Mark Tulliy Tsitseron (m.o.106–43 y.) taniqli davlat arbobi va mashhur
notiq. U yashagan davrda davlat ancha markaz-lashgan bo’lib, savdo-sotiq
rivojlandi, sudxo’rlik boylik manbai-ga aylandi. Qadimgi Gretsiya iqtisodiy
fikrlaridan farqli ravishda, Tsitseron yirik savdoni qo’llab-quvvatlab, mayda
savdoga esa e’tibor qaratmadi. Tsitseronning sudxo’rlikka bo’lgan munosa-bati
ziddiyatli bo’lgan. Bir joyda sudxo’rlikni ma’qullasa, ikkin-chi bir joyda uni
qoralaydi. Tsitseronning savdo va sudxo’rlikka bo’lgan qarashlarida Qadimgi Rim
iqtisodiyotidagi natural va tovar xo’jaligi o’rtasidagi ziddiyat o’z aksini topgan.
Tsitseron xususiy mulkchilik, yirik er egaligi va mustam-lakalarda
ekspluatatsiyani kuchaytirish tarafdori bo’lgan. Dehqon-chilikni ancha samarali ish
turi deb hisoblagan. U bozorni tovar bilan ta’minlashda muhim o’rin tutgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |