Yalpi tushum
Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlar
Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar
Favqulodda foyda
Yalpi tushum mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan olingan, undan qо‘shilgan qiymat, aksiz solig‘i va eksport boj poshlinasi, chegirilgan tushum sifatida aniqlanadi. Unga tovarlarning qaytarilishi, xaridorlar uchun berilgan chegirmalar va boshqalar kiritilmaydi.
Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlarga quyidagilar kiradi:
Undirilgan yoki qarzdor tomonidan e’tirof etilgan jarimalar, penyalar, vaqtida tо‘lanmagan qarzlar va xо‘jalik shartnomalari shartlarini buzg‘anlik uchun boshqa xil jazo jarimalari, shuningdek yetkazilgan zararlarni undirish bо‘yicha daromadlar.
Hisobot yilida aniqlangan о‘tgan yillardagi foyda.
Ishlab chiqarish va maxsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bevosita bog‘liq bо‘lmagan operatsiyalardan renta daromadi, xо‘jalik yurituvchi subyektlar xuzuridagi oshxonalardan tushumlar, yordamchi xizmatlardan daromadlar sifatidagi boshqa daromadlar.
Xо‘jalik yurituvchi subyektning asosiy fondlarini va boshqa
mol-mulklarini sotishdan olingan daromadlar.
Xо‘jalik yurituvchi subyektning asosiy fondlarini va boshqa
mol-mulklarini sotishdan olingan daromadlar.
Da’vo bildirish muddati о‘tgan kreditorlik va deponent
qarzlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar.
Tovar-moddiy boyliklarni puxta baholash. Tovar-moddiy boyliklarni tо‘liq baholash summasi mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishiga kо‘ra soliq solinadigan daromadga kiritiladi).
Davlat subsidiyalaridan daromadlar
Xolisona moliyaviy yordam.
Boshqa operatsion daromadlar.
Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi:
Olingan royaltilar va sarmoya transferti.
Royalti, royyalti (ing. royalty — qirol imtiyozlari) — 1) litsenziya boʻyicha tovarlar, ixtirolar, patentlar, nouxau, filmlar prokati va boshqalardan foydalanish huquqi uchun olingan foydadan davriy ajratmalar shaklidagi litsenziya mukofoti;
Do'stlaringiz bilan baham: |