8-mavzu: Ma`lumotlar bazasini mantiqiy loyihalash


Download 115.82 Kb.
bet1/6
Sana03.04.2023
Hajmi115.82 Kb.
#1322857
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-maruza

8-mavzu: Ma`lumotlar bazasini mantiqiy loyihalash

“Axborot texnologiyalari” kafedrasi katta o’qituvchisi X.X.Ikromov

Reja:


Relyatsion ma’lumotlar bazasini loyihalash asoslari
Ma`lumotlarni turlarga guruhlash

8.1. Relyatsion ma’lumotlar bazasini loyihalash asoslari


Loyihalashda predmet soha ma`lumotlari guruhlanadi va ular guruh shaklida MBda saqlanadi. Relyatsion MBda guruh sifatida jadval nazarda tutiladi. Demak, loyihalashda MB jadvallari tanlangan relyatsion MBBT talablariga muvofiq me`yorlashtirilgan holda yaratilishi lozim.

Loyihalashda ikkita yondashuvdan foydalanish mumkin

    • dastlab baza yaratishdan maqsad ularni yechish bo`lgan asosiy masalalar hamda masalalarning ma`lumotlarga ehtiyoji aniqlanadi

1-yondashuv
    • predmet sohasi o`rganiladi, uning ma`lumotlari tahlildan o`tkaziladi va predmet sohasining bir turdagi ob`ektlari belgilanadi

2-yondashuv

MBni yaratish uchta asosiy bosqichdan iborat:


1.
    • kontseptual

2.
    • mantiqiy

3.
    • jismoniy

MBni kontseptual loyihalash

MBni kontseptual loyihalash – ma`lumotlarni biror bir jismonan aspektda tadbiq qilishni ko`zlamagan holda, tashkilotda foydalanilayotganligiga muvofiq modelini yaratish.

Kontseptual loyihalashda predmet sohasi ma`lumotlarining axborot-mantiqiy modeli qurilishi (loyihalanishi) lozim. Bu modelni ishlab chiqish predmet sohasini tekshirish natijasida olingan tavsifga asoslanadi. Dastlab predmet sohaning MB bo`lg`usi foydalanuvchilarining kontseptual talablari o`rganiladi va aniqlashtiriladi. MB saqlashi kerak bo`lgan ma`lumotlar, foydalanuvchilarning zarur so`rovlari, masalalari hamda ilovalarni bajarishni ta`minlashi lozim bo`lgan predmet sohasi ma`lumotlari tarkibi va tuzilishi o`rganiladi. Bu ma`lumotlar odatda turli hujjatlar, qoidalar, ishlov berish shartlari asosida tahlil qilinadi.


Download 115.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling