To‘qimachilik
sanoatida
ajralib
chiqadigan
changlarning
konsentratsiyasini aniqlash. Sexlardagi ventilyasiya tizimlarining samaradorligini
va umuman chiqayotgan changlarning havodagi
konsentratsiyasini aniqlash
maqsadida laboratoriya xodimlari tomonidan vaqti-vaqti bilan sexlarda va korxona
hududida namunalar olib turiladi.
Tahlil natijalari changlanganlik darajasi yo„l qo„yish mumkin bo„lgan
konsentratsiyadan yuqoriligini ko„rsatsa, darhol uni kamaytirishga qaratilgan
chora-tadbirlar ko„riladi. Havoning sanitariya holatini
nazorat qilish uchun
quyidagi usullar qo„llaniladi: laboratoriya, indikatsiya, ekspress, optik, elektrik va
standart (og„irlik) usullari. Bu usullarning har biri o„z afzalliklari va
kamchiliklariga ega.
To„qimachilik sanoatida sexlarda chang konsentratsiyasini
aniqlashda eng
keng qo„llaniladigan usul
standart (og‘irlik) usulidir. U tekshiriladigan ma‟lum
hajmli havoni filtrdan so„rib o„tkazilganda uning og„irligining ortishi prinsipiga
asoslangan.
Og„irlik usulida plastmassadan yasalgan patronlarga
AFA-VP-18, AFA-V-10
rusumli filtrlar o„rnatiladi. Bu filtrlar tashqi diametrlari mos ravishda 70 va 56 mm,
ichki diametrlari 48 va 36 mm (ish yuzalari tegishlicha 18,1 sm
2
va 10,1 sm
2
)
bo„lgan
FPP-15 rusumli matodan tayyorlanadi (1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: