8-mavzu. Og’zaki an’anadagi professional musiqa uslublarining qaror topishi. Reja


Qabila, qishloq jamoa marosimlari bilan bir qatorda umumxalq bayram va tantanalarning joriy etilishi


Download 32.13 Kb.
bet2/8
Sana19.06.2023
Hajmi32.13 Kb.
#1610231
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-mavzu 23

2. Qabila, qishloq jamoa marosimlari bilan bir qatorda umumxalq bayram va tantanalarning joriy etilishi.
“O’rta Osiyo miloddan avvalgi VI-II ming yilliklarda ikki katta madaniy-tarixiy viloyatlarga ajraladi. Ular bir-birlaridan yashash tarzi va madaniy an’analari bilan farqlangan: ulardan birining aholisi o’troq dehqon va chorvador qabilalar bo’lsa, boshqasiniki, ko’chmanchi qabilalar edi. Qadim zamonlarda madaniyatning ham ikki xil yo’nalishda rivojlanganligi ma’lum bo’ladi: bu dehqonlar, shahar sharoiti hamda ko’chmanchi qabilalar yo’nalishlaridir. Bu yo’nalishlar o’zaro kesishib, bir-biriga ta’sir o’tkazib kelgan bo’lsa-da, ammo keyinchalik ham o’zaro qorishib ketmagan. Bu esa badiiy ijodiyot (xususan musiqa) sohasida merosning turli qatlamlari shakllanishiga olib kelgan. Moddiy madaniy yodgorliklarda shahar madaniyati ko’chmanchi qabilalar madaniyatiga nisbatan ko’proq xajmda saqlanib qolgan. Bu esa ularning arxeologik va tarixiy tadqiqotlarda birdek yoritilmaganligidan dalolatdir”7. Ma’lumki, qadimgi davrlar tarixini o’rganishda uch asosiy manbaga tayaniladi:
1.Arxeologik yodgorliklar (topilmalar).
2. Yozma manbalar (qadimgi kitoblar, xronikalar).
3.Xalq og’zaki ijodi namunalari.
Qadimiy afsonalarda juda ko’p shaxslarning nomlari va ular bilan bog’liq voqealar tasvirlanadi. Ayniqsa marosimlar, bayramlar haqida ma’lumotlar biz uchun qiymatlidir. Qadimgi bayramlardan Navro’z, Mexrjon, Dionisiy (A.Makedonskiy nomi bilan bog’liq)lar haqida gapirish mumkin.
Navro’z — yilning yangi kuni, ya’ni tabiatning qaytadan o’yg’onishi. Bu albatta har tomonlama poklanish va yangitdan «paydo bo’lish» — yaratilish bilan bog’liq. SHu bois bo’lsa kerak bu jarayon eng ezgu niyatlarni hamroh qilgan, Yaxshi niyatlar bilan yangi kunga qadam qo’yilgan. Insonlarning bir-birlariga bo’lgan adovatlari unutilgan. Xalqning keksalari ulug’lanib ularni duolari olingan va yerga urug’ sanchilgan. Bunday bayramlarda insonning ruhiyatini ko’taradigan, shod qiladigan musiqalarni ijro etish va yangi kunni eng chiroyli go’zan ohanglar bilan kutib olish odatiy tus olgan. O’z o’rnida bunday bayramlarni xususiyatiga mos bo’lgan asarlar yaratilgan, shunga xos an’analar shakllangan. SHunday sayllarni fayziga fayz qo’shadigan cholg’ular va ular ijrochiligi va musiqalari yuzaga kelgan.
Mexrjon bayrami kuzdagi yig’im-terimdan so’ng o’tkaziladigan bayram bo’lib, bu bayramda ham musiqaning ahamiyati katta bo’lgan.
Dionisiy bayramining kelib chiqishi asli qadimgi Yunoniston bilan bog’liq bo’lib, uzum ilohi Dionisiy nomi bilan bog’liq. Bunda odamlar uzum hosili mo’l bo’lishi uchun uzum shoxlari, mevalari bilan o’zlarini bezab raqs tushib, qo’shiqlar ijro qilishgan.

Download 32.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling