8-Mavzu: Mahalliy ishlab chiqaruvchilar maxsulotlarining narx bo’yicha raqobatbardoshligini oshirish. Reja


Ishlab chiqariladigan mahsulotlarning turini kengaytirish


Download 27.91 Kb.
bet2/3
Sana21.11.2021
Hajmi27.91 Kb.
#176081
1   2   3
Bog'liq
8-mavzu 2 c6c595547392ddf3919f9fd86533a740

Ishlab chiqariladigan mahsulotlarning turini kengaytirish

O‘zbekistonda xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarish jadal sur’atda rivojlanayotir. Bu borada, ayniqsa, elektr texnika sanoati yuksak natijalarga erishmoqda. Tarmoqqa katta hajmdagi investitsiyalar jalb etilgan holda yangi-yangi korxonalar tashkil qilinmoqda. Eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan bu korxonalarda eksportbop nooziq-ovqat iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda.“O‘zeltexsanoat” uyushmasining murakkab maishiy texnika ishlab chiqarish korxonalari iste’molchilarga ko‘plab turdagi mahsulotlarini taklif etmoqda. Bu korxonalar ishlab chiqarayotgan sovutgich, changyutgich, gaz plitalari, kir yuvish mashinalari, turli texnika vositalari, mikroto‘lqinli va elektr mini-pechlar va boshqa mahsulotlar bugungi talab hamda xalqaro sifat standartlariga javob beradi. Joriy yilning 7 avgust kuni “Mamlakatimiz hayotidagi muhim ahamiyatga molik masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan matbuot anjumanlarining yagona rejasi” doirasida “O‘zbekiston Milliy matbuot markazi” binosida “Mustaqillik yillarida “O‘zeltexsanoat” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, qo‘lga kiritilgan yutuqlar va muammolar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda “O‘zeltexsanoat” kompaniya rahbar xodimlari, kompaniya tarkibiga kiruvchi korxonalar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirov etdilar.

Anjuman doirasida O‘zeltexsanoat” kompaniyasi boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari raislik qilib, bugungi kunda sohaning rivojlanishida “O‘zeltexsanoat” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, qo‘lga kiritilgan yutuqlar va albatta soha oldida turgan dolzarb vazifalar va ularni bajarishda amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’ruzasi tanglandi.  

Bugungi kunda kompaniya tizimida 50 dan ortiq korxonalar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Korxonalarning yo‘nalishlarda ya’ni, kabel va sim, elektrotexnika, maishiy texnika mahsulotlari ishlab chiqarish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyat yuritadi. Ushbu korxonalarning 40% dan ko‘prog‘i xorijiy kapital ishtirokida tashkib topgan.

SHu bilan birga kompaniya tarkibiga kiruchi “Sky Wind Systems” MCHJ QK, “Plastic Modernity” MCHJ QK, “O‘zkabel” AJ QK, “Dream Production” MCHJ QK, “Thermo Water Electric” MCHJ, “O‘zelektroapparat-Elektroщit” AJ, “Polaris Technologies” MCHJ QK, “Andijankabel” AJ, “Allegro Develop Plast” MCHJ QK va “Eko Elektron” SHK korxonalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’ruzalari tinglandi hamda  ishlab chiqarish jarayotnlariga bag‘ishlangan maxsus videoroliklar namoyish etildi.

            Matbuot anjumanida televideniya, radio, gazeta hamda boshqa ommaviy axborot vositalari xodimlarini qiziqtirgan savollariga “O‘zeltexsanoat” kompaniyasi boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari hamda tarkibga kiruvchi korxona raxbarlari tomonidan to‘liq javoblar berildi.

Mustaqillik yillarida jami bo‘lib elektrotexnika sohasida 120 dan ortiq investitsion loyihalar amalga oshirildi.

Buning evaziga tarmoq korxonalari “Samsung” (Koreya), “ElDji” (Koreya), “SHivaki” (YAponiya), “Xayer” (Xitoy), “Midea” (Xitoy), “Motorola” (AQSH), “Odul” (Turkiya) va dunyoning boshqa etakchi korporatsiyalarining zamonaviy texnologik asbob-uskunalari bilan jihozlandi va ular bilan texnik hamkorliklar o‘rnatildi.

Elektrotexnika sanoat sohasini rivojlantirishda asosiy e’tibor yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishda innovatsion texnikalarni keng joriy etishga, shuningdek, tarmoq uchun yosh mutaxassislar tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida zamonaviy ilmiy va institutsional bazalarni yaratishga qaratilgan.

Buning natijasida kompaniya ishlab chiqarishda quydagi natijalarga erishmoqda:

- dunyoga mashhur kompaniya brendlari va ularning zamonaviy texnologiyalari jalb etilmoqda;

- zamonaviy texnologik qurilmalarning jalb qilinishi natijasida yildan yilga energiya sarfi kamayib bormoqda;

- yangi ish o‘rinlari yaratilishi natijasida aholi bandligini ta’minlashga;

- ekologiyaga ta’sir etuvchi chiqindilarning kamaytirilishiga erishilmoqda;

- korxonalarda xalqaro sifat boshqaruv tizimi muvofiqlik sertifikatlari joriy etilmoqda.


Download 27.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling