8-mavzu. Og’zaki an’anadagi professional musiqa uslublarining qaror topishi. Reja


Bularning peofessional musiqa san’atining yuksalish jarayoniga ta’siri


Download 32.13 Kb.
bet5/8
Sana19.06.2023
Hajmi32.13 Kb.
#1610231
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-mavzu 23

5. Bularning peofessional musiqa san’atining yuksalish jarayoniga ta’siri. O`zbek xalqining musiqa madaniyati ko`p asrlik tarixga ega, ko`pgina sozanda va xonandalar avlodining faoliyatida qaror topgan xalq hamda og`zaki an’anadagi professional musiqa san’ati bu haqda gubo’hlik beradi. Moddiy madaniyat yodgorliklarining tasdiqlashicha, bugungi O`zbekiston territoriyasida O`rta Osiyo xalqlari ajdodlari yaratgan qadimgi sibilizatsiya mavjud bo’`lgan. Arxeologiya ma’lumotlari, tasviriy san’at asarlari (sharq poetik ijodiyoti asarlarida tasbirlangan miniatyuralar), sharqshunoslarining yangi tadqiqotlari va, nihoyat o`rta asrdagi O`rta Osiyo olimlarining musiqiy risolalari tarjimasi o`zbek xalqi musiqa madaniyati taraqqiyotining tarixiy jarayonini tasavbur qilishimizga yordam beradi. O`zbek xalqi ajdodlarinig musiqa sarchashmalari O`rta Osiyo territoriyasida yashagan qardosh xalqlar, birinchi navvatda tojik xalqi ijodi bilan mustahkam bog`langan. Shunday qilib, xalq ijodi va mahalliy professional an’ana kelajakda og`zaki an’anadagi yirik professional asarlar tug’ilishi uchun asos bo`lib xizmat qildi. Ayrim keng tarqalgan maqom kuy tuzilmalarining turkcha nomi, masalan, «Avji turk» deb atalishi ham bejiz emas. Ehtimol, vafot etgan kishining jasadi tepasida turib maxsus aytuvchilar tomonidan deklamatsion xarakterda marsiya aytib yig`lash odati qadimgi turk qabilalaridan qolgandir. Ehtimol, o`zbek baxshilari turk xalq xonanda-azonchilarining ijodiga mansuv ifoda uslublaridan foydalangandir, zeroki buni o`zbek folklorining rang-barangligi, uning kuy, lad va ayniqsa, ritmik tuzilishida ko`rish mumkin. Shunday qilib, VII-VIII asrlarga kelib mahalliy musiqa an’analari aniq bo`lib qoldi, xalq va professional musiqaning og`zaki an’analari shakli vujudga keladi. O`rta Osiyoning arab xalifaligiga qo`shib olinishi ma’lum darajada ijobiy ahamiyatga ham ega edi. Arablar o`z navvatida musiqa san’ati sohasida mahalliy aholidan ko`pgina narsalarni o`rganib oldilar. A. Isfahoniyning arab tilida yozilgan «qo`shiqlar kitobi»ga ko`ra juda ko`p O`rta Osiyo kuylaridan arablar foydalangan. Masalan, -Musadjiq nomi bilan mashhur bo’`lgan birinchi arab qo`shiqchisi O`rta Osiyoda (boshqa mamlakatlar qatori) ham bo’`lib, turli xil kuylarni tanlab oldi va ular zaminida qo`shiqlar ijrosi sistemasini yaratdi. Boshqa bir qo`shiqchi - Ibn Muqriz esa birinchi bo’`lib O`rta Osiyolik qo`shiqchilardan o`rgangan holda arab baytlarini ijro eta boshladi. Al Forobiy turli xil asboblar tovush qatorlarini o`rgana borib, Xuroson tanburiga alohida e’tibor berganining o`zi ham mahalliy musiqa asboblarining ahamiyati katta ekanligidan gubo’hlik beradi. Ibn Misyaxning bayon qilishicha qadimgi arab musiqa nazariyasi fars va Bizantiyaliklarning musiqa madaniyati ta’siri ostida yuzaga kelgan. U 8ta asosiy soz ohangni barmoqlarni ishlatish natijasida yuzaga kelishini va ulardan oltitasi ritmik holatda tarqalgan. Eng avvalgi arab qo’shiqlari “ashula haqidagi kitob” asari Unus –al –Kotib tomonidan yozilgan bo’lib Omiuadlar sulolalari davrida paydo bo’lgan. Boshqa uning “Kuy haqida kiitob” asarida birinchi ilmiy mehnati hamda nazariyasini yaratgan. Bizgacha Ibn Surayyaning “Etti qo’shiq “asari etib kelgan.

Download 32.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling