Oltinchidan, "Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida"gi Qonunni qabul qilish;
Yettinchidan, korrupsiyaga qarshi kurash olib boruvchi organlar faoliyatini takomillashtirish;
Sakkizinchidan, korrupsiyani vujudga keltirayotgan aniq sabab va shart-sharoitlarni aniqlash.
Yaponiyada, agar hukumat amaldori korrupsiyada ayblansa, unda hukumatning hamma a’zolari iste’foga chiqadi. Bir qator Yevropa mamlakatlarida, pora bilan qo‘lga tushgan amaldor nafaqat o‘z lavozimidan, balki pensiyasidan ham mahrum etiladi. Korrupsiya bilan kurashning eng ta’sirchan hollarini Skandinaviya mamlakatlari, bir qator Yevropa (Luksemburg, Niderlandiya, Shveysariya, Avstriya va boshqa) hamda Osiyo (Singapur, Gonkong) davlatlari misolida ko‘rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |