8-Mavzu Ochiq ma’lumotlar portali. O’zbekiston Respublikasining Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risidagi qonuni


Download 375.22 Kb.
bet8/19
Sana26.08.2023
Hajmi375.22 Kb.
#1670374
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
elektron hukumat

Elektron hujjatlarni saqlash
Elektron hujjatlar elektron hujjat aylanishi ishtirokchilari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanishi kerak.
Elektron hujjatlarni saqlash chog‘ida ulardan erkin foydalanish va ularning qog‘oz nusxalarini taqdim etish imkoniyati ta’minlanishi lozim.
Elektron hujjatni saqlash muddati, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, shunga o‘xshash maqsadga mo‘ljallangan qog‘oz hujjat uchun belgilangan muddatdan kam bo‘lmasligi kerak.
Elektron hujjat aylanishida elektron hujjatlarni muhofaza qilish
Elektron hujjat aylanishida elektron hujjatlarni muhofaza qilish elektron hujjat aylanishining ishtirokchilariga yoki boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga zarar yetkazilishining oldini olish maqsadida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ishlab chiqish maqsadi

  • Davlat hokimiyatining turli darajalaridagi hujjatlarning ijro holatini markaziy va operativ nazoratini ta’minlash;

  • Topshiriqlar ijrosida kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ogohlantirish choralarini ishlab chiqish;

  • Hujjatlar ijrosida ma’sul shaxs javobgarligini aniqlash imkoniyatini ta’minlash va ijro intizomini oshirish;

  • Ijrodagi hujjatning joyi va holati bo‘yicha tezkor hisobotlarni shakllantirishni ta’minlash;

  • Davlat organlariga yuklatilgan topshiriq va farmoyishlarning ijrosi samaradorligini oshirish.

TAQDIM ETISh ShAKLLARI
EHT elektron ko‘rinishdagi istalgan tipdagi hujjatlarni yaratish va ular bilan ishlashni ta’minlaydi
EHTdagi elektron hujjat ro‘yxatga olish-nazorat kartochkasi (RNK) ko‘rinishida taqdim etiladi
Elektron hujjatlar turlari: kiruvchi, chiquvchi, ichki va kelgan murojaat
Elektron hujjat rekvizitlari va hujjatning mazmunidan iborat
TIZIM FUNKSIYaLARI

  1. Elektron hujjatni yaratish

  2. Qog‘oz hujjatni avtomatik skanlash

  3. Kiruvchi hujjatni ro‘yxatga olish va unga rahbariyat tomonidan rezolyutsiya qo‘yish

  4. Nazorat kartochkasini yuritgan holda hujjatni nazoratga qo‘yish

  5. Elektron hujjatni bajarish

  6. Hisobotlarni tuzish

  7. Elektron hujjatni izlash

  8. Elektron hujjat bajarilmaganligi to‘g‘risida eslatmalarni avtomatik tarzda olish


Download 375.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling