Birinchi qoida, oldinroq keltirilgan relyatsion MBni noformal aniqlanishini eslatadi. 2. Kafolatlangan murojaat qilish qoidasi. Kafolatlangan murojaat qilish qoidasi. Relyatsion MBdagi barcha va har bir ma`lumot elementiga mantiqiy murojaat jadval nomi, birlamchi kalit va ustun nomi orqali amalga oshirilishi lozim. MBdan ma`lumotlarni izlashda birlamchi kalitni vazifasini ko`rsatadi. Jadval nomi talab qilingan jadvalni, ustun nomi talab qilingan ustunni, birlamchi kalit esa izlanayotgan ma`lumot elementi saqlanayotgan satrni topish uchun xizmat qiladi. 3. Haqiqiy bo`lmagan qiymatni qo`llab-quvvatlash qoidasi Haqiqiy bo`lmagan qiymatni qo`llab-quvvatlash qoidasi (bo`sh qiymatni mavjud bo`lishi qoidasi). Haqiqiy relyatsion MBda bo`sh qiymatni qo`llab— quvvatlash amalga oshirilishi lozim. Bu qiymat nol uzunlikdagi qiymatlar satri, bo`sh probel simvol satri va nol soni yoki ixtiyoriy boshqa sondan farq qilishi kerak va biror ma`lumotlar tiliga bog`liq bo`lmasligi lozim. Relyatsion MBda bo`sh qiymatni mavjud bo`lishi zarurligini anglatadi. Relyatsion modelga asoslangan dinamik katalog qoidasi. Mantiqiy darajadagi MB tavsifi shunday ko`rinishda ifodalanishi lozimki, mos huquqga ega bo`lgan foydalanuvchilar relyatsion til orqali asosiy ma`lumotlar bilan ishlaganlarida ularni qo`llash imkoniyatiga ega bo`lsin. Relyatsion MB o`zini o`zi tavsiflashi lozimligini anglatadi. 5. Relyatsion tizimda turli tillarni va foydalanuvchi bilan ishdaydigan turli rejimlarni qo`llab-quvvatlashi lozim
ma`lumotlarni aniqlash
ko`rinishlarni aniqlash
ma`lumotlar ustida amal bajarish
yaxlitlik shartlari
ma`lumotlarga murojaat qilish huquqlari
tranzaktsiya chegarasi (boshlanishi, tugallanishi)
Relyatsion MBBTda hech bo`lmaganda bitta biror bir qat`iy aniqlangan sintaksisli simvollar satri ko`rinishdagi operatorlarga ega bo`lgan til bo`lishi lozim. Bu til quyidagi elementlarni qo`llab-quvvatlashi lozim:
Do'stlaringiz bilan baham: |