8-mavzu. Og’zaki an’anadagi professional musiqa uslublarining qaror topishi. Reja


Sharq mumtoz musiqasining nazariy asoslari -


Download 32.13 Kb.
bet7/8
Sana19.06.2023
Hajmi32.13 Kb.
#1610231
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-mavzu 23

Sharq mumtoz musiqasining nazariy asoslari - Mumtoz musiqa va uning tarqalishi bilan bog`liq bo`lgan kasb-hunar azaldan amaliy va nazariy bilimlarni o`z ichiga oluvchi yagona ilm hisoblangan. Sharq klassik musiqasining nazariy masalalari Forobiy, Ibn Sino, Safiuddin Urmaviy, Abdulqodir Marog`iy, Abdurahmon Jomiy, Najmiddin Kavkabiy, Darvesh Ali kabi ulkan olimlar tomonidan atroflicha o`rganilgan. Ularning asarlari musiqa ilmining poydeborini tashkil qiladi. Risolalarda mumtoz musiqaning ijtimoiy hayotdagi o`rni, tarixiy shakllari, ijrochilik masalalari hamda ular negizidaqi kuy va usul tuzilmalarining tarkib topish qonun-qoidalari vatafsil yoritilgan. Nomlari zikr etilgan musiqashunoslarda har birining o`ziga xos tomonlari bo’`lishi bilan bir qatorda umumiy qarashlar, borisiylik rishtalari, izchil an’analar ham yaqqol sezilib turadi. Ular ijodi tabiiy ravishda bir-birini to`ldirib, umuman, mumtoz musiqa asoslariga nisvatan yagona ilmiy an’ana bo`lib gavdalanadi. Darvesh Ali ijodi ulug` musiqashunoslar silsilasidagi so`ngi halqa. Undan keyin yuzaga kelgan musiqiy risolalarda, ilmiy-nazariy salohiyat tobora pasayib borishi kuzatiladi. Darvesh Alidan so`ng, ya’ni XVII asrning ikkinchi yarmi XX - asrning boshlarida yozilgan manbalarda yuzaki ma’lumotlar, o`tmish mualliflaridan oddiy ko`chirmalar, ilmiy-nazariy qarashlar o`rniga ribo’yatat va afsonalar ko`proq o`rin oladi. Tarixiy ma’lumotlarning dalolat berishicha, XVII asrning ikkinchi yarmida yuzaga kelgan madaniy-ma’rifiy inqiroz tufayli ko`plab mohir sozanda va musiqashunoslar boshpana axtarib, Movarounnahrdan Hindistonga, Boburiylar saltanatiga safar qilganlar.
7. Professional sozanda-xonanda guruhlarining faoliyati va bastakorlik ijodiyoti. Xalqimizda "sozandaga chinakam baho beruvchi, uning ustozi va talabgori - eshituvchi" degan gap bor. Bunda tushunib eshituvchi - xos shinavanda ko`zda tutiladi, albatta.
Mumtoz musiqamizning "zamzama", "tarona" (eski shakli "taronik" – “taronacha”, "buxorcha", "farqonacha"ga o`xshagan uslub tushunchasi), "subora" ("asp ros") kabi iboralarining ildizlari ham "Avesto" davrining urf-odatlariga borib taqaladi Zikr etilgan eski musiqiy belgilar, keyingi davrlar mafkurasiga binoan yangicha ma’no va mazmunlar bilan to`ldirilgan, albatta. qanday bo`lmasin bu ramzlar zamonlar osha bizgacha moziydan yetib kelgan sadolarga aloqador so`zlardir. Buni arxeologiya,etnografiya va boshqa fanlar bergan ma’lumotlar ham tasdiqlaydi. Sinfsiz jamiyat sharoitida O`rta Osiyoda musiqa asboblarining asosiy - ya’ni urib chalinadigan, puflab chalinadigan va torli sozlar turlari vujudga kelgan edi.
Butun Sharqqa mashhur bo’`lgan va keyinchalik Sharq adabiyoti mumtoz asarlarida tasbirlangan O`rta Osiyoning yirik sozanda va xonandasi, o`nlab kuylar ijodkori Barbad (yoki Faxshobo’d)ning nomi mashhur bo’`ldi. Marv (Turkmaniston dagi hozirgi Mari) shahrida istiqomat qilgan Barbad VII asr boshlarida Eron sosoniylari sulolasidan bo’`lgan Xisrav saroyida xizmat qildi. Tarixchilar bergan ma’lumotlardan ma’lumki, Barbad madxiya va tarixiy qo`shiqlar, harbiy g`alabalar to`g`risida qo`shiqlar ijod etgan. Ozarbayjon adabiyotining klassigi Nizomiy «Xisrav va Shirin» dostonida Barbadning san’at shinavandalariga favqulodda kuchli ta’siri to`g`risida yozgan. Musiqashunoslarning bergan ma’lumotlariga qaraganda, Barbad ihtiro etgan “Barbod musiqa asbobi” ni yaratgan. U yartgan asarlarni Barbad yaratgan cholg’u asboblarida sozandalar orkestr va ansambllar kuylar ijro etib o’rganib kelmoqda. Barbad ihtiro etgan o’rdak ko’ksiga o’xshagan, kalta gardanli cholg’u asbobi, “Ban, Musallas, Zer” deb atalgan va to’rt tordan iborat bo’lgan. Keyinchalik Zalzalroziy (IXasr) Iso Barbodiy (XI asr) bu asbobni takomillashtirib, tar va pardalar bilan bo’yitganlar, Barbod yaratgan cholg’u asbobi keyinchalik qayta ishlanib, mykammallashtirilgan va avloddan avlodga o’tib kelgan. Bastakorlar arab mamlakatlarida “Baxibod”, “Paxlabo’z” va “Borid” tahalluslari bilan shuxrat qozongan. Bulardan “Savzori sabz”, “Partabiy Farxod”, “Kuni siyovush”, “bog’ishaxriyor”, “Shabdiz” kabi mavsum va marosim qo’shiqlarini Barbod o’zi yaratagan. Barbod ijodi o’tmishi musiqashunoslar tomonidan yuksak baxolangan. “Eron musiqasi bilan tanish” kitobining muallifi Aziz Shayboniy, “Barbod Sharq musiqasi tarixida eng yorqin siymolardandir. Barbod sarzamin halqlarining musiqiy ilmi hotasi sozi, ovozininig asoschisidir” deb yuksak baho bergan. Al Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abdurahmon Jomiy musiqaga doir risolalarida Barbodning musiqiy istedodini ezozlagan va undan ijodiy ilxom olgan. Barbod VII asrning o`rtalarida Marvda vafot etgan.
Masalan, hofizi Abro` yozadi: «Xushovoz hofizlar va shirinnabo’z sozandalar esa fors namunalari, arab ohanglari, turkiy an’analar, mo`g`ul ovozlari, xitoyliklar (ashula aytish) qonunlari va oltoyliklar o`lchovlari asosida kuy chalib, qo`shiq aytar edilar». Navoiyning "Mеzonul-avzon"ida sharx etilgan shе'riyat qoidalariga doir masalalar bilan Jomiy risolalaridagi musiqaning nazariy masalalari o`rtasida juda katta umumiylik bor. Bu ikki ulug` siymoning ikki asari bir-birini to`ldiradi hamda ba’zi shе'riyat va musiqa nazariyasiga doir masalalarni chuqurroq tushunishga yordam vеradi. Musiqa ilmidagi "Adbori iko'" bilan shе'r vaxr o`lchovlarida kеltiriladigan doiralar ham bir-biriga elеmеntar mos kеladi. Navoiy va Jomiyning ko`tarib chiqqan nazariy masalalari, ularning o`zlari tomonidan amaliyotda ham ko`rsatilib, tasdiqlab vеrilgan edi. Natijada ular shе'riyat bilan musiqaning aloqalarini nazariy jixatdan mustaxkamlovchi butun bir maktab yaratib vеrdilar. Bu maktab Navoiy zamonidan boshlab, to bizning kungacha aruzda ijod etgan shoirlar, sozanda-xonanda va bastakorlar uchun muxim maktab bo’`ldi va ularning badiiy-estеtik qobiliyatini tarbiyalashda xal etubchi ahamiyat kasb etdi.
Buxoroda va keyinchalik Ibn Sino yashab ijod etgan Urganch, Ray, Hamadon kabi markaziy shaharlarda bastakorlar, ustoz xonanda va sozandalar ijodining barq, urishi, musiqa tafakkurining yuksak namunalaridan bo’`lgan maqomlarning joriy qilinishi musiqa ilmiga ham katta extiyoj tug`dirdi. Ibn Sino asarlari esa bu borada vebaho ahamiyat kasb etadi. Musiqa ilmiga oid masalalar Ibn Sinoning ko`plab asarlarida o`z ifodasini topadi. Afsuski, ularning hammasi ham bizgacha yetib kelmagan. Masalan, Ibn Usayva tilga olgan «Madhal san’ati al musiqa» («Musiqa san’atiga kirish»), Ibn Sinoning o`zi «Shifo» kitobida qayd qilgan «Kitob al labohiq («qo`shimchalar kitobi») kabi musiqaga oid asarlar hanuzgacha fanga ma’lum emas. Ibn Sinoning musiqa merosi asosiy yirik qomusiy asarlari orqali bizgacha yetib kelgan: «Shifo.» kitobining «Jabo’mi ilmal-musiqa» («Musiqa ilmi yig`indisi») deb nomlanuvchi bo’`lagi; «Najot» kitobining Muxtasar ilm-al musiqa («Musiqa ilmi haqida qisqacha ma’lumot»); «Donishnoma»ning musiqaga oid qismlari. Bundan tashqari, Ibn Sinoning boshqa fanlarga vag`ishlangan «Tib konunlar» va «Ishq, risolasi» kitoblarida ham musiqaga tegishli ma’lumotlar berilgan. Ibn Sinoning musiqaga oid qarashlari «Jabo’mi ilm-al musiqa»da to`laroq; aks ettirilgan. «Muxtasar ilm-al musiqa» va «Donishnoma»ning musiqa qismlari esa o`sha asar asosida tuzilgandir.
Navoiyning ijodida musiqaning ba’zi nazariy va amaliy masalalari ham o`z ifodasini topgan. Navoiyning o`zi bastakor sifatida ijro uslublarini egallab, cholg`ularda maxorat bilan chalardi. U ashulalarga moslab oromvaxsh dilrabo g`azallar yaratgan. Binobarin, musiqa nazariyasini ham asosli ravishda chuqur bilganligi uning "Mеzonul-avzon" asaridan yaqqol ko`rinadi. Navoiyning bu asari shе'r o`lchovlarini asoslab vеruvchi mukammal risoladir. Unda musiqa nazariyasi bilan boshqa bo`lgan qator xolatlar bor. Yozma manbalardan ma'lumki, musiqa va shе'riyatning nazariy asoslari bir-biri bilan chambarchas borlikdir. Aruz ilmi esa, musiqaning ritm qoidalari asosida yuzaga kеlgan. Bu masalani yoritishda Navoiyning "Mе­zonul-avzon" asari ham yordam vеradi. Navoiyning ko`rsatishicha shе'r vaznlari sabab, vatad va fosila - dеyilgan uch xil ruknlardan tuziladi. Musiqa risolalarida ham xuddi shunday. Shе'r o`lchovlari xarakatli va xarakatsiz undoshlar vositasi bilan yuzaga kеladi. Musiqa nazariyasida esa ritm o`lchovlari shartli qabul etilgan (tan, tana, tanan, tanna, tananan kabi) so`zlar vositasi bilan ifodalanadi. Shе'r o`lchovlari va musiqa ritm o`lchov­lari bir xil asosga ega ekanligi ularning uzun-qisqa o’rinlardan tashkil topganligidadir.

Download 32.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling