8-mavzu. Korxonaning daromadi va foydasi Korxona daromadlari Korxona foydasi va uni maksimallashtirish


Download 260.44 Kb.
bet6/6
Sana28.12.2022
Hajmi260.44 Kb.
#1010438
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-mavzu. Korxonaning daromadi va foydasi

Mulk egasini о‘zi boshqaradigan, unchalik katta bо‘lmagan korxona (firma)da, ularni yuritish bilan bog‘liq bо‘lgan hamma qarorlarda foydani kо‘paytirish asosiy о‘rin tutadi.
Juda katta va yirik korxona (firma)larda rahbar (boshqaruvchi)lar kundalik qarorlarni qabul qilishda mulk egalari har doim ham boshqaruvchilar faoliyatini nazorat ostida saqlay olmaydilar.
Shuning uchun boshqaruvchilarda va korxonaga rahbarlik qilishda ma’lum darajada erkinliklar bо‘lib, ular foydani maksimallashtirish bilan yetarli shug‘ullanmasliklari, mulk egasi bо‘lmaganliklari uchun uzoq muddatli manfaat о‘rniga qisqa manfaatni afzal kо‘rishlari mumkin. Boshqaruvchilar kо‘pincha foydani maksimallashtirish о‘rniga daromadni kо‘paytirish yoki aksiyadorlarni qiziqtirish uchun dividendni oshirishga harakat qilishlari mumkin.
Bundan tashqari, ular yuqori lavozimga erishish yoki katta mukofotlar olish maqsadida foyda keyinchalik kamayib ketsa ham hozirgi kunning о‘zida oshirishga harakat qiladilar. Shu tufayli bunday rahbarlar о‘z lavozimlaridan chetlashtirilishi va korxonani boshqa rahbarlarga topshirish zaruriyati yuzaga keladi.
Yuqorida keltirilgan foyda turlaridan tashqari, uning yana bir qancha turlari mavjud:
 real foyda;
tarmoq foydasi;
 iqtisodiy renta;
 maksimal foyda.
Real foyda — bu, haqiqatda erishilgan natija, ya’ni real sarflar asosida olingan foydadir. Bu foyda korxona xо‘jalik faoliyatini tashkil etishda asosiy manbadir.
Tarmoq foydasi deganda, tarmoqda faoliyat kо‘rsatayotgan korxonalar kabi qilingan bir xil foyda olish yoki bir xil rentabellikka ega bо‘lish. Tarmoq foyda korxona (firma)ning faoliyat kо‘rsatayotgan sohada qolishini ta’minlaydi. Bunday foydaning yuzaga kelishi bozorning uzoq muddatli barqarorlikka erishganidan dalolat beradi. О‘rtacha foydani kо‘pincha iqtisodiy foyda deb ataydilar.
Iqtisodiy foyda qachon paydo bо‘ladi? Agar korxona bir mahsulotni tayyorlab, sotib, haqiqatda 100 ming sо‘m foyda olgan bо‘lsa-yu, ana shu mablag‘ni boshqa mahsulot ishlab chiqarishga sarflab, uni sotganda 150 ming sо‘mlik foyda olsa, bunday foydani iqtisodiy foyda deb tushunish kerak. Bu holda foyda ijobiy tus oladi. Ijobiy iqtisodiy foyda korxonani biron-bir investor faoliyat boshlashiga rag‘batlantirsa, ijobiy haqiqiy foyda ishlab chiqarish yoki firmaning ancha oyoqqa turib olganidan darak beradi.
Iqtisodiy renta — bu, cheklangan ishlab chiqarish omillaridan foydalanish natijasida sodir bо‘lgan foyda hisoblanadi. Masalan, ikkita korxona bir xil yerga ega bо‘lib, yerni olish bilan bog‘liq xarajatlar bir xil bо‘lgan sharoitida birinchi yer transport tarmog‘iga yaqin bо‘lganligi uchun mahsulotni tashishga 10 mln. sо‘m kam sarf qilinishi mumkin, ana shu 10 mln. sо‘m uning qо‘shimcha foydasi hisoblanadi. Iqtisodiy renta ishlab chiqarish omillari cheklanganligidan kelib chiqadi va u yoki bu ishlab chiqarish omiliga berish holatini bildirgan baho bilan shu omilning eng kam bahosi о‘rtasidagi farqdan iborat bо‘ladi.
Maksimal foyda — bu, bir birlik qо‘shimcha mahsulotni sotishdan olingan daromadni shu bir birlik qо‘shimcha mahsulotga qilingan xarajat mikdori bilan bab-barobar kelishi natijasida olingan foyda. Shu holda rentabellikning eng yuqori darajasiga erishilgan bо‘ladi. Shunga kо‘ra, foydani maksimallashtirish degani, eng yuqori rentabellikni ta’min¬lash, deganidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida sanoat sohasida о‘tkazilayotgan tub iqtisodiy tadbirlar majmuida foydani taqsimlash masalalari muxim о‘rin tutadi, zero uni, adolat yuzasidan va tо‘g‘ri taqsimlash jamoa va xar bir xodimning manfaatdorligini uyg‘unlashtirish uchun sharoit yaratadi.
Download 260.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling