8-Mavzu Ochiq ma’lumotlar portali. O’zbekiston Respublikasining Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risidagi qonuni


Download 375.22 Kb.
bet4/19
Sana26.08.2023
Hajmi375.22 Kb.
#1670374
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
elektron hukumat

10-Mavzu
Administrativ va operatsion jarayonlarni tashkil etish va reinjiniringi bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar .
Biznes – jarayonlar reinjiniringi
(BPR)

Biznes – jarayonlar reinjiniringi bu biror korxonada uning muhim faoliyat ko‘rsatkichlarini sezilarli yaxshilash maqsadida ish jarayonlarini to‘la ro‘yxatdan o‘tqazish, tahlil qilish va qayta tashkillashtirish.
Biznes - jarayon – iste’molchi uchun ma’lum bir qiymatga ega bo‘lgan, bir maqsadga yo‘naltirilgan o‘zaro bog‘langan faoliyat turlarining majmuasidir.
Biznes – jarayonlar - bu mijozlar uchun mahsulotlar yoki xizmatlar yaratishga asoslangan yo‘nalish bo‘lib, o‘zida tadbirlar va vazifalarni mujassamlashtiradi. Faoliyatni grafik ko‘rinishda tasvirlash uchun biznes – jarayon blok–sxemalaridan foydalaniladi.
Xozirgi kunda zamonaviy korxona va firmalar tomonidan umum qabul qilingan va tashkilot rivojida muxim o‘rin tutadigan zamonaviy axborot texnologiyalarini tadbiq qilish orqali biznes jarayonlar reinjiniringi amalga oshiriladi.
Biznes–jarayonlarni reinjiniringi quyidagi nomlar bilan ham mashhur:

  • biznes–jarayonlarni modernizatsiyalash;

  • biznes–jarayonlar o‘zgarishlar menejmenti;

  • biznes–jarayonlarni shakllantirish.

Ishni reinjiniring qilish: bu avtomatlashtirish emas, balki butkul o‘chirishdir. Maykl Xammer. 1990
Massachusets texnologiyalar institutining (MIT) kompyuter ilmi fanlari sobiq professori Maykl Xammer 1990-yilda o‘zining «Ishni reinjiniring qilish: bu avtomatlashtirish emas, balki butkul o‘chirishdir» deb nomlangan ilmiy maqolasini Harvard Business Review jurnalida chop qilgan edi.
Uning ilgari surgan g‘oyasi quyidagicha edi:
Ko‘pgina biznes jarayonlar iste’molchilarning extiyojlarini e’tiborga olmasdan avtomatlashtirilmoqda va buni to‘xtatish kerak, bu ishlab chiqarishni tezlatmaydi ...
Biznes – jarayonlar reinjiniringi asosiy ma’nosini quyidagi 2 ta bosqichda aniqroq tasavvur qilish mumkin:

  • Biznes – jarayonlarni optimal (ideal) ko‘rinishini aniqlash;

  • Mavjud biznes – jarayonni amalga oshirishda eng yaxshi (vaqt, resurs va h.o) maqbul yo‘llarini tanlash.

Biznes – jarayonlarni reinjiniring qilishning tartibi:

  • Jamoaviy strategiyani ishlab chiqish;

  • Strategiyani amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan asosiy vakolatlarni aniqlash;

  • Mavjud jarayonlarni batafsil tahlil qilish;

  • O‘zgartirish zarur bo‘lgan jarayonlarni aniqlash;

  • Biznes – jarayonlarni effektivligini ko‘rsatuvchi asosiy kalit ko‘rsatkichlarini aniqlash;

  • Asosiy reinjiniring;

  • Asosiy effektivlik kalit ko‘rsatkichlaridan foydalangan holda takomillashtirib borish va monitoring qilish


Download 375.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling