14-mavzu. Paxta va to‘qimachilik sexi havosi tozaligining mehnat sharoitiga
ta’siri va zararli moddalarning yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan konsentratsiyasi haqida
tushuncha
Reja:
1. Sexdagi havo tozaligini ishchilar salomatligini
saqlashda katta ahamiyatga
ega ekanligi.
2. Ishlab chiqarish jarayonida sexlardagi havoga
inson organizmiga zararli
bo„lgan gaz, chang va boshqa moddalarning ajralib chiqishi.
3. Inson organizmiga zararli bo„lgan gaz, chang
va boshqa moddalar bilan
ifloslangan havodan nafas olganda turli xil kasalliklarning kelib chiqishi.
Ishlab chiqarish jarayonida sexlarda havoga organizmga zararli ta‟sir
ko„rsatuvchi gaz, chang va boshqa moddalar ajralib chiqadi.
Kishi bunday
havodan nafas olganda yuqori nafas yo„llari qichishadi va o„zi xohlamagan holda
yuzaki
nafas
oladi,
bu
esa
o„pka faoliyatiga salbiy ta‟sir qiladi,
turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Sexlarda changlarning mavjudligi ko„z shilliq
pardalarini qichishtirib “Konyuktivit kasalligi”ni keltirib chiqaradi.
Bundan tashqari, chang zarrachalari sil tayoqchalari va zararli bakteriyalarni
tashuvchi vositadir. U chiroqlar ustini qoplab, sexdagi yorug„likni kamaytiradi, bu
esa ishchilar faoliyati va sog„ligiga salbiy ta‟sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: