8-Mavzu: Mahalliy ishlab chiqaruvchilar maxsulotlarining narx bo’yicha raqobatbardoshligini oshirish. Reja
Download 27.91 Kb.
|
8-mavzu 2 c6c595547392ddf3919f9fd86533a740
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarishda materiallar, elektr va energiya sarfini sarf-xarajatlarni kamaytirish
8-Mavzu:Mahalliy ishlab chiqaruvchilar maxsulotlarining narx bo’yicha raqobatbardoshligini oshirish. Reja: Ishlab chiqarishda materiallar, elektr va energiya sarfini sarf-xarajatlarni kamaytirish Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini rag‘batlantirish 3. Ishlab chiqariladigan mahsulotlarning turini kengaytirish 4.Sifatli va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish Ishlab chiqarishda materiallar, elektr va energiya sarfini sarf-xarajatlarni kamaytirish Ishlab chiqarish jarayoni - bu kishilarni o‘zlarining iste’moli uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatidir. Moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish, turli xizmatlar ko‘rsatish jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy tomonidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishning asosiy maqsadi foyda olishga qaratilganligi sababli har bir iqtisodiy sub’ekt ko‘proq foyda olishga intiladi. SHuning uchun ham ishlab chiqarishning samaradorligini olingan foydaning (F) ishlab chiqarishga sarflangan resurs xarajatlariga (IX) nisbati bilan aniqlanadi, ya’ni: . Bu erda: R’ - foyda normasi, IX – iqtisodiy resurs xarajatlari. “Mamlakatimizda asosiy energiya resurslarining narxi past bo‘lib qolayotgani bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘zini oqlamasligini albatta hammamiz yaxshi tushunamiz. Masalan, O‘zbekistonda aholi va sanoat korxonalari uchun 1 megavatt soat elektr energiyaning narxi 25 AQSH dollarini tashkil etadi. Germaniyada esa bu narx aholi uchun – 332 dollar, korxonalar uchun – 144 dollardan iborat. Rossiyada tegishlicha 47 va 51 dollarni, Hindistonda 68 va 87 dollarni tashkil etadi. SHuningdek, 1000 kub metr tabiiy gazning narxi O‘zbekistonda 32,9 dollar, SHvetsiyada 1552, Portugaliyada 1132 dollardan ziyod, Italiyada 1045, Germaniyada 785 dollardan, Angliyada esa 770 dollardan ortiqni tashkil etadi. Bu raqam Rossiyada 83 dollardan, Qozog‘istonda 45 dollardan ziyoddir. Ko‘rinib turibdiki, bizda energiya va tabiiy gaz resurslari rivojlangan davlatlarga nisbatan bir necha barobar arzon. Lekin resurslardan oqilona foydalanish yo‘qligi natijasida tannarxning pasayishiga, mahsulot hajmi o‘sishiga erishish qiyin bo‘lmoqda. Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish uchun mamlakatimiz energetika tizimini isloh qilishimiz, bu borada aniq strategiya ishlab chiqishimiz lozim. Avvalo, samarasiz va zarar bilan ishlaydigan korxonalarni xususiylashtirish, monopoliyani tugatish kerak. SHuningdek, elektr energiyasi etkazib berishda raqobat muhitini shakllantirish va muqobil energiya manbalaridan foydalanishni rag‘batlantirish zarur. Buning uchun xususiy sektorni keng jalb etgan holda, ishlab chiqarishni moliyalashtirish bo‘yicha bozor mexanizmlariga o‘tish talab etiladi.”1 Butun dunyoda energiya resurslar narxini oshib borishi barcha korxonalarda energiya tejamkorlik masalasini ilgari suradi. Ko‘pgina ishlab chiqarish korxonalarda mahsulot tannarxini asosiy tashkil etuvchisi energiyaga to‘lovlar tashkil etmoqda. Mahsulot birligiga sarflanayotgan nisbiy energiya sarfining ko‘pligi eksportga tayyor mahsulotga nisbatan xom-ashyo chiqarish samaraliroq bo‘lishini ta’minlamoqda. Energiya resurslarni tejash orqali mahsulot tannarxini kamaytirish ishlab chiqarilayotgan mahsulotimizni tashqi va ichki bozordagi raqobatbardoshligini oshirishni asosiy omillaridan biridir. Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga sarflanayotgan nisbiy energiya sarfi rivojlangan Evropa davlatlari AQSH va YAponiyaga nisbatan 3-4 marta katta ekanligini ko‘rish mumkin. Bu esa elektr energiya nisbiy sarfini kamaytirish bo‘yicha imkoniyatlarimiz borligini ko‘rsatadi va ishlab chiqarish korxonalarida elektr energiyaini tejamlovchi oddiy va arzon texnik qurilmalarni tadbiq qilishni taqozo qiladi. Korxona energoxo‘jaligini real holatini belgilovchi ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish energetik tadbirlarning mohiyatini belgilaydi. Elektr energiyasini tejash bo‘yicha tadbirlar dasturi tashkiliy, huquqiy, texnik xarakterda bo‘lgan tadbirlar asosida korxona faoliyatini oqilona tashkil etishni ko‘rsatib beradi. Korxonada o‘tkaziladigan energiya tejash bo‘yicha tadqiqotlar samarasi asosan energetik balanslarni qay darajada detallashtirilganiga bog‘liq bo‘ladi. Energiya oqimining elektr ta’minoti sxemasi barcha elementlari bo‘yicha aniqlangan quvvat balanslari noo‘rin sarflanayotgan elektr energiyasini tezroq aniqlash imkoniyatini beradi. Oxirgi yillarda Respublikamizda olib boryotgan iqtisodiy isloxotlar ishlab chiqarishdagi iqtisodiy munosabatlarni, korxonalarni faoliyat yurgizish shart - sharoitlarini o‘zgartirib yubordi. Bundan tashqari, Respublikamiz korxonalariga chet el investitsiyalari keng jalb qilinib xorijiy elektr uskunalar o‘rnatilmoqda. Bu esa elektr energiyasi sifati ko‘rsatkichlariga, elektr ta’minoti tizimi ishonchligiga va energiya istemoli jarayonlarini avtomatlashtirishga o‘ziga xos talablar qo‘ymoqda. YUqoridagilar korxonalarni elektr ta’minoti tizimini zamonaviylashtirish nuqtai nazaridan qayta rekonstruksiyalashni taqozo qilmoqda. Er yuzida keyingi yillarda energetik va ekologik muammolarning ortib borayotganligi mutaxacsis-olimlarni jiddiy tashvishga solayapti. Bunga asosiy sabab — iqtisodiy taraqqiyot maqsadlarida energiyadan foydalanishning me’yoridan ortib ketishidir. YOqilg‘ining organik turlaridan foydalanuvchi elektr va issiqlik stansiyalaridan, tobora ortib borayotgan ichdan yonar dvigatellaridan chiqayotgan zararli gazlar tufayli atrof-muhit jiddiy talofat ko‘rmoqda. Negaki, haroratning ko‘tarilish jarayonlari — atmosferaga yoqilg‘ining organik turlaridan foydalanuvchi issiqlik elektr stansiyalaridan chiqayotgan gaz chiqindilari bilan bog‘liqdir. SHu o‘rinda boshqa dalilga ham e’tibor bermoq lozim. Keyingi qirq yil ichida insoniyatning butun tarixi davomida qazib olingan organik yoqilg‘idan ham ko‘proq yoqilg‘i qazib olingan. Bugungi kunda yiliga tabiiy yoqilg‘i ishlatish miqdori dunyo bo‘yicha 12 milliard tonna neft ekvivalenti (t.n.e.)ga to‘g‘ri kelmoqda. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq O‘zbekistonning energetika siyosati mamlakat energetika xavfsizligini ta’minlash hamda milliy energetika imkoniyatlaridan jamiyatning ijti moiy va iqtisodiy muammolarini hal etish uchun - foydalanishga qaratib kelinmoqda. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq O‘zbekistonning energetika siyosati mamlakat energetika xavfsizligini ta’minlash hamda milliy energetika imkoniyatlaridan jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy muammolarini hal etish uchun foydalanishga qaratib kelinmoqda. YAngi iqtisodiy munosabatlarning shakllanish sharoitida davlat sanoatning asosiy tarmoqlari, chunonchi yoqilg‘i-energetika majmui korxonalariga katta yordam berdi. Bu boradagi davlat siyosati energetika strategiyasining asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, quyidagilarni nazarda tutgan edi: • neft va gaz kondensatini qazib olishni ko‘paytirish orqali yoqilg‘i mustaqilligini ta’minlash; •energetika tarmog‘ining ishonchli xomashyo bazasini tashkil etish; •elektr energetika tarmog‘ining barcha kor xona va tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi energetika va elektrlashtirish va zirligiga bo‘ysundirildi; •aholining tabiiy va suyultirilgan gaz,elektr energiyasi va zamonaviy yoqilg‘i turlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish; •neft, neftni qayta ishlash va gaz sanoati korxonalari negizida konsern tashkil etilib,- keyinchalik "O‘zbekneftgaz" milliy korporatsiyasiga aylantirildi; energetika tarmog‘ining moliyaviy barqarorligini saqlash va qo‘shimcha sarmoyalar jalb etish; "O‘rtaosiyoko‘mir" O‘rta Osiyo birlashmasi "Ko‘mir" aksionerlik birlashmasiga aylantirildi; • me’yoriy-huquqiy bazani ishlab chiqish, energetikaning narx belgilash shartlari va bir-biriga yaqin sohalar bilan munosabatini hisobga oladigan moliya-soliq tizimni takomillashtirish; • energetika resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish; • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoqilg‘i-energetika resurlarini tejash bo‘yicha maxsus komissiyasi tashkil etildi. Respublikada energiyaga bo‘lgan talabning yuqori darajadaligi energiya talab etadigan jarayonlarning past texnikaviy darajasi va ishlab chiqarish energiya sig‘imi tizimi bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi yonilgi energitika majmunini rivojlan-tirishning strategik yunalishi energiyadan okilona foydalanish va energiya tejamkorligi masalalari xisoblanadi. Ushbu masalalarini kurib chikishda alternativ energiya manbalaridan foydalanishda siyosiy, iktisodiy, tashkiliy, boshkaruv, texnik vaa texnologik jixatlariga kompleks tarzda yondoshish lozimdir. Mamlakat tabiiy gaz qazib olish hajmi bo‘yicha jahonda o‘nta yirik ishlab chiqaruvchi safidan joy egallagan [2]. O‘rta - Osiyo va Janubiy Qozog‘iston birlashgan energetika tizimining elektr energiyasini ishlab - chiqaradigan quvvatlarining 50 foizi shu erda joylashgan, birlamchi yoqilg‘i-energetika resurslarini ishlab chiqarish hajmi 55 million tonna neft ekvivalentidan oshadi O‘zbekiston energiya balansidagi qayta tiklanuvchi elektr manbalaridan hozirgi vaqtda faqat tabiiy va sun’iy suv oqimlarining gidroenergiyasi sezilarli ulushni tashkil qiladi; uning ulushi barcha energiya ishlab chiqarishining 1 foizidan ozgina ortiq. Qayta tiklanuvchi energiyaning boshqa manbalari — quyosh, shamol va biomassalar juda kam ishlatilayapti, shuning uchun ham rasmiy statistikasida o‘z ifodasini topolmagan. Oxirgi yillarda quyosh va shamol energiyasidan foydalanish bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirildi. Lekin ular asosan namoyish xarakteriga ega. Respublikada quyoshli suv isitgich panellarini ishlab chiqarilishini «Qurilishgelioservis» MCHJ, «ENKOM» NPP, «Foton» OAJ tomonidan yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekistonda import asboblari asosida fotoelektrik tizimlarini ishlab chiqarish bilan «Foton» OAJ va O‘zFA Fizika va texnika instituti shug‘ullanmoqda. «Foton» OAJ ishlab chiqargan tizimlar standartlashtirish idorasidan kelishuvdan o‘tgan. Respublikada ishlab chiqarilgan tizimlarning narxi chet elnikiga nisbatan ancha arzon. Hozirgi paytda O‘zbekistonda o‘rnatilgan FET quvvati 10 kVtdan oshmaydi. Ular Qoraqalpog‘istondagi Kostruba qishlog‘ida, Ayozqal’a turistik majmualarida, shuningdek, «O‘ztransgaz» AK inshootlarida hamda Respublikaning chorvachilik xo‘jaliklari va boshqa ob’ektlarda joylashgan. SHamol uskunalarining quvvati 100 vattdan bir necha o‘n kilovattgacha bo‘lib, alohida iste’molchilar tomonidan har xil maqsadda ishlatilishi mumkin. Bu kabi shamol uskunalaridan foydalanish tajribasini Qoraqalpog‘istonning Qozoqdaryo atrofida joylashgan parranda fabrikasida bu borada amalga oshirilgan ishlar misolida ko‘rish mumkin. YAna bir tajribali quyosh-shamol gibrid uskunasi Toshkent viloyatining CHorvoq shahri yonida teleradiostansiya uchun o‘rnatilgan. Bu kabi texnologiyani elektr energiyasi bilan lokal ta’minlashda qo‘llash ayniqsa, uzoq hududlar uchun dolzarbdir. CHunki u erlarga elektr simlarini tortish iqtisodiy jihatdan foydali emas. O‘zbekistondagi biomassa resurslari haqida ma’lumotlar, zamonaviy biogaz uskunalari va ularni ishlab chiqaruvchilar ham juda oz. Lekin Respublikaning texnik salohiyati bu uskunalarni nafaqat montaj qilishga yoki foydalanishga, balki uni ishlab chiqarishga ham qodir. Qayta tiklanuvchi energetikaning ayrim kamchiliklarga ham ega. Bu energiya ishlab chiqarishning zich emasligi va o‘zgaruvchanligi hamda texnologiyaning narxining yuqoriligidadir. SHuning uchun ham qayta tiklanuvchan energetika hozir va yaqin kelajakda an’anaviy energetika bilan raqobat qila olmaydi. Lekin energiyaning qayta tiklanuvchi manbalardan foydalanish yoqilg‘i-energetika balansini yaxshilashga katta hissa qo‘shadi va energiya sohasining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytiradi. O‘zbekiston elektroenergetikasi respublika xalq xo‘jaligining muhim sohasi hisoblanadi va ma’lum ishlab chiqarish va ilmiy-texnik imkoniyatlarga ega bo‘lgan holda, xalq xo‘jaligining rivojlanish kompleksiga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Bu O‘zbekiston energosistemasiga respublika xalq xo‘jaligini va aholisini elektr energiyasiga bo‘lgan iste’mol talabini to‘liq qondirishga imkoniyat beradi. «Energiya — sanoatning nonidir» deb bejiz aytilmagan. Sanoat va texnika qanchalik rivojlansa, ularga shuncha ko‘p energiya kerak bo‘ladi. Hattoki, shunday tushuncha bor, — «taraqqiyotda ilgarilab ketgan energetika». Bu degani, hech bir sanoat korxonasi, hech bir yangi shahar yoki uy energiya manbasining mavjudligi aniqlamay turib qurilmaydi. Bunda «energetikani modernizatsiya qilishni amalga oshirish, energiya sarfini kamaytirish va samarali energiyaning tejamli aniq tizimini yaratish» zarurligini qayd etdi. Iqtisodiyotimizning kelgusi raqobatbardoshligini oshirish, aholining farovonligini ko‘tarish, ko‘pincha mavjud resurslardan, birinchi navbatda, «elektr va energiya resurslari»dan tejamkorlik bilan iqtisod qilib foydalanishga o‘rganishimizga bog‘liq. Bu degani, iqtisodiyotimizni yangi «texnologik rels»iga ko‘chirish, eskirgan energetik uskunalarni almashtirish va modernizatsiya qilish demakdir. «Ishlab chiqarish – iste’molchi» zanjiridagi energiya hajmini kamayishi, O‘zbekiston sanoatini jahon iqtisodiyotida muvaffaqiyatli raqobatda qatnashishiga imkon beradi. Prezidentimizning ta’kidlashicha, «Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatmoqdaki, modernizatsiya, texnik va texnologik yangilanishga qaratilgan muhim ustuvor Dastur loyihalarini amalga oshirishning dastlabki ishlab chiqilishi, innovatsion va energiya tejamkor texnologiyalarni qo‘llash, jahon bozori talabidagi yangi turlardagi tovarlarni o‘zlashtirish, har yili qo‘shimcha 10,4 mlrd. dollar hajmdagi mahsulot, yillik eksportni — 6,5 mlrd. dollarga o‘sishiga, yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmini jiddiy ravishda oshiradi». Eng muhim masalalardan biri energetika, hududni to‘liq iqtisodiyoti rivoji uchun mavjud yoqilg‘i-energetika imkoniyatlaridan samarali va omilkor usullarda hamda energobalansga yangi ekologik toza energiya turlarini jalb etib amalga oshirish hisoblanadi. Agar iqlim va ob-havo sharoitlaridagi o‘ziga xoslik e’tiborga olinsa, mamlakatimizda qayta tiklanadigan energiya manbalari imkoniyatlari etarlicha. Qayta tiklanadigan energiya manbalari (elektr, tabiiy gaz, issiq suv) uzoqda joylashgan cho‘l, tog‘li, suv bilan ta’minlanmagan, shuningdek, elektr energiyasi, issiqlik va ichimlik suvi bilan bog‘liq bo‘lgan mavsumiy ishlar yoki ekspeditsiyadagi odamlar uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonda 60 foizdan ko‘proq aholi qishloq joylarida yashaydi. 1,5 mingga yaqin borish qiyin bo‘lgan qishloq aholi punktlari, an’anaviy elektr manbalaridan foydalana olmaydilar. SHuning uchun mamlakatda hozirgi paytda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish dasturlariga e’tibor keskin kuchaygan.
Download 27.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling