8-mavzu: O’quv ish jarayoni faoliyatini loyihalash. O`quv mashg`ulotning texnologik xaritasi


Asosiy qism. YAngi mavzu bayoni. Simfonik orkestr


Download 259.36 Kb.
bet2/3
Sana02.05.2023
Hajmi259.36 Kb.
#1421991
1   2   3
Bog'liq
8-ma\'ruza tex

Asosiy qism. YAngi mavzu bayoni.
Simfonik orkestr
Simfonik orkestr - orkestr turlari ichida butun dunyoga keng tarqalganligi bilan barchaga ma’lum. Simfoniya - grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, ko‘p tovush degan ma’nosini bildiradi.
Orkestr - grekcha (orchestra) saxna oldidagi joy degan ma’noni bildiradi. Simfonik orkestr ko‘p vaqt, ya’ni XVI-XVII asrlar davomida rivojlanib, XVIII asrga kelib yanada shakllangan va shundan keyingina simfonik asarlarni ijro etish imkoniyati yaralgan.
Birinchi simfonik orkestrlar tarkibida torli kamonli cholg‘ular (skripkalar, veolonchel) va tirnab chalinadigan (lyutnya, arfalar) cholg‘ular guruhi asosiy o‘rinni egallar edi. Klavesin va organ cholg‘ulari esa kontinou-klavish guruhining asosiy qismini tashkil etgan. Ba’zida damli cholg‘ular qo‘shilgan.
XVIII asrning oxirlarida klassik orkestr to‘lik shakllangan va u «Kichik simfonik orkestr» deb nom olgan. Bular:
- I - skripkalar (8-10 ta); II - skripkalar (4-6 ta); altlar (2 - 4); violonchel (3 - 4); kontrabaslar (2 ta);
- yog‘och damli cholg‘ular 2tadan: fleyta, goboy, klarnet; fagot.
- valtorna (2ta), truba (2ta) va litavralar kirgan.
Ana shunday kichik orkestrlar uchun I.Gaydn, Motsart, Betxoven, Glinka kabi kompozitorlar ko‘pgina simfonik asarlarni yaratganlar.
XIX asrga kelib simfonik orkestrlarning tarkibi kengaytirilib, cholg‘uchilar soni ko‘paytirilgan va natijada «Katta simfonik orkestr» vujudga kelgan. R. SHtrausning ba’zi operalarini ijro etish uchun 100 kishidan iborat orkestr mo‘ljallangan. G. Malerning №8 simfoniyasida 1000 kishidan iborat (katta simfonik orkestr, solistlar, 3 ta xor) orkestr qatnashgan. XX asrga kelib esa bunga teskari tendensiya, ya’ni oddiy, ixcham orkestrlar qo‘llanila boshlandi va 50-70 yillardan boshlab orkestrlar «Amerikachasiga» joylashtirila boshlandi (Amerikanskaya rassadka).
Jamoa bo‘lib kuylash. «CHumoli», R.Ishokov she’ri, Alisher Rasulov musikasi.
Nakarot:
CHumoli, chumoli –
CHarchash nima bilmaydi,
CHumoli, chumoli –
Mehnat qilib tinmaydi.
I
Don yig‘ib tolmas ishdan
CHumoli, chumoli.
Muhtoj bo‘lmaydiqishda
CHumoli, chumoli.

II
Ish zavqin sezar bari


CHumoli, chumoli.
Birlashib uzar bari
CHumoli,chumoli

III
Halollik noni shirin


Hurmatlashar bir-birin,
Hurmatlashar bir-birin,
Halollik noni shirin.
Qo‘shiq o‘qituvchi tomonidan cholg‘u asbobi yordamida ijro etiladi va qo‘shiqning xarakteri, o‘lchovi, ritmi haqida ma’lumot beradi. O‘quvchilar ovozi mashqlar yordamida sozlanadi, bandlar va naqarot alohida-alohida o‘rganiladi.
Musiqa savodi.
Pauza - jim turish belgisidir. Notalar kabi pauzalar ham turli cho‘zimda bo‘ladi:
= butun pauza butun notaga teng
= yarimtalik pauza yarimtalik notaga teng
= choraktalik pauza choraktalik notaga teng
= sakkiztalik (nimchorak) pauza sakkiztalik notaga teng
Pauzalarda ham uzaytirish belgilaridan (.) nuqta qo‘yilishi mumkin. Nuqta pauzani yarim (1/2) barobar uzaytiradi.



Download 259.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling