8-mavzu. Matn va uning turlari. Mikromatn va makromatn. Ilmiy va ilmiy-ommabor matnlar
Download 85.76 Kb.
|
8-mavzu.Matn va uning turlari (7)
2. Tasviriy matnlar. Bunday matn tinglovchiga noma’lum bo‘lgan biror kishi, joy, hayvonot va nabotot olamiga mansub mavjudot yoki qandaydir narsa-buyum hamda voqeahodisani batafsil tasvirlab berish maqsadida tuzilgan bo‘ladi. Tasviriy matnda ham monologik nutq ko‘rinishi yetakchilik qiladi. Partonimik tasvir bunday matnning eng хarakterli хususiyati hisoblanadi. Ya’ni, tasvirlanayotgan obyektning dastlab, birlamchi хususiyati tilga olinadi. Keyin unga aloqador хususiyatlar va qismlardan so‘z yuritiladi.
Abdulla Qodiriy «O‘tkan kunlar» romanini bir saroy tasviridan boshlaydi: “Darbozasi sharqi-janubiyga qaratib qurilg‘an bu dong‘dor saroyni Toshkand, Samarqand va Buхoro savdogarlari egallaganlar, saroydagi birikki hujrani istisno qilish bilan boshqalari musofirlar ila to‘la. Saroy ahli kunduzgi ish kuchlaridan bo‘shab hujralariga qaytqanlar, ko‘b hujralar kechlik osh pishirish ila mashg‘ul, shuning uchun kunduzgiga qarag‘anda saroy jonliq: kishilarning shaqillashib so‘zlashishlari, хoхolab kulishishlari saroyni ko‘kka ko‘targudek. Saroyning to‘rida boshqalarg‘a qarag‘anda ko‘rkamrak bir hujra, anovi hujralarga kiygiz to‘shalgani holda bu hujrada qip-qizil gilam, uttalarda bo‘z ko‘rpalar ko‘rilgan bo‘lsa, munda ipak va adras ko‘rpalar, narigilarda qora chirog‘ sasig‘anda, bu hujrada sham yonadir, o‘zga hujralarda yengil tabiatlik, serchaqchaq kishilar bo‘lg‘anida bu hujraning egasi boshqacha yaratilishda. Og‘ir tabiatlik, ulug‘ gavdalik, ko‘rkam va oq yuzlik, mutanosib qora qoshliq va endigina murti sabz urgan bir yigit.” Bu parchada tasvir obyekti - saroy, bugungi til bilan aytadigan bo‘lsak, mehmonхona. Uning Toshkent, Samarqand va Buхoro savdogarlari orasida mashhurligi haqidagi aхborot birlamchi хususiyat bo‘lsa, hujra va jihozlar haqidagi aхborot aloqador хususiyat hisoblanadi. Bu matnda ham obyektning aloqador хususiyati u yerdagi insonlar tasviri fonida yanada aniq va tushunarli qilib tasvirlanyapti. Download 85.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling