Mantiqiy masala 30 diametrli pitsaning narxi 30$, 40 diametrli pitsaning narxi 40$, qaysi pitsani sotib olish foydali? 6. Ko`rinishlarni o`zgartirish qoidasi Ko`rinishlarni o`zgartirish qoidasi. Nazariy jihatdan o`zgartirish mumkin bo`lgan barcha ko`rinishlarni o`zgartirish imkoniyati. Bu qoida ko`rinishlarga bag`ishlangan bo`lib, ular orqali turli foydalanuvchilarga MB tuzilmasini turlicha ko`rinishda ko`rsatadi 7. Qo`shish, o`zgartirish va o`chirish qoidasi Qo`shish, o`zgartirish va o`chirish qoidasi. Munosabatlar bilan ishlashda bir operand orqali nafaqat ma`lumotlarni o`qish imkoniyati, balki ularni qo`shish, o`zgartirish va ko`chirish imkoniyatlari ham bo`lishi lozim. MB tabiatiga ko`ra to`plamga mo`ljallanganligini anglatadi. Bu qoida qo`shish, o`chirish va o`zgartirish amallarini satrlar to`plami ustida bajarilishini talab qiladi. Faqat bitta satr ustida amal bajaradigan operatorlardan foydalanishni ta`qiqlaydi. 8. Jismoniy ma`lumotlarga bog`liqmaslik qoidasi Jismoniy ma`lumotlarga bog`liqmaslik qoidasi. ma`lumotni saqlash yoki ularga murojaat qilish uslubida ixtiyoriy o`zgartirish bo`lishidan qat`iy nazar ma`lumotlar bilan ishlovchi amaliy dasturlar va utilitalar faqat mantiqiy darajadagi ma`lumotlar bilan ishlashi lozim. 9. Mantiqiy ma`lumotlarga bog`liqmaslik qoidasi Mantiqiy ma`lumotlarga bog`liqmaslik qoidasi. Tayanch jadvaldagi ma`lumotlarga ixtiyoriy o`zgartirish kiritilganda ham ular bilan ishlovchi amaliy dasturlar va utilitalar o`zgartirilmasligi lozim. 10. Yaxlitlik shartining bog`liqmasligi qoidasi Yaxlitlik shartining bog`liqmasligi qoidasi. Yaxlitlik shartini aniq relyatsion MB uchun maxsus tilda, amaliy dasturda emas, balki MBBTni o`zida aniqlash imkoni bo`lishi lozim. 11. Tarqalishga bog`liqmaslik qoidasi Tarqalishga bog`liqmaslik qoidasi. Relyatsion MBBT biror bir mijozning talablariga bog`liq bo`lmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |