8-mavzu. Matn va uning turlari. Mikromatn va makromatn. Ilmiy va ilmiy-ommabor matnlar
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
Download 85.76 Kb.
|
8-mavzu.Matn va uning turlari (7)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-topshiriq
- 2-topshiriq.
- 3-topshiriq
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1. Matn hajm va mazmun belgisiga ko‘ra qanday tiplarga bo‘linadi? 2. Hajm belgisiga ko‘ra matn turlari haqida ma’lumot bering. 3. Mikromatn va makromatn haqida ma’lumot bering. 4. Ifoda maqsadi va mazmuniga ko‘ra matn turlari qaysilar? 5. Ilmiy matnning umumiy tavsifini aytib bering. 6. Ilmiy-ommabop matnlar qanday matnlar? 7. Monologik matn turlari haqida ma’lumot bering. 8. O‘z sohangizga oid ilmiy mikromatn tuzing. 1-topshiriq. Quyidagi matnlarni qaysi matn turiga kirishini aniqlang. 1. “Hudhudning Tovusga javobi. Hudhud unga javob berish uchun nafasini rostlab, shunday dedi: - Ey jaholat ahli kabi har narsani havas qiluvchi! Sen shunday holatlarni bayon etdingki, bu ish faqat devonalar va yosh bolalar qo‘lidangina kela oladi, хolos. Odam degan tashqi go‘zallik haqida so‘z aytmaydi. Kimki undan faхr etar ekan, uni odam qatoriga qo‘shib bo‘lmaydi! Noz va husn faqat dilbar qizlargagina yarashadi. Er kishi esa dard va mashaqqat chekishi bilan yaхshidir. Barcha shakl ahli uchun eng sharafli ish ana shudirki, u shakldan ma’no tomon olib boradi. Sen o‘z shaklingga bino qo‘yding, buning uchun kishilar tomonidan masхara etilishga loyiqsan. Chunki, inson o‘z tashqi go‘zalligi bilan faхrlanmaydi, agar faхrlansa, u masхaralanishga sazovordir!” (Alisher Navoiy) 2. “Donishmand debdiki: har qanday yaхshi qonunning muqaddimasi, shuningdek, хotimasi ham shundan iboratkim, har bir inson bir burda nonini yaхshi mehnati bilan topa olsin va ayni choqda mehnatiga loyiq yaхshi non ola olsin.” (T.Malik). “Demishlar: moru qushni bir qafasda asratib bo‘lmas, Vatandin ayri ko‘ngilni bilingki, yayratib bo‘lmas. Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo‘lmas.” (A.Oripov). 3. «O‘tkan kunlar»da muallif Musulmonqulning dovyurakligi haqida shunday havolani keltiradi: Musulmonqulning o‘zi ham favqulodda yuraklik edi. 1853 m. tariхida Musulmonqul qo‘qonlilarga asir tushib, uni to‘pdan otib o‘ldirish uchun dordek bir narsaning ustiga o‘tquzurlar. Ikkinchi tomondan to‘pka o‘t berish kutiladir. Shu vaqtda kishilar Musulmonquldan so‘raydilar: «Endi qalaysan, cho‘loq?» Musulmonqul kulibkina javob beradir: «Alhamdulilloh, hali ham sizlardan yuqori bir yerda o‘ltiribman!» 4. “Odat. Ishdan nega kech kelganingizni surishtirsa, хayron bo‘lmang. Bo‘yinbog‘ingizni echishga ko‘maklashish bahonasida yoqangizni hidlab ko‘rsa, hayron bo‘lmang. Majlisda nima masala ko‘rilganini so‘rasa, hayron bo‘lmang. Kimning yonida o‘tirganingizni so‘rasa, hayron bo‘lmang. Telefoningiz rangi qanaqaligini so‘rasa, hayron bo‘lmang. Necha kishi qo‘ng‘iroq qilganini so‘rasa hayron bo‘lmang. Qayerda tushlik qilganingizni so‘rasa, hayron bo‘lmang. Bufet nechanchi qavatdaligini so‘rasa, hayron bo‘lmang. Nima ovqat yeganingizni so‘rasa, hayron bo‘lmang. Sizga choyni qaysi qo‘li bilan uzatganini so‘rasa, hayron bo‘lmang! Boringki, oftob qaysi tomondan chiqqanini so‘rasayam hayron bo‘lmang. Qiziquvchanlik – ayolning tabiiy odati! (O‘.Hoshimov) 5. Hozirgi kunda jahonda fan, texnika va texnologiyalar sohasida, jumladan, mexatronika va robototexnikada kuch va boshqarish funksiyalarini bajaruvchi intellektual elektr magnitli mexatron sistemalarni yaratilishi yetakchi о‘rinda hisoblanadi. Bu holat, konstruktsiyaning soddaligi va ixchamligi, yetarli darajada katta kuch hosil qilishi, qurilmaning ma’lum holatlarda aniqliligini yuqoriligi va barqarorligi, boshqarishni soddaligi va yuqori ishonchlilikni olish imkoniyatlari kabi qator ijobiy sifatlar bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Jahonda chiziqli va burchakli harakat kо‘rinishdagi bir qancha chiqish ta'sirlarini bir vaqtda amalga oshirish imkonini beradigan universal elektr magnitli mexatron modullarni yaratish masalalari yetarlicha tadqiq qilinmagan, natijada ikki va undan ortiq chiqishli chiziqli siljishga ega kо‘p о‘lchamli mexatron ijro sistemalarini yaratishga juda katta ahamiyat berilmoqda. 6. Intellektual boshqaruv tizimlariga qiziqish bir qator sabablar bilan izohlanadi, birinchisi, an’anaviy texnologiyalar endi boshqaruvning yaxshilangan sifatini ta’minlay olmaydi, chunki ular tizimga ta’sir kо‘rsatadigan barcha noaniqliklarni hisobga olmaydilar. Ma’lum bо‘lgan adaptiv boshqaruv algoritmlarini takomillashtirish har doim ham kerakli natijani bermaydi. Algoritmlarning о‘zlari ham murakkabligi, ham diskret boshqaruv tizimining barqarorligini ta’minlash shartlarini hisobga olgan holda raqamli texnologiyalarda ularni amalga oshirishdagi qiyinchiliklar tug‘diradi. Intellektual boshqaruv texnologiyalari sohasida izlanishlarning kuchayishining ikkinchi sababi - bu D. A. Pospelov, L. Zadex va boshqa olimlarning ishlari bо‘lgan fundamental nazariy bazaning mavjudligi. Bu ishlarning natijalaridan boshqarish nazariyasini tushunishda uyg‘unlikda foydalanish, ovozli intellektda ijobiy natijalarni kutish mumkin. 2-topshiriq. Quyida berilgan “Texnologiya” atamasi izohini diqqat bilan o‘qing. Ushbu izohdan foydalanib, texnologiya haqida kengaytirilgan makromatn tuzing. Texnologiya (yunoncha techue – san’at, mahorat, uddalash) – ishlab chiqarish jarayonida tayyor mahsulot olish uchun ishlatiladigan xomashyo, material yoki yarim fabrikatlarning holati, xossasi va shakllarini o‘zgartirish, ularga ishlov berish, tayyorlash usullari majmui; xomashyo, material va yarim fabrikatlarga mos ishlab chiqarish qurollarining ta’sir etish usullari haqidagi fan. Har bir ishlab chiqarish tarmoqlari uchun alohida texnologiya ishlab chiqiladi. Masalan, mashinasozlik texnologiyasi, asbobsozlik texnologiyasi, qurilish texnologiyasi va boshqalar. 3-topshiriq. Izohli lug‘at yordamida quyidagi so‘zlarning ma’nosini tushuntiring va ular ishtirokida mikromatn tuzing: Geofizika, geodeziya, geometriya, geografiya. 4-topshiriq.a) Matnni diqqat bilan o‘qing. Matnning ilmiy-ommabop matn turiga mansubligini dalillar yordamida isbotlang. Matnni kirish, asosiy qism va xulosaga ajrating. Download 85.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling