8-mavzu. Mahsulot va xizmatlar: iste’mol qiymatini oshirish Reja


Download 26.62 Kb.
bet6/7
Sana01.05.2023
Hajmi26.62 Kb.
#1418077
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
marketingda mahsulot va xizmatlar

Mavzu boʻyicha xulosalar
Talab – bu xarid quvvatiga ega boʻlgan ehtiyojdir. Aniq toʻlov qobiliyatiga ega boʻlgan ehtiyojning tovar taʻminotini real holatiga asosan, talab qondirilgan va qondirilmagan talabga boʻlinadi.
Bozor talabi – bu maʻlum guruhdagi xaridorlar tomonidan, maʻlum hududda, muayyan davrda, maʻlum marketing dasturiga ega boʻlgan savdo korxonalari tomonidan sotib olinadigan, maʻlum miqdordagi tovarlar hajmi bilan ifodalanadi.
Konʻyunkturani oʻrganish marketing xizmatini ajralmas qismini tashkil etadi. Bizning mamlakatimizda konʻyukturani oʻrganish 20 yillarda tashkil etildi. “Konʻyunktura” lotincha soʻz boʻlib, holat degan maʻnoni anglatadi, u keng maʻnoda ularning oʻzaro aloqasidan olingan shartlarning yigʻindisi, oʻtar sharoit, predmetlarining joylashishidir.
Konʻyunktura tahlili oʻz ichiga ishlab chiqarish va isteʻmolning hajmi, tarkibi, bir tovarning boshqasining oʻrnini egalay olish imkoniyati, tovar zahiralari, narxning oʻzgarishi, reklama xizmati, bozor ishtirokchilarining oʻrganishni oladi. Bozor konyuʻnkturasini muntazam ravishda oʻrganib borish savdo faoliyatini muvaffaqiyatli yakuniga imkon beradi. Har davrda bozor konʻyukturasi qaysi tovar chiqarishni koʻpaytirish, qaysi tovarga talabning kamayishi haqida aniq maʻlumotlar beradi. Bu maʻlumotlar ishlab chiqrish uchun ham savo firmasi uchun ham zarurdir.
Prognoz qilish bu - obʻektning kelajagini tahlil qilish va bu kelajakni qanday boʻlishini koʻra bilishdir. Ijtimoiy - iqtisodiy jarayonlarning bashorat imkoniyatlari eng avval sabab va hodisa bogʻlanishlarining tabiat xarakterlari orqali aniqlanadi. Oldindan aytib berish, prognoz qilish faqat umumiy xossalar va qonuniylikka ega boʻlgan sabab va xulosalar aniq boʻlgan jarayonlarga bogʻliqdir.
Oldindan koʻra bilish:
-qisqa muddatli 1-1,5-2 yilgacha;
-oʻrta muddatli 2-5 yilgacha;
-uzoq muddatli 5 yil va undan ortiq turlarga boʻlinadi.
Bozor konʻyunkturasini prognoz qilish uslublariga quyidagilar kiradi: faktografik uslublar, ekspert uslublar, ekstropolyasiya uslubi, ekonometrik modellar.


Download 26.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling