8-mavzu: Mashina va apparatlarning xavfsiz ishlashini ta’minlash Reja


Xona havosidagi changni kamaytirishda quyidagi tadbirlar qo‘llaniladi


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/45
Sana19.06.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1620799
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
Texnosfera omillari fanidan 8-15-ma\'ruzalar

Xona havosidagi changni kamaytirishda quyidagi tadbirlar qo‘llaniladi:
a) umumiy shamollatish
b) zontlar qo„llash; 
c) aspiratsiyalash; 
d) kopsulyasiyalash; 
e) gardishlardan so„rish.
Paxtachilik, to„qimachilik va yengil sanoat korxonalaridan ajralib 
chiqayotgan changni o„sha joyning o„zida aspiratsiyalash orqali so„rib olish usuli 
qo„llaniladl.


Havo muhitining sanitariya ahvolini nazorat qilish uchun qo„yidagi 
usullardan foydalaniladi: 
a) laboratoriya; 
b) gravimetrik
c) xromatografiya usuli; 
d) shoshilinch; 
e) avtomatik.
Laboratoriya usuli aniq bo„lib, ko„p vaqtni talab qiladi.
Tahlilning tez o„tkazilishini gaz xromotografiya usuli ta‟minlaydi. 
Shoshilinch (ekspress) usul havodagi kimyoviy moddalar miqdorini uncha 
katta bo„lmagan aniqlik bilan tez aniqlashda qo„llaniladi. Bu usul bilan: ammiak, 
vodorod sulfid, sulfat angidrid, atsetilen, uglerod oksid, azot oksidlar, etil efiri, 
benzin, benzol miqdorini aniqlash mumkin.
Havoning chang bilan ifodalanganlik darajasini aniqtash uchun AFA 
markadagi filtrlar qo„llaniladi. Hozirgi vaqgda sanitariya texnikasi havoni 
tozalaydigan turli qurilmalarga ega. Qanday qurilmalardan foydalanilishi 
changning tasnifiga, guruhiga bog„liq:
a) 1-juda yirik disperslangan chang;
b) 2-yirik dispersli chang (paxta changi);
c) 3-o„rtacha dispersli chang;
d) 4-mayda dispsrsli chang (ipakchilik va to„qimachilik sohasidagi chang);
e) 5-juda mayda dispersli chang ( sement va un changi).
Changning dispers tarkibi deganda changdagi har xil kattaliksagi chang 
zarrachalarining miqdori tushuniladi. Masalan, o„tkazilgan tajribalar yulish-yulish 
uskunalarining changli chiqindilari dag„al dispersli chang ekanligini ko„rsatgan. 
Pillalarga quruqlayin ishlov berish xonasining havosidagi chang tarkibida 
zarrachalari 0,05 mm dan kichik bo„lgan fraksiyalar ko„p miqdorda 50-60 
foizgacha bo„ladi. Bunday chang muallaq holatda bo„ladigan havoni tozalash 
uchun yuqori samarali chang tozalagichlardan foydalanish zarur. 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling