8-mavzu: Mashina va apparatlarning xavfsiz ishlashini ta’minlash Reja


Odam organizmiga ta’siri bo‘yicha zararli moddalar to‘rt sinfga bo‘linadi


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/45
Sana19.06.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1620799
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   45
Bog'liq
Texnosfera omillari fanidan 8-15-ma\'ruzalar

Odam organizmiga ta’siri bo‘yicha zararli moddalar to‘rt sinfga bo‘linadi: 
a) 1-sinf – favqulodda xavfli (benzapiren, geksaxloran, ozon, simob, 
qo„rg„oshin, selen, fenol, olti valentli xrom va boshq.);
b) 2-sinf – yuqori darajada xavfli (azot qo„sh oksidi, fosforli angidrid, 
benzol, brom, geksaftorbenzol, dimetilamin, temir xlorid va boshq.);
c) 3-sinf – mo„tadil xavfli (azot oksidi, vinilatsetat, temir oksidi, 
kapralaktam va boshq.);
d) 4-sinf – kam darajada xavfli (benzin, butan, geksan, karbamid, dietilamin, 
naftalin va boshq.). 
Xavfli zararli moddalar miqdori ish kuni davomida ishchi sog„ligiga 
salbiy ta‟sir qilmasa, bunday konsentratsiya moddalarning yo„l qo„ysa 
bo„ladigan konsentratsiyasi (YQBK
iz
) deb ataladi. Ishlab chiqarish sexlari ish 
zonalari havosidagi zararli moddalarning yo„l qo„ysa bo„ladigan konsentratsiyasi 
(YQBK
iz
) GOST 12.1.005-88 bilan belgilanadi.
Sexdan shamollatish tizimi orqali so„rib olingan havo atmosferaga 
chiqarib yuborishdan oldin zararli moddalardan tozalanadi, retsirkulyasiya 
uchun sexga qayta yuboriladigan havoda zararli moddalarning miqdori 0,3 
YQBK
iz
dan ortmasligi kerak. 


To‘qimachilik 
sanoatida 
ajralib 
chiqadigan 
changlarning 
konsentratsiyasini aniqlash. Sexlardagi ventilyasiya tizimlarining samaradorligini 
va umuman chiqayotgan changlarning havodagi konsentratsiyasini aniqlash 
maqsadida laboratoriya xodimlari tomonidan vaqti-vaqti bilan sexlarda va korxona 
hududida namunalar olib turiladi. 
Tahlil natijalari changlanganlik darajasi yo„l qo„yish mumkin bo„lgan 
konsentratsiyadan yuqoriligini ko„rsatsa, darhol uni kamaytirishga qaratilgan 
chora-tadbirlar ko„riladi. Havoning sanitariya holatini nazorat qilish uchun 
quyidagi usullar qo„llaniladi: laboratoriya, indikatsiya, ekspress, optik, elektrik va 
standart (og„irlik) usullari. Bu usullarning har biri o„z afzalliklari va 
kamchiliklariga ega. 
To„qimachilik sanoatida sexlarda chang konsentratsiyasini aniqlashda eng 
keng qo„llaniladigan usul standart (og‘irlik) usulidir. U tekshiriladigan ma‟lum 
hajmli havoni filtrdan so„rib o„tkazilganda uning og„irligining ortishi prinsipiga 
asoslangan. 
Og„irlik usulida plastmassadan yasalgan patronlarga AFA-VP-18, AFA-V-10 
rusumli filtrlar o„rnatiladi. Bu filtrlar tashqi diametrlari mos ravishda 70 va 56 mm, 
ichki diametrlari 48 va 36 mm (ish yuzalari tegishlicha 18,1 sm

va 10,1 sm
2

bo„lgan FPP-15 rusumli matodan tayyorlanadi (1-rasm). 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling