8-Mavzu: Mahalliy ishlab chiqaruvchilar maxsulotlarining narx bo’yicha raqobatbardoshligini oshirish. Reja


Elektrotexnika sanoat korxonalari faoliyatini yanada kuchaytirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev


Download 27.91 Kb.
bet3/3
Sana21.11.2021
Hajmi27.91 Kb.
#176081
1   2   3
Bog'liq
8-mavzu 2 c6c595547392ddf3919f9fd86533a740

Elektrotexnika sanoat korxonalari faoliyatini yanada kuchaytirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev tomonlaridan 2017 yil 13 fevralda 2772 - sonli «2017-2021 yillarda elektrotexnika sanoatini boshqarishni yanada takomillashtirish, jadal rivojlantirish va diversifikatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarorlari qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan, kompaniya tomonidan ichki va tashqi bozorlarda ushbu mahsulotlarga bo‘lgan talabni chuqur o‘rganishni tashkil etish va shu asosda soha korxonalarida iste’mol uchun zarur bo‘lgan yangi turdagi mahsulot va tovarlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga ko‘maklashish, buning uchun elektrotexnika tarmog‘i korxonalarining ishlab chiqarish va marketing  faoliyatini muvofiqlashtirish, yuqori samarador texnologiyalarni keng tatbiq etishni, kooperatsiya asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirishga asosiy e’tibor qaratilishi topshirilgan.

Ushbu qaror bilan soha yo‘nalishi bo‘yicha umumiy qiymati 475,8 mln.dollarga teng 100 ta investitsion loyihalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Hududlar kesimida amalga oshirilayotgan loyihalarni ko‘radigan bo‘lsak Qoraqalpog‘iston Respublikasida 51,0 mlrd.so‘mlik 18 ta loyiha, Qashqadaryo viloyatida 33,6 mlrd.so‘mlik 8 ta loyiha, Andijon viloyatida 38,3 mlrd.so‘mlik 3 ta loyiha, toshkent viloyatida 78,7 mlrd.so‘mlik 5 ta loyiha va boshqa viloyatlarda bir qator loyihalar ishga tushiriladi.

Umuman olganda, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshirishlishi natijasida 2021 yilga borib O‘zbekiston elektrotexnika sanoat sohasiga quyidagi ko‘rsatkichlarga erishish imkoniyatini beradi:

- sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 3,5 trln.so‘mdan oshirish, ya’ni deyarli 2,5 barobarga oshirilishiga;

- eksport salohiyatini deyarli ikki barobarga oshirish;

- yangi turdagi tayyor va butlovchi qismlarni o‘zlashtirish evaziga importni qisqartirishga;

- respublikaning ish o‘rinlariga talab yuqori bo‘lgan hududlarida yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholini bandligini oshirilishiga qaratilgan.

«O‘ZBEKCHARMPOYABZALI» uyushmasi faoliyatining asosiy vazifasi soha faoliyatini mujassamlashtirib, respublika bo‘yicha teri xom-ashyosini tayyorlash va uni qayta ishlash, raqobatbardosh charm mahsulotlari, poyabzal va charm attorlik mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkillashtirish, shunindek, soha korxonalariga investitsiyalarning keng jalb qilish, ilg‘or texnologiyalarini joriy etish, korxonalarni texnik qayta jihozlash va modernizatsiya qilishdan iboratdir.



«2018 — 2021 yillarga mo‘ljallangan eksport faoliyatini rivojlantirish Konsepsiyasi»ni ishlab chiqish Birinchi navbatda, eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarni yuqori darajada mahalliylashtirishga yo‘naltirilgan iqtisodiyotning istiqbolli sohalarini rivojlantirish dasturini tasdiqlash.

1Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси

Download 27.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling