8-mavzu. Mahsulot va xizmatlar: iste’mol qiymatini oshirish Reja


Download 26.62 Kb.
bet4/7
Sana01.05.2023
Hajmi26.62 Kb.
#1418077
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
marketingda mahsulot va xizmatlar

8.4. Konʻyunkturani prognoz qilish
Ayrim tovar bozor konʻyunkturasini oʻrganishdan maqsad toʻgʻri prognoz qilish va oʻzgarishlarning oldindan aytib berishdan iboratdir. Umuman bashorat - bu obʻekt ahvolining kelajagi haqida, fikrlari va rejalarini ruyobga chiqarish yoʻllari va muddatlaridir. Bashorat insonning oʻrganish va amaliy faoliyatida yoʻllangan obʻekti boʻlib, jarayonlar, koʻrinishlar, hodisalar boʻlishi mumkin.
Prognoz qilish bu- obʻektning kelajagini tahlil qilish va bu kelajakni qanday boʻlishini koʻra bilishdir. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning bashorat imkoniyatlari eng avval sabab va hodisa bogʻlanishlarining tabiat xarakterlari orqali aniqlanadi. Oldindan aytib berish, prognoz qilish faqat umumiy xossalar va qonuniylikka ega boʻlgan sabab va xulosalar aniq boʻlgan jarayonlarga bogʻliqdir.
Iqtisodiy bashorat konʻyunkturasining tuzishning asosiy imkoniyatlari iqtisodiy hodisalarni rivojlanishi toʻgʻridan - toʻgʻri vaqt takozosi orqali aniqlanadi. Bashorat qiluvchining vazifasi hozirgi kunda koʻz ostida oldingilarni esga olib, kelajak elemetlarini topish va umum tendensiyalarini oʻrganib shu hodisalarni rivojlanishining kelajagini koʻrsatib berishdir.
Prognoz qilish har doim ishning rejalashdan oldingi bosqichi hisoblanadi, marketing dasturi va rejasining asosiy variantlaridan biri hisoblanadi, chunki prognoz qilishning maqsadi - bilimimizning darajasiga toʻgʻri keladigan va bashoratga kiritilishi asosida mumkin boʻlgan holatlarning rivojlanishini kengroq boʻlishi mumkin boʻlgan muqobil yoʻllarini berishdir. Bu holatda qaror qabul qilish bashorat variantlarining koʻproq boʻlishi mumkin boʻlgan asoslangan tanlov hisoblanadi. Prognoz qilish- ilmiy analitik ajralmas bosqichdir. Ishlab chiqarilgan bashoratlar asosida qarorlarni qabul qilish ham qaror hisoblanadi. Hozirgi vaqtda iqtisodiy prognoz qilish 1-1,5 eng koʻpi 2 yildir, oʻrta muddatli 5 yilgacha, uzoq muddatli 5 yildan ortiq va 15-20 gacha. Qisqa muddatli prognoz qilish bu har doimgi konʻyunktura bashoratidir, u har kungi amaliyotning boshqaruvchisi hisoblanadi, uzoq muddatli prognoz qilish umumiy tendensiyalarini aniqlaydi, iqtisodiy programmalarni tuzishda asos hisoblanadi va u kelajak konʻyunkturani aniqlash uchun muhimdir. Hozirgi vaqtda zamonaviy ilm-fanda prognoz qilishning 100 dan ortiq turli uslublari qoʻllaniladi. Ular bir-birlaridan qoʻllanmalari bilan, ularni qoʻllash va asoslanganliklari bilan farq qiladi. Ularning orasida ekspert baholash uslubi, miya hujumi, tarixiy analog, matematik - statistik uslublarni qoʻllash bilan farq qiladi.
Konʻyunkturani prognoz qilishda konʻyunktura rivojlanishi umumiy tendensiya baholaridan boshlash kerak. Buning uchun esa kelajak konʻyunkturani zamonaviy konʻyunkturadan ajratish uchun hamma narsani eʻtiborga olishi kerak. Bu maqsad uchun esa uzoq davr uchun xizmat qiladi.Konʻyunktura rivojlanishidagi ichki omillar bilan bir qatorda yana shu mamlakatning iqtisodiyotiga jahon konʻyunkturasini taʻsir etishini ham kuzatish kerak, chunki u baʻzi mamlakatlar uchun konʻyunktura sinish paytida katta ahamiyatga ega boʻlishi mumkin. Agar mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalari qancha kuchli boʻlsa, shunchalik unga boʻlgan taʻsir ortadi.

Download 26.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling