qanday  vositasi 
bo’lma-gach,  ozod  etilgan qarzdor  yana  qaytib  sudxo’rga  murojaat qilishga  majbur 
bo’lgan. 
Xammurapi      qonunlarida  yollanma  munosabatlarni  tartibga  solishga  katta 
e’tibor  berilgan.  Uning  juda  ko’p  turdagi    shakl-lari  ko’rib  chiqilgan  bo’lib,  hatto 
yollanma mehnat uchun to’lov miqdori ham aniq qilib ko’rsatib berilgan. 
Asosiy  maqsad  ishlab  chiqarishni,  birinchi  navbatda,  qishloq  xo’jaligini 
rivojlantirishni  qo’llab-quvvatlash,  mehnatsiz  daro-mad  topishga  qarshi  kurashish 
bo’lgan.  Umuman,  xususiy  mulkchilik,  shu  jumladan,  erga  bo’lgan  xususiy 
mulkchilik  tan  olingan.  Birovning      xususiy  mulkiga  ko’z  olaytirgan,  unga  zarar 
etkazgan-lar iqtisodiy jihatdan jazolangan. 
Shunday  qilib,  eski  Bobil  podsholigi  qonunlarida  davlat  tartiblashining  va 
aholi  iqtisodiy  faoliyatini  nazorat  qilish-ning  turli  shakllari  ko’zda  tutilgan.  Ular 
real  iqtisodiy  jarayon-larga,  tovar-pul  munosabatlarini  rivojlanishiga,  fuqarolar 
mulkini  himoya  qilishga  o’zining  ijobiy  ta’sirini     ko’rsatdi.    Shu  bilan  birga  bu 
qonunlar  Osiyodagi  boshqa  mamlakatlarda  iqtiso-diy  fikrlarning  rivojlanishida 
katta rol o’ynadi. 
«Avesto»dagi  iqtisodiy  fikrlar.  Qadimgi  Markaziy  Osiyo  xalqlari 
(ajdodlarimiz)  miloddan  ancha  ilgari  rivoj  topgan.  Buni  dunyodagi  eng  qadimiy 
dinlardan  biri  –  Zardushtiylik  dini-ning  muqaddas  kitobi  hisoblangan  «Avesto» 
ham  isbotlaydi.  Olingan  ma’lumotlarda  «Avesto»  kitobining  muallifi  Zardusht 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling