5-topshiriq. Matnni diqqat bilan o‘qing va uni tasviriy matn turiga mansubligini dalillar yordamida isbotlang.
Bolg‘a – zarb bilan ishlov berishda qo‘llaniladigan asbob. U kallak va dastadan iborat. Dastasi yog‘och va temirdan yasaladi. Bolg‘aning kallak qismi po‘latdan yasaladi. Turiga ko‘ra duradgorlik va temirchilik bolg‘alari mavjud. Bolg‘a metallarga bosim bilan ishlov berishda ishlatiladi. Bunda bolg‘a qizdirilgan materialga ko‘p marta uzlukli zarbiy ta’sir etib, uni deformatsiyalaydi va u asta-sekin ma’lum shakl hamda o‘lchamni oladi.
6-topshiriq. Matnni diqqat bilan o‘qing; undagi ma’lumotdan foydalanib, Asaka avtomobil zavodida ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillardan birini tasvirlab ilmiy-jmmabop matn tuzing.
avtomobil
Avtomobil – avto…va lotincha mobilis so‘zlaridan olingan bo‘lib– harakatchan, oson harakatlanadigan degan ma’noni bildiradi. O‘z dvigateli bilan harakatlanadigan g‘ildirakli yoki yarim gusenitsali relssiz transport mashinasi. Vazifasiga ko‘ra 1) passajir, ya’ni yengil avtomobil va avtobus; 2) yuk, maxsus, ya’ni o‘t o‘chirish, avtokran, kommunal; 3) poyga avtomobillariga bo‘linadi. Kuzovi alohida konstruksiyali, maxsus yuklarni tashishga mo‘ljallangani (ferma, sement, un, bitum tashuvchi, refrejeratorli va boshqalar) ixtisoslashtirilgan avtomobil deyiladi. Avtomobillar quyidagi dvigatellar bilan jihozlangan: benzinli, ya’ni porshenli yoki rotorli; dizel yonilg‘ili; gazli, ya’ni siqilgan yoki suyultirilgan yonuvchi gazda ishlaydigan; gaz turbinali; akkumulyatorlar batareyasidan yoki yonilg‘i elementlaridan ishlaydigan elektr; alohida qozon qurilmali bug‘ porshenli dvigatellar. Asosiy agregatlarining o‘rnatilishiga ko‘ra, dvigateli oldingi yoki ketingi o‘rnatilgan va ketingi o‘qi tortuvchi avtomobillarga; o‘tuvchanligiga ko‘ra yo‘llardan yuradigan, yo‘lsiz joylarda (karyerda) yuradigan, yuqori va juda yuqori o‘tuvchan avtomobillarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |