8-mavzu: Mashina va apparatlarning xavfsiz ishlashini ta’minlash Reja


Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/45
Sana19.06.2023
Hajmi0,94 Mb.
#1620799
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45
Bog'liq
Texnosfera omillari fanidan 8-15-ma\'ruzalar

Nazorat savollari: 
 
1. Mehnat gigienasi deganda nimani tushunasiz? 
2. Mehnat gigienasini qo„llash natijasida qanday tadbirlar ishlab chiqiladi? 
3. Mehnat gigienasining asosiy vazifasi nimadan iborat? 
4. Ishlab chiqarish mikroiqlimning gigenik normalarini tushintirib bering. 
5. Sanoat mikroiqlimi deganda nimani tushunasiz? 
6. Yo„l qo„yilishi mumkin bo„lgan mikroiqlim sharoitlari nima? 
7. Changning inson organizmiga zararli ta‟siri darajasi nimaga bog„liq bo„ladi? 
8. Atmosfera iflosliklarini asosiy fizik tasnifi nima bilan ifodalanadi? 
9. To„qimachilik changi undagi qaysi moddaning miqdori bilan belgilanadi? 


13-mavzu. Paxta va to‘qimachilik korxonalari sexlarini
shamollatish. 
Reja: 
1. Sex havosini tabiiy (aeratsiya) yo„li bilan shamollatish. 
2. Sex havosini sun‟iy (mexanik) usulda shamollatish. 
3. Shamollatish moslamalari va tizimlarini tekshirish. 
Ishlab chiqarish binolarini me‟yordagi meteorologik va sanitariya-gigiena 
sharoitlari bilan ta‟minlashda, ish jarayonida zararli va zaharli moddalarning 
miqdorini chegaralangan darajada bo„lishida, mehnat sharoitlarini yanada 
sog„lomlashtirishda, mehnat unumdorligini va mehnat xavfsizligini oshirishda 
shamollatish katta ahamiyatga ega. 
Shamollatish natijasida ishlab chiqarish binolaridagi ifloslangan, o„ta 
qizigan yoki sovigan havo toza, sovitilgan yoki qizdirilgan havo oqimi bilan 
to„xtovsiz almashtiriladi. 
Shamollatkichning samaradorligi shamollatish qurilmasining quvvatiga va 
havo almashtirishni tashkil etishning ma‟lum qoidalariga rioya qilishga bog„liq 
bo„ladi.
Binolarda havo toza bo„lishi uchun avvalo ishlayotgan apparat-uskunalar 
germetik bo„lishi, bug„lanuvchi suyuqlik idishlari yuzasi hamda chang 
chiqaradigan joylar berk bo„lishi, shuningdek, changli materiallarni namlash va 
boshqa choralarni qo„llash talab qilinadi. 
Binolarda havoning aralashish usuliga qarab, shamollatish tabiiy (aeratsiya) 
va sun‟iy (mexanik) turlarga bo„linadi. 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling