8-mavzu: Mashina va apparatlarning xavfsiz ishlashini ta’minlash Reja
-rasm. AFA-VP-18 filtri uchun qog‘ozdan yasalgan
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnosfera omillari fanidan 8-15-ma\'ruzalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-rasm. Chango‘lchagich uskunasi
1-rasm. AFA-VP-18 filtri uchun qog‘ozdan yasalgan
himoya xalqalari. Bu usulda chang konsentratsiyasini o„lchash uskunasi ixcham bo„lib, 12 V akkumulyatordan yoki 220 V elektr tarmog„idan quvvat oladi, og„irligi 1450 g bo„lib, o„lchamlari 377x270x122mm ni tashkil etadi. Chang ushlachagich asosan chang so„rgichdan, havo miqdorini o„lchovchi rotametr va AFA-VP-18 turdagi filtr o„rnatilgan maxsus (patron) moslamadan iboratdir (2-rasm). Havo miqdorini o„lchovchi asbob chang so„rgich bilan jezdan yasalgan naycha yordamida mahkam ulangan bo„lib, uchlari kavsharlaiigan. Asbob 18 dan 22 l/min havoni o„tkazishga mo„ljallangan bo„lib, 60-70 mm li AFA filtrining talablariga javob beradi. Chang o„lchagichning havo chiqadigan tomonida o„rnatilgan maxsus jo„mrak orqali havo miqdorini rostlash mumkin bo„ladi. Chang so„rgich filtr orqali bir xil miqdorda havoni so„rib turishi uchun o„rnatilgan elektron rele 220 V o„zgarmas tok tarmog„iga ulangan. Tuzilishi ixcham va ishlatilishi oddiy. Faqat uyushtirilmagan chiqindi changlar miqdorini o„lchab qolmasdan, balki texnologik dasgohlar ayrim qismlaridan chiqadigan changlarni ham o„lchash imkonini beradi. 2-rasm. Chango‘lchagich uskunasi: 1-ventilyator; 2-chang kamerasi; 3-filtr uchun patron va shlanglar; 4-torozi; 5-rotametr; 6-nasos (maishiy chang yutgich); 7-sekundomer; 8-LATR (laboratoriya avtotransformatori). Changli havodan namuna olib bo„lingandan so„ng patrondan filtr olinib, 40- 60 minut davomida avalgi sharoitda ushlab turilib, yana tortiladi. Agar yuqori nisbiy namlik sharoitida namuna olinsa (90-100%), bunda filtrlar termostatda 55- 60°C da 20-30 minut davomida quritiladi va undan so„ng 40-60 minutda avalgi normal sharoitda ushlab turilib, keyin tortiladi. Havodagi chang konsentratsiyasini (η, mg/m 3 ) quyidagi formula yordamida aniqlanadi: η = ( ) (1) bu yerda, g 1 - toza filtr massasi, mg; g 2 - chang o„tirgan filtr massasi, mg; V - filtrdan o„tgan havoning hajmi, m 3 ; t – namuna olish vaqti, minut. Ayrim hollarda, havoda zaharli moddalarning konsentratsiyasini tez aniqlash zarur bo„lganda universal gazoanalizatorlardan (UG) foydalaniladi. Ularning ishlash prinsipi indikatorlar shimdirilgan maxsus kukunlar solingan naychadan havo o„tkazilganda undagi zaharli moddaning konsentratsiyasiga ko„ra rangining o„zgarishiga asoslangandir. Naychadagi kukunning rangli qismi qancha uzun bo„lsa, mazkur zaharli moddalarning konsentratsiyasi shuncha katta bo„ladi. Buni maxsus tarirovka qilingan chizg„ich orqali aniqlanadi. Indikator usuli xavflilik darajasi yuqori bo„lgan moddalarni (simob, sianiy birikmalari va boshq.) aniqlashda ishlatiladi. Ishlab chiqarishda ko„pgina texnologik jarayonlar zararli gazlar ajralib chiqishi bilan amalga oshadi. Ushbu zararli gazlarning turi va miqdori ishning turiga, ishlab chiqarish texnologiyasiga va mexanizatsiya darajasiga bog„liq bo„lib, inson organizmiga turlicha ta‟sir etadi va turli xil kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo„ladi. Masalan, changning inson organizmiga zararli ta‟siri darajasi uning o„lchamlariga va kimyoviy xossalariga bog„liq bo„ladi: o Agar 50 mkm va undan katta o„lchamli chang zarrachalari yuqori nafas olish organlarida ushlanib qolsa, u inson organizmiga zarar yetkazmaydi; o Agar 10-50 mkm o„lchamli chang zarrachalari nafas olish organlariga chuqur kirib borsa, juda oz miqdordagi chang o„pkaga o„tadi; o Agar 10 mkm dan kichik chang zarrachalari nafas yo„llarining tarmoqlanish joylariga kirib borsa, ular organizm uchun xavfli hisoblanadi; o Agar 1 mkm dan kichik o„lchamli chang zarrachalari o„pkaga kirib borsa, bu juda xavfli hisoblanadi, chunki “Silikoz kasalligi”ni keltirib chiqaradi. Sanitar me‟yorlarda yo„l qo„ysa bo„ladigan konsentratsiya (mg/m 3 ) bilan bir qatorda har bir moddaga mos ravishda xavflilik sinfi belgilangan, u: oshqozon yoki teriga tushganda moddani o„rtacha halok qilish dozasi, mg/g (odam og„irligiga nisbatan) shuningdek havodagi o„rtacha halok qilish konsentratsiyasi, mg/m 3 da va o„tkir hamda surunkali ingalyasiya zaharlanishni hisobga oladi . Aholi punktlari havosini tozaligi yerga yaqin qatlamdagi zararli moddalarni Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling