8-mavzu: Mashina va apparatlarning xavfsiz ishlashini ta’minlash Reja


Pilla quritish, qayta ishlash korxonalarida zararli gazlar va bakterial


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/45
Sana19.06.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1620799
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
Texnosfera omillari fanidan 8-15-ma\'ruzalar

 
Pilla quritish, qayta ishlash korxonalarida zararli gazlar va bakterial 
iflosliklar. Masalan: pilla quritish, qayta ishlash korxonalarida zaharli gazlar 
pillalarni chuvitish va chiqindilarni qayta ishlash sexlaridan chiqadi. Bunday gazlar 
qatoriga ammiak va serovodorod kiradi.
Ammiak (NH
3
)-rangsiz, nafasni qaytaruvchi o„tkir hidli, portlash jihatdan 
havfli gaz bo„lib, RECHM-20 mg/m
3
;
Sulfat angidridi (N
2
S)-rangsiz, qo„lansa hidli gaz bo„lib, kuchli zaharlar 
qatoriga kiradi. RECHM-10 mg/m3;
Matbaachilik sanoatida ajralib chiqadigan zaharli gazlar, kislotalarga 
quyidagilar kiradi: stirol, nitril akril kislotasi, xlorli va fosforli vodorod, atseton, 
benzol, benzin, toluol, sirka kislota, azot va ko„mir oksidi, ammiak va sulfat 
angidridi.
To‘qimachilik kombinatida ohor tayyorlashda sulfat kislotasi, xlorid va 
sirka kislotalari, o„yuvchi natriy va matolarii bo„yashda oltingugurt birikmalari 
(Na
2
S), xlorli birikmalar (NaCL), o„yuvchi ishqor (NaOH) va boshqa kimyoviy 
moddalar qo„llaniladi.
Jamoat, turar joy va ishlab chiqarish binolarida eng ko„p tarqalgan, havoni 
ifloslantiruvchi modsalar qatoriga karbonat angidrid CO
2
kiradi. Odatdagi 
atmosfera havosida hajm bo„yicha 0,03-0,04 foiz miqdorida CO
2
bo„ladi. 
Tarkibida 4-5 foiz miqsorida CO
2
bo„lgan havo sog„liq uchun havflidir.


Zaharli moddalar inson organizmiga nafas olish yo„llari, teri va oshqozon-
ichak yo„li orqali kiradi. Ishlab chiqarish xonalarida mazkur gazlarning mavjud 
bo„lishi yoqimsiz chirindi hidini keltirib chiqaradi. Tadqiqotlar ma‟lumotlariga 
ko„ra, pilla tortish sexlarida yozda vodorod sulfidning miqsori RECHMdan oshiq 
bo„ladi, bu esa, pilla tortish xonasining havosida yoqimsiz hid bo„lishiga olib 
keladi.
Respublikamizdagi sanitariya va gigiena ilmiy-tekshirish instituti o„tkazgan 
tadqiqotlar shuni ko„rsatadiki, pilla tortish xonalari havosida hamma vaqt angina 
kasalligini qo„zg„atuvchilar - enterkoklar ko„p miqdorda bo„ladi. Ular chuvatish 
jarayonida g„umbaklardan ajralib chiqadi. G„umbaklar ichida havfli mikroblar 
mavjud bo„lib, ular pillalarga ishlov berish jarayonida chuvatish toslaridagi issiq 
suvga, undan esa xona havosiga o„tadi.
Zaharli moddalar bilan kuchli zaharlanganda quyidagi tarzda dastlabki 
yordam ko„rsatish lozim:
1) benzin, uayt-spirti bilan zaharlanganda uni toza havoga olib chiqish, tinch 
qo„yish, kiyimini yechish, valerian tomchisi ichirish, hushidan ketganda esa 
navshadil spirti hidlatish;
2) ammiak bilan zaharlanganda uning oshqozonini limon yoki sirka 
kislotalarining 1 foizli eritmasi qo„shilgan suv bilan yaxshilab yuvib tozalash;
3) dixlorat bilan zaharlanganda uni toza havoga olib chiqish, kislorod berish, 
achchiq shirin choy berish;
4) azot oksvdi bilan zaharlanganda unga kislorod berish, navshadil spirti 
hidlatish;
5) xlor va uning birikmalari bilan zaharlanganda toza havoga olib chiqish, 
kislorod berish, iliq suv bug„i bilan navshadil spirti hidlatish, kofein, korvalol 
ichirish, batamom tinch qoldirish.
Agar zararli moddalar miqlori ruxsat etilgan chekli me‟yorlardan oshib 
ketsa, shamollatish, so„rish dastgohlarining ishlashini yaxshilash hamda 
uskunalarni zichlash choralari kuriladi.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling