8-mavzu: Mashina va apparatlarning xavfsiz ishlashini ta’minlash Reja


Ishlab chiqarish binolarini shamollatish - tabiiy (aeratsiya) havo


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/45
Sana19.06.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1620799
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   45
Bog'liq
Texnosfera omillari fanidan 8-15-ma\'ruzalar

Ishlab chiqarish binolarini shamollatish - tabiiy (aeratsiya) havo 
almashtirish. Tabiiy havo almashtirish ichki va tashqi havo zichliklaridagi farq 
tufayli yuzaga keladi. Tabiiy havo almashtirish tashkillashtirilgan va 
tashkillashtirilmagan turlarga bo„linadi.
Tashkillashtirilmagan tabiiy havo almashtirish eshik, deraza, fortochkalar 
orqali amalga oshiriladi. Tashkillashtirilgan tabiiy havo almashtirish kanallar 
(trubalar) va framugalar orqali amalga oshiriladi. 
Sanitar normalarga mos holda barcha xonalar tabiiy shamollatishga 
mo„ljallangan bo„lishi kerak. Xonadagi havoning tabiiy harakatlanishi havodagi 
zichliklarning farqiga ko„ra va tashqi havo bilan ichki havo bosimi farqlari 
hisobiga yuz beradi.


1-rasm. Havo zichligi har xilligi hisobiga amalga oshadigan tabiiy havo 
almashinish sxemasi 
Tartibli boshqariladigan tabiiy shamollatish aeratsiya deyiladi. Tabiiy 
shamollatish qo„shimcha issiqlik ajralib chiqadigan, tarkibida zararli moddalar 
bo„lgan issiq havoli ishlab chiqarish binolarida qo„llaniladi. Ifloslangan yoki 
qizigan havo esa deraza darchasi, aeratsiya fonarlari, deflektorli so„rish quvurlari 
orqali yo„qotiladi. 
Tartibli havo almashtirishning foydali tomoni shundaki, ko„p hajmdagi havo 
past bosimda binoga shamollatgich va qurilmalardan mustasno uzatiladi. 
Kamchiligi esa, havo dastlabki tozalanmasdan, qizdirilmasdan binoga uzatiladi, 
ifloslangan havo tozalanmaydi va tashqi atmosfera havosini yanada ifloslantiradi. 
Binodagi havo almashinishi ma‟lum miqdorda bo„lishi uchun devor, deraza, 
yopma va fonarlardagi darchalar ko„proq yoki kamroq ochilib, shamol yo„nalishiga 
qarab moslamalar yordamida boshqariladi. 
Shamol bosimidan foydalanish va issiqlik bosimini oshirish maqsadida 
deflektorlardan foydalaniladi. Qish vaqtida binodagi va tashqi havo haroratidagi 
farq katta bo„lganligi uchun, binodagi havoni almashtirish kamroq talab qilinadi. 
Shuning uchun ham havo beruvchi darchalarning yuzasi kamaytirilib, ular pol 
yuzasidan 5-6 metr balandlikda o„rnatiladi. Yoz faslida esa, havo oqimi 1,5-2 metr 
balandlikda uyushtirilsa yetarli bo„ladi. 
Aeratsiya usulini qish vaqtida faqat ko„proq issiqlik ajralib chiqadigan ishlab 
chiqarish korxonalarida qo„llash tavsiya etiladi. Bunda ortiqcha issiqlik miqdori 
xonaning isitilishi talab qiladigan issiqlik miqdoridan 4-5 marta ko„p, ya‟ni 60-80 
Vt/m
2
(50-70 Kkal/m
3
∙soat) ko„p bo„lgan sexlarda ishlatilishi mumkin. Odatda 
aeratsiya usullaridan mexanik shamollatish bilan birgalikda foydalaniladi. 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling