8-mavzu: jon meynard keyns ta`limoti va keynschilik


    Merkantilizmning tarixiy ahamiyati


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.94 Mb.
#214375
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   97
Bog'liq
такой

3.4.    Merkantilizmning tarixiy ahamiyati 
 
Merkantilizm  va  uning  vakillari   –  ijodiy  merosidagi  ham  pozitiv,  ham 
negativ    unsurlar    nuqtai    nazaridan,    iqtisodiy    ta’limotlar    tarixida    o’chmas    iz 
qoldirdi. 
Birinchidan,  merkantilistlar  kontseptsiyasi  deyarli  butunlay  muomala 
sohasidagi   xo’jalik   hayotining   amaliyotiga   qaratilgan.    Shunday   bo’lsa-da,    bu 
ularga  ko’plab  iqtisodiy  kategoriyalarni  il-miy  muomilaga  kiritish,  savdo  sohasi, 
ssuda  operatsiyalari  va  pul  muomalasining  muhim  qonuniyatlarini  aniqlab  berish 


imkonini  beradi.  Lekin  iqtisodiyotning  boshqa  sohalariga  bo’lgan  ularning  ta’siri 
doimo aynan bir xil bo’lgan emas. 
Masalan, mamlakatning o’z sanoati va savdosini rivojlantiri-shi uchun pul muhim 
vosita  ekanligini  to’g’ri  tushuntirib  bergach,  merkantilistlar  shunday  bo’lsa-da  milliy 
iqtisodiyotga  xorijiy  investitsiyalarni  jalb  qilishga  e’tibor  bermadilar.  Bundan  tashqari, 
ular  uchun  ishsizlik  muammosi  ham  muhim  hisoblanmagan.  «Ixtiyoriy  ishsizlik»ning 
asosiy sababi ishlamaslik xohishini keltirib chiqaruvchi yoki  «yalqovlik», yoki  «axloqiy 
buzuqlik» hisoblangan. 
Ikkinchidan,  merkantilizm  bozor  munosabatlari  shaklla-nishining  va 
Evropada  ancha  rivojlangan  mamlakatlar  –    Angliya  va  Frantsiyada  uning  o’rnini 
olgan klassik siyosiy iqtisodning o’ziga xos xususiyatlarini keltirib chiqardi. 
Xususan,  Frantsiyada XVII asrda  moliya  vaziri  Jan  Batist  Kolber ancha faol 
protektsionizm  siyosatini  olib  borgan  davrda  sanoatning  qudratli  manufaktura 
tarmog’i   yaratildi.   Ammo   bir   vaqtning   o’zida   mamlakat   tashqarisiga   don 
chiqarishni  man  etish  va  boshqa  mamlakatlardan  uni  erkin  olib  kelish  yo’li  bilan 
fermer  xo’jaliklarining  shakllanishiga  to’sqinlik  qilindi.  O’sha  davrda-gi  Frantsiya 
ichki bozorining uning azaliy raqibi  – Angliyaga nisbatan  «torligi» oqibatda aynan 
shu  vaziyatga  bog’lab  tushun-tirildi.  Natijada,  frantsuz  merkantilizmi  kolbertizm 
deb  atala  boshladi,  klassik  siyosiy  iqtisod  doirasidagi  o’ziga  xos  frantsuz  maktabi 
esa fiziokratizm ta’limoti deb yuritildi. 
Angliyada  esa  merkantilizm,  iqtisodiy  tarixdan  ma’lumki,  Frantsiyaga 
nisbatan  ancha  «unumli»  bo’ldi.  XVII  asrdagi  savdo  va  sanoat  sohasidagi  bu 
mamlakatning  protektsionizm  siyosatidagi  asosiy  yutuqlari,  odatda,  Ost-Indiya 
kompaniyasi  rahbarlaridan  biri  –  Tomas  Man  nomi  bilan  bog’lab  tushuntiriladi. 
Shu  narsa  ham  ma’lumki,  aynan  Angliyada  merkantilizm  bilan  bo’lgan  g’oyaviy 
kurash  natijasida  eng  muhim  nazariy  xulosalar  ishlab  chiqildi  va  ular  A.Smit, 
D.Rikardo, T.Maltus, J.S.Mill va boshqalarning asarlarida o’z aksini topdi. Bundan 
tashqari,  Angliya  XIX  asrda  ancha  kuchli  rivojlangan  mamlakat  sifatida  eng 
muhim  antimerkantilistik  chora-tadbirlarni,  jumladan  ichki  va  tashqi  savdoda  to’la 
erkinlik siyosatini amalga oshira boshladi. 
 
 
 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling