8-mavzu: Mashina va apparatlarning xavfsiz ishlashini ta’minlash Reja


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/45
Sana19.06.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1620799
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
Texnosfera omillari fanidan 8-15-ma\'ruzalar

Yigiruv-to‘quv fabrikalari: 
Ta‟minlovchi-almashtiruvchi mashina – 800 m
3
/soat; 
Bosh ta‟minlovchi – 800 m
3
/soat; 
Chiqindilar uchun ta‟minlovchi – 800 m
3
/soat; 
Aralashtiruvchi mashina – 800 m
3
/soat; 
Gorizontal titish mashinasi – 3500 m
3
/soat; 
Vertikal titish mashinasi – 2500 m
3
/soat; 
Savash mashinalari: 
T-16 – 7500 m
3
/soat; 
TB – 5000 m
3
/soat; 
MTM – 7500 m
3
/soat; 
T2-I – 5000 m
3
/soat; 
TБ-2 – 5000 m
3
/soat; 
T-20 – 2500 m
3
/soat; 
Tarash mashinalari (ЧMM-14, ЧMM-14T, ЧMД-14) – 3000 m
3
/soat;
Pilta mashinasi ЛНС-51 – 800 m
3
/soat; 
Yigiruv mashinasi П-76, П-66-5M – 1700 m
3
/soat; 
O„rash mashinasi – 800 m
3
/soat; 
Ohorlash mashinasi ШБ-11/180 – 2000 m
3
/soat; 
Pardozlash fabrikalari: 
Jilvirli mashina – 3000 m
3
/soat; 
Tukni qirquvchi-momiqdan tozalovchi agregat – 6600 m
3
/soat; 
Silindrik tuk kuydiruvchi mashina: 
Zont tagi - 10000 m
3
/soat; 
Momiq tozalagich - 4000 m
3
/soat; 
Zapravka silindrlari - 1500 m
3
/soat; 
Gazli tuk kuydiruvchi mashinasi: 
Zont tagi - 800- 1500 m
3
/soat; 
Momiq tozalagich - 2000-2500 m
3
/soat; 
Zapravka silindrlari – 1500 m
3
/soat. 
Ip yigiruv fabrikalarining yigiruv mashinalaridan so„rib olinadigan havoni 
umumiy retsirkulyasiya kanallariga qo„shib yuborish tavsiya qilinadi. 
To„qimachilik sanoati changli havoni so„rish quvurlaridagi havo oqimining 
tezligi 8-14 m/s qilib olinadi. Ammo, tadqiqotlar shuni ko„rsatadiki, aspiratsiya 
tizimlarining magistral quvurlarida havo oqimining tezligi 20-25 m/s qilib olinsa, 
bu tizimning ish samarasi yuqori bo„ladi. 


Ohorlash va gazlama tuklarini kuydirish mashinalarida ventilyasiya, asosan, 
ish joylaridan namlikni hamda issiq havoni so„rish uchun foydalaniladi. Bunday 
sharoitda mashinalar havo so„ruvchi uskunalar bilan biriktirilgan zontlar bilan 
ta‟minlanadi. Bundan tashqari, to„qimachilik korxonalari sexlarida umumiy 
ventilyasiya keng qo„llaniladi. Tarash, piltalash, piliklash, yigirish, pishitish, qayta 
o„rash, tandalash va to„qish sexlaridan changli havo so„ruvchi quvurlar orqali 
ventilyatorlar yordamida so„rib olinadi. So„ruvchi kanallar yer osti orqali 
o„tkazilib, panjaralar bilan to„sib qo„yiladi. Panjaralar mashinaning ostki qismida, 
yo„laklarda bo„lishi mumkin. Odatda, bu kanallar orqali so„rilgan havo 
konditsionerlarga yuboriladi va me‟yoriy holatga keltirilib yana qayta sexga 
beriladi (retsirkulyasiya). Aspiratsiya tizimida quvurning istalgan kesimida havo 
oqimining tezligi u yoki bu chiqindi uchun belgilangan tezlikka teng bo„lishi 
kerak. 
To„qimachilik sanoati korxonalarida mashinalardan chang ajralib chiqishiga 
qarshi tadbirlar, asosan, ikki yo„nalishda olib boriladi: yangi turdagi mashinalarni 
yaratish va hozirda ishlab turgan mashinalarni modernizatsiyalash. Bunda qator 
moslamalar, ushlagichlar, to„sqichlar, har xil chang yutkichlar, mashina va boshqa 
konstruksiyalarning ustki qismiga o„tirib qolgan changlarni purkab tushirgichlar 
yaratish ko„zda tutiladi. Masalan, ta‟minlovchi-aralashtiruvchi mashinani 
takomillashtirishda tituvchi va tozalovchi valiklar zonasidan ko„plab chang ajralib 
chiqishi hisobga olinadi. Bu yerdan ajralib chiqayotgan changli havoni so„rib olish 
uchun kuchli ventilyator o„rnatiladi hamda mashina boshqa qismlarining zichligi 
oshiriladi. 
Chiqindilarni tozalash mashinasini takomillashtirishda elevatordan xas-
cho„plarning tushish joyi hamda chiqarib tashlovchi transportyorning 
taranglashtiruvchi roligi zonalari zichlab berkitiladi. Tarash mashinalarini 
kompleks takomillashtirish ham mashinaning konstruktiv elementlariga qator 
moslama va qurilmalar tatbiq qilishni nazarda tutadi.
Hajmi kattalashtirilgan momiq yig„uvchi bilan ta‟minlangan ЧM-10 va ЧM-
50 mashinalarida changli havoni so„rib olish cho„zuvchi asbob, taram ajratuvchi 
taroq, taram ajratuvchi barabanning qopqog„i ostidan, tozalash zonasidan amalga 
oshiriladi. Momiq yig„uvchiga so„rilgan changli havo to„rdan o„tib, tozalanib, 
ventilyator orqali yana sexga yuboriladi. Bu mashinalardagi mahalliy chang 
tozalagichlar 
ishining 
samaradorligi 
ko„pgina 
omillarga, 
ventilyasiya 
uskunalarining havo bo„yicha ish unumdorligi, shu changtozalagich tizimlarining 
zichlashtirilganlik darajasi, chang so„rgichlarning konstruktiv o„lchamlari va 
boshqalarga bog„liq. 
Yangi tarash mashinalarini ekspluatatsiya qilish jarayonida shu narsa 
aniqlandiki, momiq yig„uvchining hajmi to„lib borgan sari undan sexga 


chiqayotgan havo tozalanib boradi, lekin to„rning qarshiligi ortib, momiq yig„uvchi 
ichidagi havoning siyraklashuvi ham kamayadi, natijada so„rilayotgan changli 
havoning miqdori kamayadi.
Tarash mashinalari changsizlantirish tizimi ishining samaradorligini oshirish 
uchun tavsiyalarga binoan unda yig„ilgan momiqni: yuqori saralangan paxtalar 
ishlatilganda har 3-4 soatda, o„rta saralangan paxtalar ishlatilganda har 2-3 soatda 
va past saralangan paxtalar ishlatilganda har 1-2 soatda tozalab turish lozim. 
Bundan tashqari, momiq yig„uvchi uskunani zichlab yopilmagan holda 
ishlatish taqiqlangan. Junli matolar ishlab chiqarish kombinatida СТБ-2-330 
to„quv dastgohlarining old tomonidan yig„ilgan momiqni siqilgan havo bilan yig„ib 
olish amalga oshiriladi. Kompressordan chiqayotgan siqilgan havo ish joylariga 
keltirilgan, bunda bitta quvur 32 dastgohga mo„ljallangan. Siqilgan havoni bosim 
ostida haydash uchun ichki diametri 2 mm li kallak o„rnatilgan, qayishqoq, 
egiluvchan shlang (diametri 9 mm, uzunligi 20 m) qo„llangan. 
Bosim ostidagi havo yo„naltirilgan bir guruh dastgohlardagi supurindi 
momiq yig„gichga to„planib, dastgohning orqa qismidan vakuum-moslama 
yordamida yig„ishtirib olinadi. 150 dastgohni tozalashda bor-yo„g„i ikki ishchi 
band bo„ladi: biri dastgohlarning old tomonidan, ikkinchisi esa orqa tomonidan 
chang va momiqlarni yig„ishtirib oladi. Havoning changlanganlik darajasi 
sanitariya me‟yorlari talablari chegarasida bo„ladi. 
ЧMM-450-4 va ЧMM-450-MЗ mashinalarining tag qismidan chiqindilarni 
havo bilan so„rib oluvchi va chiqindilar bo„limiga havo yo„naltiruvchi maxsus 
moslama o„rnatilgan. Bu moslama ПП6-28 №6 ventilyatorlardan, elektromagnit 
klapanlar, KБ-3 kondensori, chiqindilarni yig„uvchi bunker, havo quvurlari, 
changli havoni tozalovchi ФТ-2M filtrlari, so„ruvchi kallak va birlashtiruvchi 
naychalardan tashkil topgan. 
Tarash mashinalari ostidan chiqindilarni muntazam ravishda so„rib olish 
sexdagi havoning changlanganlik darajasini kamaytirish bilan birga sexda yong„in 
chiqish xavfini ham kamaytiradi. 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling