8-mavzu: Mashina detallariga parma, zinker, razvyortka bilan ishlov berish


Download 291.17 Kb.
bet1/3
Sana04.04.2023
Hajmi291.17 Kb.
#1328863
  1   2   3
Bog'liq
8-mavzu


8-mavzu:
Mashina detallariga parma, zinker, razvyortka bilan ishlov berish
Parmalash jarayonida aniqlikni ta’minlash maqsadida ishlov be­riladigan detalni parmalash dastgohining stoliga mahkam qilib o’rna­tiladi. Buning uchun turli moslamalardan foydalaniladi. Ular ichida eng ko’p tarqalgani boltli tutkich, mashina giralari (vintli, eks-sentrikli, pnevmatik), prizma, tirgak, burchaklik, konduktor va boshqalardir.
Mahkamlash uchun tutkichlar to’rt xil — barmoqsimon, vilkasi-mon, taxtali va egilgan shakdsa bo’lishi mumkin (206-rasm). Katta bo’lmagan detalni taxtaga ishonchli qilib mahkamlashda bir tutkich kifoya, yirik detallar uchun esa ikki va undan ortiq tutkich kerak bo’ladi.
M ahkamlash boltlari. Barcha turdagi parmalash dastgohlarining stollari T shakddagi o’yiqlarga ega. Ulardan stol va zagotovkani bolt bilan mahkamlab qo’yish uchun foydalaniladi (207-rasm). Od-diy mahdamlash ishlarida kvadrat kallakli boltlar ishlatilib dast-goh stolini o’yiqlarning istalgan joyiga siljitish mumkin.
Zagotovkalarni parmalash dastgohiga o’rnatib bo’lmaydigan hol-larda burchakliklar qo’llaniladi.
Oddiy burchakliklar ishlov berilga^n ikkita tokchadan iborat bo’lib, ularning birinchisidan detalni dastgoh stoliga mahkamlash uchun, ikkinchisidan esa ishlov beriladigan detalni o’lchash uchun foydalaniladi (208-rasm).
Universal burchakliklar dastgoh stoliga nisbatan har xil bur-chak ostida joylashgan detallar va zagotovkalarni taxtaga o’rnatish uchun xizmat qiladi. Bunday burchakliklarning har ikkala tokchasi bir-biri bilan sharnir usulida mahkamlangan bo’lib, ularning birini ikkinchisiga nisbatan xohlagan burchakka o’zgartirish mum-kin. Zagotovkalarni burchakliklarning tegishli joylariga siqkdch plankalarva bolt yordamida o’rnatiladi.
P og’onali tirgaklar (piramidalar) ning ikki xil konstruk-siyasi bo’lib, ular pog’onalarinyng soni bilan farqlanadi. 209-rasmda pog’onali tirgaklar yordamida detalni stolga o’rnatish usuli ko’rsatilgan.
Prizmalar. 210-rasmda valikni bir tirgak bilan prizmaga o’rna-tnda tasvirlangan. Ish sharoitiga ko’ra, qo’yimlarni o’zgartirish mumkin, ammo ishlov beriladigan detal xar doim ishonchli mahkamlanishi kerak.
211-rasmda detallarni dastak-li gira va tutkichlar bilan mah-kashash usuli ko’rsatilgan.

Download 291.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling