8-mavzu: moddiy resurslar bilan ta’minlanganlik va ulardan foydalanish tahlili


Moddiy resurslar bilan ta’minlanganlikni tahlili


Download 212.31 Kb.
bet2/9
Sana05.05.2023
Hajmi212.31 Kb.
#1431764
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-MAVZU MODDIY RESURSLAR BILAN TA’MINLANGANLIK VA ULARDAN FOYDALANISH TAHLILI

8.2. Moddiy resurslar bilan ta’minlanganlikni tahlili
Moddiy ta’minotni to’g’ri tashkil qilish korxonalar uzluksiz ishlashining asosiy shartlaridan biri sanaladi.
Materiallarga rejaviy ehtiyoj quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
M = Me + Zmyo – Zmyb;
Bu erda:
M – materiallarga rejaviy ehtiyoj;
Me – rejadagi mahsulotni ishlab chiqarishni ta’minlash uchun materiallarga ehtiyoj;
Zmyo – davr oxiri uchun materiallar zaxirasi.
Zmyb – davr boshi uchun materiallar zaxirasi.
Davr boshida zaxira tashkil qilish uchun moddiy resurslarga ehtiyoj uchta baho asosida aniqlanadi:
1) natural o’lchov birliklarida, bu ombor binolariga ehtiyojni belgilash uchun zarur;
2) qiymat bo’yicha – aylanma mablag’larga ehtiyojni aniqlash uchun;
3) ta’minlanganlik kunlarida – etkazib berish grafigi bajarilishini rejalashtirish va nazorat qilish maqsadida.
Korxonaning kunlar bo’yicha zaxiralar bilan ta’minlanganligi quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
Bu erda Zk – kunlar bo’yicha xom ashyo va materiallar zaxirasi;
Zmi – i-turdagi material resurslarning natural yoki qiymat ko’rsatkichlarida ifodalangan zaxiralari;
P1gi – i-turdagi material resurslarning xuddi shu o’lchov birligida bir kunlik sarfi.
Materiallarning bir kunlik sarfi tahlil davri uchun i-turdagi material resurslarning jami sarfini davrdagi kalendar kunlar miqdoriga bo’lish bilan aniqlanadi.
Zaxiralarni qoplashning ichki va tashqi manbalari mavjud.
Tashqi manbalarga tuzilgan shartnomaga muvofiq etkazib beruvchilardan olingan material resurslar taalluqli sanaladi.
Ichki manbalar – bu xom ashyoni chiqitga chiqarishni kamaytirish, ikkilamchi xom ashyodan foydlanish, material va yarimfabrikatlarni o’zi tayyorlash, ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlarini joriy qilish natijasida materiallarni tejash.
Material resurslar bilan ta’minlanganlik tahlili jarayonida quyidagilar aniqlanadi:
1) material resurslarga ehtiyojlarning ularni etkazib berish bo’yicha shartnomalar bilan ta’minlanganlik darajasi va uning bajarilishi;
2) etkazib berishlar maromiyligi va ishlab chiqarish dasturi bajarilishiga etkazib berishdagi buzilishlar ta’siri;
3) tovar zaxiralari bilan haqiqatda ta’minlanganlikning rejadagi bilan muvofiqligi;
4) material resurslar bilan ta’minlash etarli bo’lmaganligiga bog’liq ravishda ishlab chiqarish hajmining kamayishi.
Material resurslarga ehtiyojlarning etkazib berish bo’yicha shartnomalar bilan ta’minlanganlik darajasi quyidagi ko’rsatkichlar orqali baholanadi:
  • reja bo’yicha ta’minlanganlik koeffitsienti Kt.r:
  • haqiqatda ta’minlanganlik koeffitsienti Kt.h:

Haqiqatda etkazib berilgan material resurslar qiymati
Kt.h =
Rejaviy ehtiyoj

Download 212.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling