8-mavzu: Mashina va apparatlarning xavfsiz ishlashini ta’minlash Reja
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnosfera omillari fanidan 8-15-ma\'ruzalar
Nazorat savollari:
1. Ishlab chiqarish jarayonida sexlarda havoga organizmga zararli ta‟sir ko„rsatuvchi qanday moddalar ajralib chiqadi? 2. Inson ifloslangan havodan nafas olganda uning organizmida qanday o„zgarishlar yuz beradi? 3. Ishlab chiqarish sexlari ish zonalari havosidagi zararli moddalarning yo„l qo„ysa bo„ladigan konsentratsiyasi – bu qanday kattalik? 4. To„qimachilik sanoatida ajralib chiqadigan changlarning konsentratsiyasini aniqlashning qanday usullari bor? 5. To„qimachilik sanoatida sexlarda chang konsentratsiyasini aniqlashda eng keng qo„llaniladigan usul qaysi? 6. Havoda zaharli moddalarning konsentratsiyasini tez aniqlashda universal gazoanalizatorlardan (UG) foydalaniladi. Uning ishlash prinsipini tushuntirib bering. 7. Mashinalardan chang ajralib chiqishiga qarshi choralarni gapirib bering. 15-mavzu. Paxta va to‘qimachilik korxonalari sexlaridan ajralib chiqadigan asosiy zararli moddalar Reja: 1. Paxta va to„qimachilik sanoati sexlarida tolali materiallarni titish, savash, tarash, paxmoqlash jarayonlarida chang hamda bo„yash, bo„yoqlar tayyorlash, ohorlash, tuklarni kuydirish jarayonlarida zararli kimyoviy gazlar ajralib chiqishi. 2. Zararli moddalarning ishchilar fiziologiyasiga ta‟siri va organizmni zaharlanishiga olib kelishi. 3. Paxta va to„qimachilik sanoatida, ayniqsa uning boshlang„ich jarayonlarida eng ko„p ajraladigan zararli modda - changning hamma ishlab chiqarish sexlarida mavjud bo„lishi. Paxta, to„qimachilik va yengil sanoat korxonalaridagi ish jarayonidan ajralib chiqadigan zararli omillarga: chang, zaharli gazlar, zaharlar, yuqori harorat, havoning namligi, shovqin, tebranish va material iflosliklari kiradi. Ishlab chiqarishda ko„pgina texnologik jarayonlar zararli gazlar ajralib chiqishi bilan amalga oshadi. Paxta tozalash sanoati korxonalarida gazli chiqindilarni manbalari: suyuq yoki gazsimon yonilg„ilarni yonishidan hosil bo„lgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi quritish xo„jaligi, issiqlik bilan ta‟minlovchi sistemalar, urug„lik chigit tayyorlovchi sex va boshqalardir. Ushbu zararli gazlarning turi va miqdori ishning turiga, ishlab chiqarish texnologiyasiga va mexanizatsiya darajasiga bog„liq bo„lib, inson organizmiga turlicha ta‟sir etadi va har xil kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo„ladi. Havoning gaz tarkibining o„zgarishi gigienik nuqtai-nazardan xavfli hisoblanadi. Havoda qandaydir noxush hid sezilsa va u nafas yo„llari orqali organizmga ko„proq kirib qolsa, albatta kasallik sodir bo„ladi. Shunday gazlar ham borki, ular o„ta zaharli bo„lishiga qaramay, sira hidi bo„lmaydi. Jumladan, is gazini inson seza olmaydi. Ko„pincha shahar havosiga sanoat korxonalari juda ko„p turli xususiyatli hidsiz va hidli gaz aralashmalari chiqarib tashlashi mumkin. Ma‟lumki, ko„pgina zararli moddalar harorat oshishi bilan suyuq va qattiq holatdan bug„ yoki gaz holatiga o„tadi va nafas olish a‟zolari orqali inson sog„ligiga salbiy ta‟sir etadi. Nafas olish a‟zolari orqali o„tgan zararli gazlar havo bilan qonga so„riladi. Bu esa, ushbu gazlarning inson organizmiga salbiy ta‟sirini boshqa yo„llar bilan o„tganiga nisbatan 20 martagacha kuchaytiradi. To„qimachilik va yengil sanoat korxonalari uchun asosiy ifloslantiruvchi moddalar o„simlik, mineral va hayvonot olamiga ta‟luqli bo„lgan: paxta, lub, jun, ipak changlari va hok.lar hisoblanadi. Paxta changi o„z tarkibida mineral va organik changlarga ega. U yong„in xavfiga ega bo„lib, o„tirgan yuzadan ketishi qiyin va o„simliklarga o„tirganda ularni halok qiladi. Paxta tozalash va to„qimachilik sanoati yigiruv korxonasining chiqarilmalari 100-200 ming m 3 /soat gacha yetishi mumkin, bunda havoni changlanganligi 10-12 ming mg/m 3 dan 20-30 ming mg/m 3 gacha yetishi mumkin. Chang - havoda aylanib yura oladigan qattiq yoki suyuq moddalarning juda mayda zarralaridir. Ishlab chiqarish xonalaridagi havoning tozaligi ishchilarning salomatligida katta ahamiyatga egadir. Ishchilar changli havodan nafas olganda yuqori nafas yo„llari qichiydi va kishi o„zi hohlamagan holda yuzaki nafas oladi, bu esa o„pka faoliyatiga salbiy ta‟sir qiladi va turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Changli xonalarda ko„z shilliq pardalarini qichishtirib konyuktivit kasalligini keltirib chiqaradi va shu bilan birgalikda chang zarrachalari tuberkulyoz tayoqchalarini va zararli bakteriyalarni tashuvchi vosita hamdir. Yirikroq chang burun - xalqumda ushlanib qoladi, mayda chang esa nafas olish azolarnga kiradi. Havoning harakatlanish tezligi changning aylanib yurish tezligidai past bo„lganda 0,1-10 mkm o„lchamli chang zarrachalari o„zgarmas tezlik bilan o„tirali. Changning inson organizmiga zararli ta’siri darajasi uning o‘lchamlariga bog‘liq: a) agar 50 mkm va undan katta o„lchamli chang zarrachalari yuqorigi nafas olish organlarida ushlanib qolsa, u zarar yetkazmaydi; b) agar 10-50 mkm o„lchamli chang zarrachalari nafas olish organlariga chuqur kirib borsa, juda oz miqdordagi chang o„pkaga o„tadi: c) agar 10 mkm dan kichik chang zarrachalari nafas yo„llarining tarmoqlanish joylariga kirib borsa, ular organizm uchun xavfli hisoblanadi; d) agar 1 mkm dan kichik o„lchamli chang zarrachalari o„pkaga kirib borsa, bu juda xavflidir; chunki silikoz kasalligini keltirib chiqaradi. Changning zararliligi uning o„lchami va kimyoviy xossalariga bog„liq. Sanitariya me‟yorlarida ish mintaqasi havosidagi changning quyidagi ruxsat etilgan chekli miqsori (RECHM) ko„zda tutilgan: 1) 2 mg/m 3 - tarkibida 10 foiz va undan ko„p miqdorda erkin kremniy qo„sh oksidi SiO 2 bo„lgan o„simlik va hayvonot changi uchun; 2) 4 mg/m 3 - tarkibida 10 foizgacha miqdorda SiO 2 bo„lgan o„simlik va hayvonot changi uchun; 3) 6 mg/m 3 - tarkibida 2 foizgacha miqdorda SiO 2 bo„lgan o„simlik hamda hayvonot, mineral changi uchun. Masalan: changning RECHM g„umbakni qayta ishlash fabrikalarida 4 mg/m 3 ga, havoning chang bilan ifloslanganligi 65-75 mg/m 3 ga, SiO 2 miqdori esa 1,7 foizga yetadi, bu esa sanitariya me‟yoridan o„n sakkiz marta ko„proqdir. Sanoat korxonalarini loyihalashning sanitariya me‟yorlariga muvofiq, zararli moddalar inson organizmi uchun zararlilik darajasiga ko„ra xavfliligi besh toifaga ajratiladi: a) 1-favqulodda xavfli moddalar; b) 2-o„ta xavfli moddalar; c) 3-o„rtacha xavfli moddalar; d) 4-xavfli moddalar; e) 5-kam xavfli moddalar. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling