6. Buyruq mazmunli matnlar. Buyruq hamda maslahat ohangi yetakchilik qiladigan, buyruq maylidagi gaplardan tuzilgan, biror ishni bajartirish yoki turli ta’qiqlashlarni ifoda etadigan matn tipiga buyruq mazmunli matn deyiladi. Asosan qahramonlar nutqida kuzatiladi. Lekin muallif nutqida maslahat yoki tavsiya ma’nosida qo‘llanilishi ham ma’lum. Tiriklar va o‘liklar. Vaqti-vaqti bilan qabristonga borasiz. Ajdodlaringiz boshida turib o‘tganlar ruhini хotirlaysiz… Keyin… o‘z yumushingiz bilan ketasiz. Shoshilmang. Dunyo ishi bitganmas… Iloji bo‘lsa, qabristonni osoyishta aylaning. Shunda… g‘alati holat ro‘y beradi. Marhumlar sizga ko‘-o‘-o‘p narsalar aytadi… Ishoning, o‘liklar tiriklardan ko‘ra teranroq fikrlaydi… (O‘.Hoshimov)
Do'stlaringiz bilan baham: |