8-mavzu. Og’zaki an’anadagi professional musiqa uslublarining qaror topishi. Reja


Musiqa ijrochiligining ravnaq topishi, musiqa shakllarining takomillashuvi, turkumli yirik asarlarning yuzaga kelishi


Download 32.13 Kb.
bet8/8
Sana19.06.2023
Hajmi32.13 Kb.
#1610231
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-mavzu 23

8. Musiqa ijrochiligining ravnaq topishi, musiqa shakllarining takomillashuvi, turkumli yirik asarlarning yuzaga kelishi.
Xorazmshoh Sulton Muhammad o`zi barbat (ud)da navva (turkumli asar)lar chalib huzur topishni odat etgan. Hattoki Xorazmshoh muhim davlat ishlariga qo`l urishdan oldin unga ruhiy tayyorlanib, miriqib kuy chalib, aql va tuyg’ularini sozlab bo`lgandan keyin kirishar ekan. Zamonasining eng "Buyuk ustoz - Shayxi sharif" unbo’nini olgan qomusiy olim Faxriddin Roziy musiqashunoslik tarixida ham alohida o`rin tutadi. Uning "Jome’ al-ulum" qomusining musiqiyga vag’ishlangan qismi Forobiy va Ibn Sino bilan keyingi davrlar o`rtasidagi juda muhim bo’sqich hisoblanadi. Roziyning risolasi Forobiy va Ibn Sinolarning arab tilida yaratilgan musiqiy asarlaridan mahalliy tillardagi iboralarning qo`llanilishi, masalan, ud cholg`usining qadimgi nomi "barbat" bo’`lganligi haqidagi mulohaza bilan ham farq qiladi. Zikr etilganlarga o`xshagan ko`plab ma’lumotlar, Xorazm - musiqiy an’analar avvaldan e’zozlanib, taraqqiy etib kelayotgan, sozparbar maskan ekanligidan dalolat beradi. Ribo’yatatlarda aytilishicha, "Xorazm poytaxti Ko`hna Urganch ma’mur va obo’d zamonlarda Chingizxon Ko`hna Urganchni xarov qilmasdan ilgari Ko`hna Urganch shaharida sokin bo’`lgan odamlarini aksarisi musiqiyni o`zlarina bir hunar va kasb ittixoz qilganlar. Hatto mazkur asalarning mubolag`a bila ko`rsatganiga qaraganda yolg`iz Ko`hna Urganch shaharida dutor sozina eshak yo`nib, sotib o`ngishiqlarini shul hunarlari bila o`tgaradurg’on kishilarning miqdori bir mingga yetishadur" degan ma’lumotlar mavjud. Forobiy, o`rta asrdagi barcha fanlarga katta hissa qo`shgan O`rta Osiyoning X - XI asrlardagi buyuk olimlari Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Abu Ali ibn Sino (980-1037) yashab ijod qildi. Somoniylar davlati shaharlari orasida Buxoro katta shuhrat qozondi.
Marog`iy - zamonasining deyarli barcha diniy va dunyobiy ilmlarini egallagan, qomusiy ko`lamdagi shaxs. Olim qalamiga mansuv "Zuvdat ul-adbor", "Maqasid ul-ilqon", "Jome’ ul-alqon" va boshqa musiqa risolalari bugungi kunda ham o`zining ilmiy va amaliy ahamiyatini yo`qotgan emas. Bundan tashqari, u qur’on ilmini o`zlashtirgan mohir hofiz, maxsus diniy qo`shiqlar ijrochisi-xonanda, xilma-xil asboblarda ijro etadigan zabardast cholg`uchi, arab, fors va turkiy tillarda ijod qilgan shoir va turli janrlardagi musiqiy asarlarning muallifi bo`lgan. So`nggi sohada u shunday bir oliyjanob namunalar ijod qilganki, ularning shon-shuhrati bizning davrimizgacha saqlanib kelgan. Masalan, Marog`iy zamonida "miyatayn " (arabcha lug`abiy ma’nosi ikki yuz") deyiladigan 200 usuldan iborat musiqiyning murakkab shakli joriy etilgan. Marog`iyning o`zi shunday bir "miyatayn" yaratganki, uningdovrug`i keyingi vaqtlarda ham pasaygan emas.Yoki bo’`lmasa, u paytlarda klassik musiqaning eng murakkab turlaridan biri - "navvati murattav"(tartiblashgan navvat) bo’`lgan. Navvat (lug`atda navvaning ko`plik soni, istiloxda izma-iz keluvchi) murakkab, ko`p qismli asarni bildiradi. Murattav - "tartiblashgan", "tartibga solingan degan ma’noni ifodalaydi. "Navvati murattav" esa qonun-qoidalari muhimlashgan turkumli asar ma’nosini anglatadi. Marog`iy davrida "navvati murattav" quyidagi to`rtga asosiy qismdan iborat bo’`lgan:

  1. qavl - vazmin va ulug`bor holatdagi musiqa asari, so`z matni arabcha;

  2. g`azal - lirik kayfiyatdagi forsiy va turkiy she’rlar ijro etilgan asar;

3) tarona - kichikroq hajmdagi;


1 Р.И.Грубер. Всеобщая история музыки I. «Музгиз», М., 1965, с.4

2 Раҳмонов М. Ўзбек театри. Қадимий замонлардан XVIII асрга қадар. “Фан”, Т., 1975, 49-б.

3 Геродот. История. I., М., с.201-202

4 Берштам А.Н. Наскальные изображения Саймали таш // «Советская экономика», М., 1952, №2

5 Раҳмонов М. Ўзбек театри. Қадимий замонлардан XVIII асрга қадар. “Фан”, Т., 1975, 50-б.

6 Бу хусусда қаранг: Маҳмуд Қошғарий. Девону луғотит турк. Т., 1963

7 История музыки народов Средней Азии и Казахстана. М., «Музыка», 1995, с.8

Download 32.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling