8-Mavzu. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutgini o`stirishning metodik masalalari


Download 25.5 Kb.
bet2/2
Sana04.04.2023
Hajmi25.5 Kb.
#1325913
1   2
Bog'liq
8 Mavzu Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutgini o`stirishning

2. Muloqot vositalari. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlan- tirish murakkab psixologik jarayon bwlib, u faqat bolaning eshitgan nutqiga taqlid qilishidan iborat emas. Bu jarayon bolalarda muloqot faoliyatini rivojlantirish va birinchi navbatda, muloqotga ehtiyoj mavjudligi bilan bog’liqdir. Nutqni rivojlantirish nafaqat bolani atrof-muhit bilan tanishtirish, balki uni umumiy ruhiy rivojlantirish uchun ham zarur. Oilada bola nutqini wstirishdan maqsad og’zaki nutqni adabiy til me`yorlariga muvofiq holda egallashi, faol nutqqa kirishishini ta`minlashdan iborat. Farzand nutqini shakllantirish va rivojlantirishda ota-ona wzi oldiga quyidagi vazifalarni qwygani ma`qul:

Gwdak nutqini shakllantirishning asosiy genetik vazifasi - kichkintoylarda katta odam bilan muloqotga kirishish qobiliyati va vositalarini vujudga keltirishdan iboratdir. Emotsional - erkin muloqot ushbu yoshda etakchi faoliyat turi hisoblanadi. Kichkintoy 2-2,5 oyligidan boshlab xatti-harakatlari bilan kattalardan wzi bilan muloqotga kirishishni "talab qila» boshlaydi. Muloqotning birinchi shakli - hissiy-erkin bwlib, gwdakning atrofidagilarga nisbatan qiziqishi uning his-tuyg’ularga boy munosabati orqali tavsiflanadi. Muloqotning bunday shakli bola hayotining birinchi yarim yilligiga xosdir. Muloqotning yanada rivojlangan ikkinchi shakli - ya`ni, hissiy-vositali (vaziyatli-amaliy) shakli bola hayotining ikkinchi yarim yilligida rwy beradi. Bu muloqot predmetlar orqali vositali muloqotga aylantiriladi. Ushbu yoshda bolaning qiziqishlari atrof muhitga ywnaltiriladi. Unda yangi taassurotlarga ehtiyoj paydo bwladi. Bu yoshda nutqni shakllantirish va rivojlantirishning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni kwrsatish mumkin:

  • bolada kattalarga nisbatan emotsional bog’liqlik va ishonch hissini tarbiyalash;

  • uning wziga nisbatan atrofidagilarning ijobiy diqqat-e`tibor talab qilishini qondirish;

  • kichkintoyning qiziqishlarini rivojlantirishga kwmaklashish. Masalan: «Qwling qani? Qwlingni kwrsat! Kim keldi? Akang keldimi? " .

Ushbu davrda bola kattalar kwmagida narsa-buyumlardan foydalanish usullarini wrganadi (qoshiq bilan ovqatlanish, piyoladan choy ichish, qalamda rasm chizish, stulchaga wtirish va boshqalar). Narsa-buyumlardan foydalanish ehtiyoji nutqiy muloqotni talab etadi. İlk yoshda bola oldida turgan asosiy vazifa narsalardan foydalanish usullarini wzlashtirish asosida nutqni egallashdan iborat boladi.
Adabiyotlar:

1. F.R.Qodirova Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi ruhiy omillari. T.: “ISTIQLOL”,2006y.


2. F.R.Qodirova Bolalarni chet tilga o‘rgatish nazariyasi va metodikasi. T.: “ Sano-standart” 2009y.
3. S Q. Shodiyeva . “Orta guruh bolalari nutqini ostirish“ o‘quv qo‘llanma T.: “O‘qituvchi” 1993 yil.
4 .D.R. Babayeva “Nutq o‘stirish metodikasi” T.: Fan va texnalogiyalar 2009yil.
5. D.R. Babayeva “Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi” o‘quv qollanma TDPU 2016yil.
6. D.R. Babayeva “Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi” Darslik TDPU 2018yil.
7. Edited by Mary Rafferty “Abrief review of approaches to oral language developme nt” USA 2014
Download 25.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling