8-mavzu. Mahsulot va xizmatlar: iste’mol qiymatini oshirish Reja


-rasm. Talabni oʻlchashni asosiy tushunchalari


Download 26.62 Kb.
bet2/7
Sana01.05.2023
Hajmi26.62 Kb.
#1418077
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
marketingda mahsulot va xizmatlar

8.1-rasm. Talabni oʻlchashni asosiy tushunchalari

Bozor talabini prognozi kelgusi yilga yoki besh yilgacha qilinishi mumkin. Prognoz qilinadigan davr qancha katta boʻlsa, prognoz qilish shuncha qiyinlashadi.


Bozor talabiga juda koʻp tashqi omillar taʻsir etadi. Talabni prognoz qilishda demografik, geografik, iqtisodiy, texnologik, ijtimoiy – madaniy va boshqa omillarni taʻsiri hisobga olinishi kerak. SHuningdek, bozor talabiga korxona tomonidan, uning marketing dasturi doirasida amalga oshiriladigan turli chora – tadbirlar ham taʻsir oʻtkazadi.
Bozor sigʻimi – bu maʻlum bir vaqtda mavjud hajmdagi va tarkibdagi tovar taklifi shuningdek, u bilan bogʻliq boʻlgan narx darajasi orqali yuzaga kelgan talab miqdoridir. U natural va qiymat koʻrsatkichlarida ifodalanadi.
Bozor sigʻimi yuzaga kelgan narx darajasida maʻlum davr mobaynida bozorda sotilishi mumkin boʻlgan tovar va xizmatlarning umumiy hajmini ifodalaydi hamda u quyidagicha aniqlanadi:

Bs = T + I – E


Bunda,
Bs - bozor sigʻimi;
T – bozorga taklif qilingan tovarlar yoki xizmatlarning umumiy hajmi;
I – import hajmi;
E – eksport hajmi.

Ichki bozor sigʻimini hisoblashda boshqa bir qancha omillar ham hisobga olinadi, yaʻni toʻlov qobiliyatiga ega boʻlgan talab, yil boshidagi tovar zahiralari qoldigʻi, tovarlar bozorining toʻyinganligi, oʻrtacha kishi boshiga toʻgʻri keladigan isteʻmol hajmi, korxonalar ehtiyojlari.


8.2.Bozor konʻyunkturasi haqida tushuncha
Konʻyunkturani oʻrganish marketing xizmatini ajralmas qismini tashkil etadi. Bizning mamlakatimizda konʻyunkturani oʻrganish 20 yillarda tashkil etildi. “Konʻyunktura” lotincha soʻz boʻlib, holat degan maʻnoni anglatadi, u keng maʻnoda ularning oʻzaro aloqasidan olingan shartlarning yigʻindisi, oʻtar sharoit, predmetlarining joylashishidir.
Bozor konʻyunkturasi – bu maʻlum bir vaqtda, maʻlum bir hududda talab bilan taklif oʻrtasidagi nisbatdir.
Marketing sharoitini va bozorni tekshirish iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, tabiiy, siyosiy va boshqa shart-sharoitlarni tahlil va bashoratni taxmin qiladi. Hozirgi kunda deyarli hamma yirik firmalar xususiy konʻyunktura xizmatlariga egadirlar, ular oʻzining faoliyat doirasida jahon va milliy masshtabda konʻyunkturani rivojlanishini kuzatishadi. Iqtisodiy konʻyunktura bu omillar va qayta ishlash sharoitlarining rivojlanishi va oʻzaro aloqadorlikda talab, taklif, narx omillari asosida bozordagi bir koʻrinishdir. Bu koʻrsatilgan aniqlik oʻz ichida konʻyunktura tushunchasining barcha amaliy sifatlarini oʻzida mujassamlashtiradi.
Birinchidan, unda iqtisodiy konʻyunktura predmeti koʻrsatilgan, yaʻni bozor, ayirboshlash sohasidagi konʻyunkturani avval olib borilayotgan ishlar bilan bogʻlaydi.
Ikkinchidan, konʻyunkturani faqat ayirboshlash sohasidagini emas, balki butun ishlab chiqarish jarayonini, yaʻni (ishlab chiqarish, taqsimlash, muomala, isteʻmol, bular ayirboshlash prizmasi orqali aniqlanadi) oʻz ichiga qamrab oladi.
Uchinchidan, konʻyunktura dinamik oʻsish davrlarida koʻriladi.
Toʻrtinchidan, konʻyunktura ishlab chiqarish jarayoni aniq tarixiy sharoitlari bilan bogʻliq, har bir ishlash jarayonining yangi bosqichi uchun omillarning va konʻyunkturani rivojlanishining sharoitlarining mosligi oʻziga xosdir.
Beshinchidan, uning koʻrinishining asosiy shakli talab, taklif, va narx dinamikasining nisbatidir. Bir soʻz bilan aytganda, ayni shu omillar bozorning holatini va dinamikasini aniqlashda markaziy boʻgʻin boʻlib hisoblanadi. Konʻyunktura tadqiqotining ikkita obʻektiga koʻra - yaʻni iqtisodiy konʻyunktura tushunchasidagi xoʻjalik va tovar bozori, ikki mustaqil tarkibiy qismga ajratiladi.
1) umumxoʻjalik konʻyunkturasi
2) tovar bozori konʻyunkturasi.
Umumxoʻjalik konʻyunkturani strukturaviy birlik deb, shunga qaramasdan tovar bozorlarining va koʻplab oʻzaro munosabatlar konʻyunkturasini yigʻindisi deb qarash mumkin. Tovar konʻyunkturasi umumxoʻjalik konʻyunkturasini tashkil etadi, umumxoʻjalik konʻyunkturasi esa tovar bozorlari konʻyunkturasini keltirib chiqarida. SHuning uchun ham umumxoʻjalik konʻyunkturani uni tashkil etuvchi tovar konʻyunkturalarini xususiyatlarining arifmetik summasi deb hisoblab boʻlmaydi. Tovar bozorlari konʻyunkturasini umumxoʻjalik konʻyunkturasini elementi sifatida birlashuvi, bir butun kabi tovar konʻyunkturasini tashkil etuvchilarga mavjud boʻlmagan yangi sifatni beradi. SHunday qilib, uning butun qismi va boʻgʻinlarining belgilari oʻzaro taʻsirchanligi va oʻzaro aloqadorligi shakllarining feʻl - atvorini, umumxoʻjalik va tovar konʻyunkturasini rivojlanishni aniqlaydi.
Bozorni va avvalo butun bozorni konʻyunkturasini kompleks izlanishlar ishbilarmonlar doirasining fikriga koʻra, ishbilarmonlarga ularning xoʻjalik qarorlarini qabul qilishda xatoga yoʻl kuymasligi uchun tavakkalchilikni pasaytirishda qurol hisoblanadi. Iqtisodiy konʻyunkturani izlash, faqatgina ayirboshlash sohasini rivojlanishi va uning qayta ishlab chiqarish jarayonining boshqa bosqichlari bilan oʻzaro aloqadorligining umumiy qonunchiligini oʻrganish bilan chegaralanib qolmaydi. U, u yoki bu tovar bozorda vujudga keladigan asoslangan tahlil va prognoz qilishni amalga oshirishga qaratilgan.
Tovar bozori oʻzida, birinchidan, maʻlum bir tovarni ishlab chiqaruvchilar va isteʻmolchilar oʻrtasida, ikkinchidan, ishlab chiqaruvchilar guruhi va isteʻmolchilar guruhi oʻrtasida iqtisodiyotchilar aloqalarining tizimini oʻzida aks ettiradi. Aloqalarning asosiy koʻrinishi 1-turi bu oldi-sotdi jarayoni, 2-si esa raqobatdir. Tovar bozorlari tarmoqlararo raqobatning mexanizmi orqali oʻzaro taʻsirga egadir va u milliy bozorni butunlay shakllantiradi. Bozor munosabatlarning tarixiy rivojlanishi davomida milliy chegara doirasidan chetga chiqmaydi va xalqaro tovar bozorlari shakllanadi.

Download 26.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling