8-mavzu: Mashina va apparatlarning xavfsiz ishlashini ta’minlash Reja


Ishlab chiqarish binolarini shamollatish - sun’iy (mexanik) shamollatish


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/45
Sana19.06.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1620799
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   45
Bog'liq
Texnosfera omillari fanidan 8-15-ma\'ruzalar

Ishlab chiqarish binolarini shamollatish - sun’iy (mexanik) shamollatish. 
Sun‟iy (mexanik) shamollatish mexanik qurilmalar – shamollatgichlar, ejektorlar 
va boshqa moslamalar yordamida amalga oshiriladi. Shamollatish qurilmalari havo 


oqimining yo„nalishiga qarab uzatuvchi, so„ruvchi yoki uzatuvchi-so„ruvchi 
holatda bo„lishi mumkin. 
Uzatuvchi shamollatishda toza havo tashqaridan binoning butun hajmiga 
berilib taqsimlanadi, ifloslangan havo esa eshik, deraza va boshqa joylardan siqib 
chiqariladi. 
So„ruvchi shamollatish bino ichidagi ifloslangan yoki o„ta qizigan havoning 
yo„qotilishini, eshik, deraza va boshqa joylardan toza havo berilishini ta‟minlaydi. 
Uzatuvchi-so„ruvchi shamollatishda esa toza havo alohida tizimdan berilsa, 
boshqa tizimdan ifloslangan havo so„riladi. Xonalarni shamollatish GOST 12.028-
84 talablariga asosan amalga oshiriladi. 
Shamollatgichlar 
ishlatish 
joyiga 
qarab 
umumiy 
va 
mahalliy 
shamollatgichlarga bo„linadi. Umumiy shamollatgich butun xonadagi havoni 
almashtirsa, mahalliy shamollatgich esa xonaning ma‟lum bir joylaridagi havoni 
almashtiradi.
Mahalliy shamollatishda ifloslangan havo zararli maxsulot ajralib 
chiqadigan joyning o„zidan yo„qotilib, moddalarning bino ichida taqsimlanishiga 
yo„l qo„yilmaydi. Laboratoriya shkaflari, yarim ochiq yoki yopiq holdagi so„ruvchi 
zontlar, havo dushlari, yonlama so„ruvchilar, havo pardalari va boshqalar mahalliy 
shamollatishga misol bo„ladi. 
2-rasm. Mahalliy so„rish qurilmasi 
(chapdagi – to„g„ri, o„ngdagi - noto„g„ri
 
Mahalliy so„rish xizmat eshikchalarini to„g„ri tanlash, qo„llash apparatlarini 
rejim bo„yicha xizmat qilishida ancha yengillik yaratadi. Ishlab chiqarish 
korxonalarida qizdirish jarayonlari bo„lmasdan zaharli moddalarning yo„l qo„yish 
mumkin bo„lgan konsentratsiyasi (YQBK) 100 mg/m
3
va undan ortiqroq bo„lganda 
so„rish tezlii 0,5-0,7 m/sek deb qabul qilingan. Zararli va zaharli moddalarning 


YQBK 100 mg/m
3
dan kam va qizdirish jarayonlari mavjud bo„lganda havoning 
so„rish tezligini 0,7-1,5 m/sek dan 3-5 m/sek gacha ko„paytirish mumkin. 
Laboratoriya shkafi orqali so„riladigan havo hajmi qo„yidagi tenglamadan 
aniqlanadi: 
W = V ∙ (Fu + Fk) ∙ I ∙ 3600 + Vt (1) 
bu yerda: 
W - shkaf orqali so„rilgan havo hajmi, m
3
/soat, 
V - eshikcha kesim yuzasidagi havo tezligi, m/sek, 
Fu - xizmat eshikchasi yuzasi, m
2

Fk - qo„shimcha eshik yuzasi, m
2

I - zichlikni hisobga oladigan koeffitsient, 
Vt - reaksiya vaqtida berk hajmda ajralib chiqadigan gaz yoki bug„larning 
hajmi, m
3

Havo dushi 15-25°S gacha qizdirilgan va issiqlik ko„proq ajralib chiqadigan 
joylarda ishlayotganlarga 3-4 m/sek tezlik bilan yuboriladigan havo oqimidan 
iborat. Havo pardasi esa, issiq havoni sovutishga yoki sovuq havoning binoga 
kirishini kamaytirishga xizmat qiladi. Mahalliy shamollatish yordamida ajralib 
chiqayotgan zararli moddalar, maxsulot massasi yo„qotilgach, normal sanitariya 
sharoitlariga umumiy shamollatish yo„li bilan erishiladi. 
Buning uchun ifloslangan havo qismi maxsus texnik moslamalar yordamida 
toza havo bilan almashtiriladi. Ko„proq barqaror rejim (umumiy aralashtirishda) 
mexanik shamollatishning uzatuvchi-so„ruvchi tizimi bilan amalga oshiriladi. 
Sanitariya normalari (SN 245-71) ga asosan issiqlik, bug„, gaz ajralib 
chiqmaydigan binolarda har bir ishlovchiga havo almashtirish miqdori 20 m
3
/s, 
deraza va darchalari bo„lmagan binolarda esa 40 m
3
/s dan kam bo„lmasligi kerak. 
Binodagi havo almashtirish asosan almashtirish karraligi K bilan 
xarakterlanadi: 
K=
 , soat
-1
(2) 
bu yerda: 
yo„qotiladigan havo hajmi, m
3
/soat, 
Vb – bino hajmi, m
3

Havo almashtirish karraligi ning mohiyati – bu xonadagi havoni bir soatda 
necha marta almashtirish kerakligini ko„rsatishdir. Almashtirilishi zarur bo„lgan 
havo miqdori binodagi ajralib chiqayotgan issiqlikka, namlikka, zararli moddalar 
(gaz, chang, bug„) miqdoriga bog„liq bo„ladi. 


Vakuum, bosim ostida ishlayotgan uskunalar, quvurlar hamda nasos, 
kompressor, aralashtirgich, reaktor salniklari pishiq va mustahkam bo„lmasligi, 
davriy jarayonlarda yuklash va tushirishda, sinama olishda, xom-ashyoni ochiq 
holda saqlash, avariya va tuzatish ishlari natijasida zararli moddalar havoga ajralib 
chiqadi. 
Havo almashtirish karraligi (K) sanoat tarmoqlari normalarida ko„rsatiladi. 
Sanoat korxonasini loyihalashda ma‟lum darajadagi havo almashtirish karraligini 
qabul qilishga ruxsat etilmaydi. Ayrim hollarda loyihalash uchun o„xshash ishlab 
chiqarishdagi shamollatish tajribalari hisobga olinadi.
Ba‟zi moddalarni ishlab chiqarishda havo almashtirish karraligi K 
qo„yidagicha belgilangan. Masalan, etil suyuqliklari uchun 50 soat
-1
(2-formula), 
propan, butan, gaz, neft uchun 12-14, moylovchi yog„lar, parafin uchun 4-6, sulfat 
va xlor kislotasi uchun 10-12, ishqoriy eritmalar uchun 3-5, kimyoviy laboratoriya 
binolari uchun 6, etil suyuqligi ombori uchun 10-20, idish va uskunalar ombori 
uchun 2 va hok. bo„lishi kerak. 
Xona muhitidagi zararli moddalar yig„ilgan havoni ruxsat etilgan 
konsentratsiyagacha suyultiradigan havo miqdorini qo„yidagi tenglama bilan 
aniqlash mumkin: 
W = q ∙ 10
6
/C
yqchq 
- C
o
, m
3
/soat (3) 
bu yerda: 
q – vaqt birligida ishchi xonada ajralishi mumkin bo„lgan zararli moddalar 
miqdori, g/sek, 
C
yqchq
 – sanitariya normasi bo„yicha zararli moddaning yo„l qo„yish mumkin 
bo„lgan chegara konsentratsiyasi, mg/m
3

C
o
– yuborilayotgan havodagi zararli modda miqdori, mg/m
3

Sanitariya normalarida belgilanishicha C
o 
miqdori C
yqchq
miqdorining 30% 
dan oshmasligi kerak. Agar toza havo berilayotgan bo„lsa C
o 
miqdori nol bo„ladi.
Xona ichidagi har xil uskunalardan ajralayotgan namlikni kamaytirish 
maqsadida xonaga yuborilishi zarur bo„lgan havo miqdorini (W) qo„yidagi 
tenglamadan aniqlash mumkin: 
W = G ∙ 1000 / 1,29∙ (d
2
 - d
1
), m
3
/soat (4) 
bu yerda: 
G – havoga ajralib chiqayotgan bug„lar miqdori, g/s, 
d
1
– kiritilayotgan havodagi namlik miqdori, kg/s, 
d
2
– xonadan chiqarib yuborilayotgan havodagi namlik miqdori, kg/s. 


Umuman sanitariya normalarida sanoat korxonalari xonalaridagi havoda 
namlik belgilanmaydi, ammo havodagi nisbiy namlik miqdori belgilanadi. 
Sanoat korxonalari zonalarida ajralib chiqayotgan issiqlik miqdorini 
belgilangan me‟yorga keltirish uchun amalga oshiriladigan shamollatishda kerak 
bo„ladigan sof havo miqdori (W) GOST 12.2.028-84 ga asosan qo„yidagi tenglama 
bilan topiladi: 
W = Q
ort
 / C ∙ ρ ∙ (t
u
 - t
k
), m
3
/soat (5) 
bu yerda: 
W – normal sharoit yaratish uchun zarur bo„lgan havo miqdori, m
3
/s, 
Q
ort 
– ortiqcha issiqlik miqdori, Kkal/s, Vt, 
C – havoning issiqlik sig„imi, Kdj/kg, K, 
ρ - 293°K haroratdagi havoning zichligi, kg/m3, 
t
u
– chiqarib yuborilayotgan havoning harorati, K, 
t
k
– zonaga kiritilayotgan havo harorati, K. 
Ortiqcha issiqlik miqdorini (Q
ort
) ni har xil issiqlik manbalaridan 
chiqayotgan issiqliklar miqdorining yig„indisi sifatida topiladi. 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling