8-mavzu: Mashina va apparatlarning xavfsiz ishlashini ta’minlash Reja


Shamollatish moslamalari va tizimlarini tekshirish


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/45
Sana19.06.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1620799
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   45
Bog'liq
Texnosfera omillari fanidan 8-15-ma\'ruzalar

Shamollatish moslamalari va tizimlarini tekshirish. 
Shamollatish tizimidan to„g„ri foydalanish, ularni to„g„ri tartibda ushlab 
turish katta ahamiyatga egadir. Shamollatish tizimlari ishga tushirishdan avval 
texnik va sanitariya-gigiena sinovidan o„tkaziladi. Texnik sinovda shamollatish 
qurilmasining texnik xususiyati – tavsifnomasi, ishlash unumdorligi, bosimi, havo 
harakati va boshqa birliklari aniqlanadi. 
Sanitariya-gigiena sinovida esa shamollatish qurilmalari va tozalash 
moslamalarining foydaliligi, ular yordamida normal meteorologik va sanitariya-
gigiena mehnat sharoitlari yaratilishi mumkinligi tekshiriladi. Olingan barcha 
ma‟lumotlar qurilmaning texnik pasportida qayd qilinadi. Bu pasport shamollatish 
tizimining texnik holatini aniqlaydigan asosiy hujjat bo„lib hisoblanadi. Ish 
jarayonida sodir bo„ladigan ba‟zi cheklanishlar yoki kamchiliklar ishlash 
qobiliyatining kamayishiga olib keladi. Shuning uchun ham shamollatish 
qurilmalarini tartib asosida rejali-ogohlantiruvchi ta‟mirlash, vaqti-vaqti bilan 
ularga qarab turish talab qilinadi. Bunday vazifa maxsus tayyorgarlikdan o„tgan 
ishchi-xizmatchilarga topshiriladi. 
Havo almashtirishning unumli ishlashini tekshirish uchun maxsus asboblar 
bilan havo sarfini tajribada o„lchash yo„li bilan aniqlanadi: 
W = 3600 ∙υ
o‘r 
∙ S
k
, m
3
/soat, (6) 
bu yerda: 


υ
o‘r
– havoning quvur ichidagi o„rtacha tezligi, m/s, 
S
k
– quvur ko„ndalang kesim yuzasi, m
2

υ
o‘r
=

, (7) 
bu yerda: 
H
o‘r
– dinamik bosim (Pa), o„lchash yo„li bilan aniqlanadi. 
Umuman korxonada shamollatish qurilmalaridan to„g„ri foydalanish, uni 
to„liq ishlaydigan holatda bo„lishi uchun javobgarlik bosh mexanik, sexda esa sex 
boshlig„i va mexanik zimmasiga yuklatilgan. 
Binolarda shamollatish qurilmalari ish boshlanishidan 10-15 minut avval 
ishga tushirilib, ish tamom bo„lganidan 10-15 minut keyin to„xtatiladi. Ba‟zi ishlab 
chiqarishlarda shamollatgichlar ish boshlanishidan 30-60 minut avval soat 
mexanizmi yordamida avtomatik usulda ishga tushiriladi. 
Havo almashtirish tizimlariga asosan qo„yidagi talablar qo„yiladi: 
a) havo almashtirish tizimlari iloji boricha kamroq maydonni egallashi kerak; 
b) havo so„rish yoki tarqatish quvurlari texnologik jarayonlarni bajarishga 
xalaqit bermasligi kerak; 
c) mexanik havo almashtirish tizimi ortiqcha titrash va shovqin hosil qilmasligi 
kerak; 
d) havo almashtirish tizimining o„ziga va ayrim qismlariga xizmat ko„rsatish, 
rostlash ishlari, unumdorligini oshirish yoki kamaytirish ishlari oson 
bajarilishi kerak. 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling